FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI CHET TILLARI FAKULTETI FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH: INGLIZ TILI YO’NALISHI 4-BOSQICH 16.54-GURUH TALABASI SOTVOLDIYEVA HADICHANING JAHON ADABIYOTI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
ILOHIY KOMEDIYA ASARIDAGI OBRAZLAR TIZIMI
REJA:
1. DANTE ALIGYERI HAYOTI VA IJODI
2. “ILOHIY KOMEDIYA” ASARINING STRUKTURASI.
3. “ILOHIY KOMEDIYA” ASARIDAGI OBRAZLAR TIZIMI.
Dante Alighieri
|
|
Tavallud sanasi:
|
14-may 1265-yil
|
Tavallud joyi:
|
Florensiya
|
Vafot sanasi:
|
13-noyabr 1321-yil
(56 yoshda)
|
Fuqarolik:
|
Italiya
|
|
|
Faoliyat:
|
Davlat arbobi, shoir, til nazariychisi
|
Dante Aligyeri (italyancha: Dante Alighieri; may 1265, Florensiya – 13/14 sentyabr 1321, Ravenna) – italyan shoiri. Kech oʻrta asrlar madaniyatining sintezi berilgan "Ilohiy komediya" yaratuvchisi. Qadimiy dvoryan naslidan. Dastlabki "Yangi hayot" (1292) asari sevgilisi Beatrichega bagʻishlangan sonetlardan va nasriy lavhalardan iborat. 1290-yillar oxirida hukmron gvelflar partiyasi "oqlar" va "qoralar"ga ajralib chiqqach, Florensiyada hokimiyat "qoralar" qoʻliga oʻtadi. Oʻsha paytda Rimda boʻlgan "oqlar" vakili Dantening mol-mulki musodara etilib, oʻzi oʻlimga hukm etiladi. Shundan keyin Dante Florensiyadan chiqib ketadi (1302) va umrining oxirigacha darbadarlikda yashaydi, siyosat bilan shugʻullanmaydi. Dante falsafiy ruxdagi "Bazm" (1308), "Monarxiya haqida" (1313), "Yer va suv haqida" (1320) risolalarida gumanistik qarashlarni ilgari suradi, davrning muhim ijtimoiy-axloqiy muammolariga javob izlaydi. Jumladan, "Monarxiya haqida" asarida Dante butun jaxon monarxiyasini yer yuzidagi odamlarning farovonligini taʼminlaydigan adolatli davlat shakli sifatida himoya qiladi.
Ijodi.
Dante 1450-yil freskasida. (Uffizi galereyasi)
1306–1321 Ilohiy komediya – Divina Commedia (it.):
Doʻzah
Aʼrof (Mahshargoh)
Jannat
1304–1307 Convivio (it.) Bazm
1304–1306 De vulgari eloquentia libri duo (lot.) Xalq soʻzamolligi haqida, traktat (Dubia)
D e vulgari eloquentia, 1577
Egloghe (lot.) Ekloglar
Epistulae (lot.) Nomalar
Il fiore (it.) Gul, Roza haqidagi Roman (Roman de la Rose) ga asoslangan 232 sonetdan iborat epik doston. XIII asrning fr. allegorik romani
1310–1313 Monarchia (lot.)
Detto d’amore (it.) Detto d’Amore Roza haqidagi Roman (Roman de la Rose) ga asoslangan epik doston. Monarhiya, traktat
Quaestio de aqua et de terra (lot.) Suv va yer haqidagi savol. Dubia
1295 Vita nuova (it.) Yangi hayot
Rime (Canzoniere) (it.) Sheʼrlar
Florensiya davrining sheʼrlari:
Sonetlar
Kansonlar
Ballada va stanslar
Surgunda yozilgan sheʼrlar:
Sonetlar
Kansonlar
Tosh xonim haqida sheʼrlar
Xatlar
ILOHIY KOMEDIYA
"Komediya" Dante ijodining choʻqqisidir (1307–1321). Keyinchalik Boccaccio unga "Ilohiy" epitetini bergan. Dante vafotidan soʻng qoʻshilgan ilohiy soʻzi shoir ijodi muxlislari tomonidan asarning badiiy jihatdan yuksakligini ifodalash uchun qoʻllanilgan. Doston 3 qism ("Doʻzax", "Aʼrof", "Jannat") dan iborat. Har bir qismda 33 ta qoʻshiq bor. Doston Dantening shoir Vergiliy yetakchiligida u dunyoga sayohati tarzida yozilgan. Bu shakl Sharq obidasi "Me'rojnoma" syujetini eslatadi. "Komediya" anʼanaviy diniy syujet asosida boʻlsada, undagi gumanizm magʻzini real dunyodagi insonlar hayoti tashkil etadi. Dante asarda insoniyat tarixining turli davrlarida yashagan kishilarning murakkab falsafiy qarashlariga munosabatini bildiradi. "Komediya"ning "Doʻzax" qismidagi 4-qoʻshiqda jahonning buyuk donishmand-lari Demokrit, Fales, Geraklit, Evklid, Ptolemey, Gippokratlar qatorida Sharqning ulugʻ mutafakkirlari Ibn Sino va Ibn Rushdlar tilga olinagan.
Qoʻshiqda qadimiy Turon podshosining qizi, afsonaviy baliq tanli sarkarda ayol Semiramida, Misr malikasi Kleopatra faoliyatiga munosabat bildiriladi. "Aʼrof"da massagetlar malikasi Toʻmaris qahramonligi tasvirlangan. "Ilohiy komediya" badiiy yuksak boʻlishi bilan birga, kishilik jamiyati taraqqiyotida yigʻilgan bilimlarning boy xazinasidir.
Dante Sharq va Gʻarb tafakkuri mevalarini omuxta etgan. Muallif Sharq donishmandlari Ibn Sino, Al – Fargʻoniy, Abu Mashʼar, Muhammad al – Xorazmiy va boshqalarning asarlaridan foydalangan.
Dante italyan adabiy tilining yaratuvchisi hisoblanadi. Uning dostoni uslubida oddiy xalq tili oliy tabaqa kishilari tiliga xos tantanavorlik, rangbaranglik va dramatizm bilan uygʻunlashib ketgan. Dante oʻz davridagi ijodkorlardan farqli oʻlaroq butun italyan millati nomidan gapirib, uning asriy orzu-armonlarini ifodalagan. Shuning uchun ham uni oʻrta asrning soʻnggi shoiri va ayni paytda, yangi davrning birinchi shoiri, deyishadi. Dante ijodi italyan adabiyoti va butun Yevropa madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Shoir ijodi adabiyotshunos olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan. Dante asarlari jahon xalqlarining koʻpgina tillariga tarjima qilingan. "Ilohiy komediya" dostonining "Doʻzax" qismi oʻzbek tilida Abdulla Oripov tarjimasida nashr etilgan (1978).
O’rmon (foniy dunyo) va uning atributlari
A ksar diniy ta’limotlarning nuqtai nazari bo‘yicha inson umri foniy va boqiy deb atalmish ikki dunyo – ikki bosqichdan iborat. Shunga ko‘ra barchamiz qachondir albatta ikkinchi dunyoga – dorulbaqoga rihlat qilamiz. Ana shundagina qanday yashaganimiz, aslida kim bo‘lganimizni o‘zimiz to‘la anglab yetamiz. “Komediya”ning dahshatli changalzor changaliga tushib qolgan bosh qahramoni Dante ham bundan mustasno emas edi:
Nel mezzo del cammin di nostra vita…1
Tarjimasi:
Umrimiz sarhadin o‘rta sahnida…2
Shoir yorug‘ olamni tark etish arafasida. Lekin bu vaqtinchalik holdir. Chunki Dantega ruhi tanasini tark etmay turiboq dorulbaqoga borish imkoni berilgan, shuning uchun u o‘zga bandalardan farqli tarzda mazkur “sayohat”dan yana bu dunyoga qayta olardi. Ammo qaytishi va so‘ngra haqiqatda jon taslim qilishidan keyingi hayoti umrining uchinchi hamda to‘rtinchi pallasi bo‘lmaydi. Boisi har ikki olamning eng umumiy mohiyatini anglaydigan Dante uchun ular shunchaki takror, xolos.
Roviy Dante avvaliga zamon to‘g‘risida ma’lumot bergach, tersinaning qolgan misralarida makonga to‘xtaladi:
...mi ritrovai per una selva oscura 3 ché la diritta via era smarrita. (Inferno, I)
Tarjimasi:
Zimistono‘rmongayuzlashdimnogoh,
3 Nechukkim rost yo‘l ham yitmishdi bunda.
Shoir zaminiy umri adog‘ida shunday joyga keldiki, u yer qop-qorong‘i, yurishga yo‘li yo‘q changalzor edi. Bu aslida yovuzlikdan tun tusini olgan, gunohlardan, razolatdan to‘lib, Haq manzili bekilgan o‘tkinchi dunyoning majoziy tasviri bo‘lib, dorulfano – quyuq o‘rmonzorni, undagi kechmishini o‘ylashning o‘zi Dante uchun maholdir.
“Andin so‘zlamak-ku dushvordir, evoh, Shu mudhish, yovvoyi, shu bo‘g‘iq o‘rmon Yana dahshat solur xayolan andog‘!” deya nola qiladi shunda jafokash:
Ahi quanto a dir qual era è cosa dura esta selva selvaggia e aspra e forte 6 che nel pensier rinova la paura!
“Qorong‘i” [“Oscuro”] va “Yovvoyi” [“Selvaggio”] changalzor xotirasi bugun ham dilni xuftonu kishini odamovi qiladi. Chunki besh kunlik dunyoning eng mudhish, eng chirkin timsoli bo‘lmish o‘sha ma’vo uchun aynan zim-ziyo va yovvoyilarcha xudbinlik xosdir. O‘z navbatida “Selva” [“O‘rmon”]ning bunday xususiyatlari Dantening yaqin-orada adog‘iga yetguvchi zaminiy umri haqida xulosalar chiqarishni taqozo etardi. Shu xulosalardan dastlabkisi esa birgina metaforada ifodalangan – “La Paura”, ya’ni “Dahshat”! “Komediya” muqaddimasi aynan shunday dahshatdan, shunday tragediyadan iborat.
Mazkur qo‘rqinch timsol ijodkor tashxisi jarayonida yana bir qirrasini ayon qildi: “Ajaldan qolishmas zahri ham chunon; Lek bunda uchramish xayr vasfi-chun Bo‘lak ko‘rganlarim so‘ylayin shu on”, deyiladi navbatdagi tersinada:
Tant’è amara che poco è più morte; ma per trattar del ben ch’i’ vi trovai, 9 dirò de l’altre cose ch’i’ v’ho scorte.
Endi “Dahshat” [“Paura”]ning uchinchi, asosiy funksiyasi shakllandi – “Qorong‘ilik” va “Yovvoyilik” “Amaro”ni keltirib chiqardi. Shunday qilib, bizga “O‘rmon”ning quyidagi uch4 atributi ma’lum: “Oscuro” [“Qorong‘i”], “Selvaggio” [“Yovvoyi”] hamda “Amaro” [“Zahri qotil”, “Zulmkor”].
Shunga ko‘ra, zulmat hayvoniy tamaga sabab, u esa o‘z navbatida zolimlikka doyadir:
“Qora” — “Yovvoyi” — “Zulmkor” Biz esa Danteni tinglashda davom etamiz:
Io non so ben ridir com’i’ v’intrai, tant’era pien di sonno a quel punto 12 che la verace via abbandonai.
Tarjimasi:
Aytolmam u yonga kirdim qay yo‘sun, Haq yo‘ldan toyganim o‘shal ma’voda 12 G‘aflat uyqusida edim bus-butun.
“Dahshat” bois gangigan shoir uning boshlanish yerini bilmaydi. Bunga sabab g‘aflat uyqusi, Hidoyat yo‘lidan g‘ofillikdir. Bu “Uyqu” “O‘rmon”da Dantening Haq manziliga borishiga to‘sqinlik qildi. U – “Dahshat”ning oqibati. Bu “Uyqu”, aniqrog‘i, “G‘ofillik” “Dahshat”dan-da dahshatli. Chunki u nafs orqasida ko‘plarni mast qilib, sarob yanglig‘ aldaydi. Shunday esa-da, mazkur “G‘aflat” muvaqqatdir. Dante asta-sekin bundan voqif bo‘ldi.
Mana, adib tomonidan “Selva” xususida chiqarilgan xulosalarning ikkinchisi: “Sonno” (“Uyqu”, “G‘aflat”)! Endi u shu to‘xtamga tayangan holda vaziyatdan chiqishga intildi:
Ma poi ch’i’ fui al piè d’un colle giunto, la dove terminava quella valle 15 che m’avea di paura il cor compunto…
Tarjimasi:
Bir do‘nglik poyiga yetdim har holda – Shunda tugab edi anov vodiy ham 15 Dahshat-la qalbimni etib aftoda – …
II. Xaloskor tepalik
Shoir “Valle”yu [“Vodiy”] “Selva”ning baridan bir amallab chiqqach, o‘rmon nihoyasidagi adirga qadam qo‘yib, tepaga ko‘tarila boshladi. Shunda Dante “So‘ng ko‘kka boqdim-u, ko‘rdim har odam, Har kasga yo‘l aro hodiy yulduzning Nuriga chulg‘angan nishabni shu dam”, deydi:
guardai in alto, e vidi le sue spalle vestite gia de’ raggi del pianeta 18 che mena dritto altrui per ogne calle.
Sayyora (Quyosh)5 nurlari Dante qalbini ham yoritdi. Bu holni yorug‘likka chiqayotgan adib “O‘shal chog‘ so‘nmishdi bir zum ko‘ngulning Qonli g‘arqobi-la bardavom dahshat, Ne hasratda kechgach har oni tunning”, deya ta’riflaydi:
Allor fu la paura un poco queta che nel lago del cor m’era durata 21 la notte ch’i’ passai con tanta pieta.
Dante xiyol vaqt tin oldi. U nihoyatda toliqqan edi. Ana o‘sha charchog‘u sarson-sargardonlikning, ruhiy zo‘riqishning oqibati, ta’siri endi bilinmoqda. Demak, zamindagi hayotimiz mana shunday darbadar kezish, uqubat chekish, aldanish va lekin baribir Haq sari intilishdan iborat ekan. Najot tepaligi bo‘ylab asta yuqorilayotgan shoir shularni o‘ylarkan, o‘zidagi bu holatni g‘arq bo‘lishdan qutulishga o‘xshatadi: E come quei che con lena affannata uscito fuor del pelago a la riva 24 si volge a l’acqua perigliosa e guata,.. così l’animo mio, ch’ancor fuggiva,..
Tarjimasi:
Va bo‘g‘iq nafas-la dengizdan faqat Sohilga chiqiboq qo‘rqinch suv tomon 24 Burilib, tik boqqan kishidek albat,
Mening ham zor ruhim oshiqib hamon…
Shu tariqa Dante ham tubsizlikdan chiqib oldi. Bu “Pelago” [“Dengiz”, “O‘pqon”] xilma-xil ko‘rinishli, ammo xira va aldoqchi dunyoning sifatlaridandir. U osiy bandalarni o‘z qa’riga yutaveradi. To‘g‘ri yo‘ldan adashganlar esa o‘sha yuho dengizga yem bo‘lishlaridan, naqadar tubanlashib ketishganidan bexabardirlar (Ha, Dantening g‘oyibona ustozlaridan biri faylasuf Seneka ham bejizga “Ayrimlar zulmatga shu qadar botganlarki, yorug‘likdagi hamma narsani noaniq ko‘radilar”,6 deya Pomponiydan iqtibos keltirmagan!). Buni anglab yetishganda esa ruhlari tanadan ayro holda jahannamda azob chekayotgan bo‘ladi. Biroq jahannamning o‘sha sababkori – “Paura”, nafsdan paydo “Sonno” hamda shoir xulosalarining uchinchisi sanalmish asosan tunga mansub gunohkorlar – shahvatparastlardan qoraygan jirkanch “Pelago” kabi mo‘’jaz obrazlarning umumlashmasi, o‘z navbatida dorulfano timsoli hisoblangan “Selva” (“O‘rmon”) barchani ham mahv etolmaydi. Imoni but bandalar uni yengib o‘tgaylar. Asar qahramoni Dante ham shular safida. U ming mashaqqat bilan changalzordagi tikanli shoxlardan, chirmovuqlardan qutulib, boya uchlikda tilga olgani – “La riva”ga yetdi. Ushbu najotkor “Sohil” shoir jon-jahdi-la tirmashayotgan balogardon tepalikning ramzidir. Vazifasiyu xususiyatlari o‘sha adirga mengzalgan “Sohil” timsoli “Dengiz”u “O‘pqon”ga, ya’ni ”Pelago”ga qarama-qarshi turadi.
Dantening “…con lena affannata Uscito fuor del pelago a la riva…” satrlari vositasida biz anchadan beri ta’rifu tavsifini keltirayotganimiz makon va undan tashqariga chiqish, to‘g‘rirog‘i, XALOS BO‘LISH hodisasi7 tasviri va g‘oyalarining bunday murakkabu muxtasar xulosasi singdirilgan misralardagi ana o‘sha ikki logos – “Pelago” hamda “Riva” tushunchalari “Balo” va “Balogardon”likning ham simvolidir. Dantening hozirgacha kechgan umri mana shu “Balo” hamda qisman “Balogardon”da o‘tdi. Bu jarayonni “… fuor del pelago a la riva…” (“…dengizdan sohilga…”) jumlasi dohiyona ifodalaydi. Xullas, bu yo‘l “Pelago”dan uning muqobili “Riva”ga qadar cho‘zilgan.
Umuman, qarama-qarshilik, zidlik hosil etgan bu kabi obrazlar “Komediya”ning ilk qo‘shig‘ida yetarlicha uchraydi:
1. “Oscuro” [“Zim-ziyo”] — “De’ raggi del pianeta” [“Sayyora nurlari”]
2. “Amaro” [“Achchiq”, “Zulmkor”] — “Pianeta” [“Sayyora”]
3. “Valle” [“Vodiy”] — “Colle” [“Adir”]
Old qatorlarda tilga olingan kuchlardan eson-omon qutulgan Dante endi xuddi Eney va avliyo Pavel kabi tanu ruh birligida boqiy dunyoga jo‘nashi lozim edi (hali uning o‘zi bundan bexabar!). Shu asno ilohiy kuchlar inoyati-la “rihlat so‘qmog‘i”ga shoirning ko‘zi tushdi. Bu yo‘l sayyohning sayyoralarga – behisht ko‘klari sari borishida ko‘prik bo‘lmog‘i lozim. Boya bir necha bor ta’kidlaganimiz – qazo qilmay turiboq fano dunyosini tark etish tadorigidagi Dante ko‘zlagan mazkur so‘qmoq aslida o‘zi o‘rmonda yo‘qotgani “Verace via” [“Haqiqat yo‘li”]dir:
…si volse a retro a rimirar lo passo 27 che non lasciò già mai persona viva.
Tarjimasi:
Yuzlanmish ortiga yo‘lin ko‘rgali – 27 O‘tmabdir hargiz ul yo‘ldan tirik jon.
Ayni damda bir oz tinchlangan, biroq najotga muhtoj Dante Yaratganning marhamatiga musharraf bo‘lmoqda:
Poi ch’èì posato un poco i corpo lasso, ripresi via per la piaggia diserta, 30 sì che ‘l piè fermo sempre era ‘l più basso.
Tarjimasi:
Horg‘in vujudim sal tin olgach hali, Xilvat yonbag‘irdan o‘rlayverdim man 30 Zildek poyim nuqul toyg‘angan sari.
III. Uch yirtqich
Ayni damda o‘zi qadam qo‘ygan “Passo” [“Odim”, “Kechuv”]ga – o‘tkinchi dunyo va boqiy olam o‘rtasidagi ko‘prikka yetib kelguniga qadar ancha-muncha baloning changalidan chiqa olgan Dante barcha ofatlar daf bo‘ldi deb o‘ylagandi. Ammo…
Ed ecco, quasi al cominciar de l’ erta, una lonza leggera e presta molto, 33 che di pel macolato era coverta;
Tarjimasi:
Mana, nishabning naq boshida aynan Bir qoplon uchramish chaqqonu ildam, 33 Chulg‘agan xol-xol yung ani tamoman.
Changalzor kasofati butkul tugamagan ekan. Undagi hayvonlar – bu dunyo illatlari Haq manziliga borishga monelik qilmoqda. Ulardan dastlabkisi esa “Selva oscura”ning “mahsul”i, Semiramida, Kleopatra, Axilles, Paris, Yelena kabi jahonga dong‘i taralgan shohzodalarni ham o‘z komiga tortgan shahvatparastlik [Bu kishilar shunday gunohlari uchun do‘zaxning ikkinchi qavatida jazolanadi (5-qo‘shiq)]ning ramzi, “Pelago”da vujudga kelib, uni makon tutganidan hamma yog‘i dog‘, chirkin maxluq yaguardir.
Ayni shu hayvon rom etguvchi o‘tkir tishu panjalari bilan sudraydigan o‘sha joy – qop-qora botqoqlik shu qadar chuqurki, uning eng teran qa’ri albatta jahannamga eltadi. Qizig‘i, “Pelago”da tubanlashganlar do‘zaxda kuchli shamol dastidan havoda xoru xas singari chirpirak bo‘lib uchib yuradi. Ha, shunday, qoplonga ergashganlar oniy dunyoning oniy lazzati deb boqiy dunyoning boqiy azoblariga mahkumdir. Dante esa o‘rmonning boshqa ulkan illatlari qatori “Qoralik”ni ham ma’nan yengib o‘tgandi.
Endi “Selva” so‘nggi kuchlarini ishga solmoqda: moddiy dunyoning moddiy ko‘rinishdagi atributlari – yirtqich hayvonlar hidoyat sari ketayotgan adibni yo‘ldan urishga urindi. Buni ayniqsa, “Lonza”, ya’niki qoplon ma’lum vaqt osongina uddaladi:
e non mi si partia dinanzi al volto, anzi ‘mpediva tanto il mio cammino, 36 ch‘ì’ fui per ritornar più volte voltò.
Tarjimasi:
Ko‘z oldimdan nari ketmasdi hech ham, Yo‘limni to‘sdi ul bil’aks shu qadar, 36 Qaytmoqqa necha bor chog‘langan bo‘lsam.
Dantening gangib qolishiga sababkor bu qoplon tunda juda faol. Chunki uning “homiyligi”dagi zinokorlik ko‘proq qorong‘ilikka moyil. Aynan shunday paytlarda shahvoniy nafs bandalari qop-qora balchiqqa belanadi. Masalaga ma’naviy-axloqiy jihatdan yondashsak, shuning uchun ham bundaylarning xuddi qoplon kabi tanayu yuzini qop-qora dog‘ bosgan. Lekin ular kun yorug‘ida o‘zlarini oppoq, pokdomon qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lishadi. Agar buni eplay olishmasa, in-inlariga kirib ketishadi. Mazkur toifaga xos osiylikning obrazi sanalgan “Lonza” ham shu holga tushdi:
Temp’ era dal principio del mattino, e‘l sol montava ‘n sù con quelle stele 39 ch’eran con lui quando l’amor divino
mosse di prima quelle cose belle;..
Tarjimasi:
Bo‘sag‘ada edi shu chog‘ tongotar, Oftob ham yuksalmish yulduzlar birlan – 39 Anga esh bo‘lgandir ul sitoralar
Ilk daf’a kuch olgach ilohiy ishqdan;
Shu topda tangri olamni yaratgan damdagidek holatni ko‘rish mumkin edi8. Yodingizdadir, Uning (Xalloqning) darakchisi quyosh tepalik cho‘qqisiga ziyo sochib, Dantega Haqdan ilk nishona bergandi. Endi esa qorong‘i osmon asta-sekin moviy tusga kira boshladi. “Aylabdir shunchalik asosu dalil Xayrixoh umidim xoldor yirtqichdan Shul ajib lahzayu dilrabo fasl;” deydi shunda shoir:
…sì ch’a bene sperar m’ era cagione 42 di quella fiera a la gaetta pelle l’ora del tempo e la dolce stagione;
Shahvatparastlikka – “Lonza” [“Qoplon”]ga nisbatan cheksiz nafrat tuygan Dante sal oldin undan qo‘rqqan ham edi. Shu bir lahzalik sarosima, esankirash, ishtiboh oxir-oqibat “Dahshat”ga evrildi – viqori-la tahlika soluvchi arslon paydo bo‘ldi:
…ma non sì che paura non mi desse 45 la vista che m’apparve d’un leone.
Tarjimasi:
Lek bir sher sumbati ko‘rinib, mani 45 Dahshat-la baribir etdi-ku azl.
Dante yorug‘ dunyo – aslida-chi, qorong‘i o‘rmon, ya’ni “Selva oscura”ning qarosidan, shu bilan birgalikda o‘sha changalzordagi zo‘ravonlik, oqibati ezgin holat, achchiq xotira, ayanchli qismat bo‘lguvchi zulm – “Amaro” hamda yirtqichlarcha yovvoyilik, tamagirlik timsoli – “Selvaggio”dan ham ilgari ruhan ustun chiqqandi. Oldin chaqirtikanaklar, o‘tib bo‘lmas shox-shabbalar, labirintmonand tor yo‘llaru ularning vahshatli mahobati adibga uqubat keltirgan esa, shu topda o‘sha “Dahshat”ning umumiy jamlanmasi – “Leone” [“Arslon”] yana bir bor Danteni o‘z komiga tortmoqchi. Bu kom oldin zulm ko‘rib, so‘ng o‘zi ham zulmkorga aylanganlarni “Pelago”ga o‘xshab yutib yuboradi. Faqat tafovut shundaki, uning nihoyasi tomuqning ikkinchi qavatidan ham battarin yettinchi qavatidadir.
Hali ancha vaqtdan keyin o‘sha rutubatli, mudhish joyning ilk sathida hodiy Vergiliy hamda Dante Flegeton daryosining qaynoq qonli mavjlarida qovrilib azob chekayotgan Aleksandr, Dionisiy, Asolino, Obisso d’Este, Gi de Monfora, Attila, Pirr, Sekst, Rinyer de’ Passi, Rinyer Korneto hamda shu kabi turli zolim, qonxo‘r hukmdorlarni, qaroqchiyu qotillarni (12-qo‘shiq), uchinchi sathda esa o‘tli yomg‘ir, samum ostidagi mag‘rur Kapaneyday tangriga-da bepisand boqqan mutakabbirlarni uchratadi (14-qo‘shiq). Mazkur gunohkor bandalar bir paytlar hozir biz ko‘rayotgan yoldor, mag‘rur arslonning, to‘g‘rirog‘i, “Paura” [“Dahshat”]ning “Yovvoyi” changaliga tushib, “Qop-qora” hiqildog‘iga yutilgan. Shu bo‘yi ular marhumlar ruhini o‘zlariga mos joylarga hukm qilguvchi Minosning ixtiyori (5-qo‘shiq)ga yuborilgan.
Hozir ham yangi qurbon ilinjida arslon shoir tomon bostirib kelmoqda:
Questi parea che contra me venisse con la test‘alta e con rabbiosa fame, 48 sì che parea che l’aere ne tremesse.
Tarjimasi:
Kelibdir go‘yo u chovut solgani Boshin tik tutgancha yutoqib chunon, 48 Shu bois havo ham titrar baayni.
Ma’lumki, har qanday qon to‘kish, xunrezlik, zulm irodasizlik va jilovsiz nafs orqasida voqe’dir. “Arslon”ga ergashgan beshafqat, johil kimsalarning aqlini o‘g‘irlagan ana shu manfaatu nafs xudobexabarlik, g‘aflat, “Sonno” (bu to‘g‘rida avval alohida qayd etgan edik!)dir. U ham hamisha zo‘ravonlikka yovuq. Ma’naviy uyqu domidagilar, nuqul jig‘ildon tashvishida yashaguvchilar quturib, hayvoniy nafsini qondirish maqsadida xundan, vahshiylikdan toymaydi. Vahshat, kibr esa Hidoyatga intilguvchi qalb uchun Dahshatli Zulmdir.
Mana, nihoyat, o‘sha arslonning sherigi, ochko‘z, mechkay, “Paura” yoki “Selva” yoxud dorulfanoning uch atributidan biri, “Selvaggio” [“Yovvoyi”], yorug‘ olamning eng xarakterli ramzi bo‘lmish aldoqchi xira tush – “Sonno”, xullas, shuning kabi sifatlaru xususiyatlar egasi – “Lupa” [“Bo‘ri”] ham Dante qarshisida shay:
Ed una lupa, che di tutte brame sembiava carca ne la sua magrezza, 51 e molte genti fé già viver grame,..
Tarjimasi:
Tag‘in-chi bir qashqir – nafs sabab chandon Ko‘rinib qoq suyak, to‘zg‘in raftorda, 51 Ko‘plarni aylagan xoru sargardon…
Bu hayvon ko‘plarni Nafsning Yovvoyi Uyqusi-la avrab, ochofat Chakkolarga u dunyoda ham taqdirdosh qiladi: do‘zaxning uchinchi doirasida bahaybat ochko‘z mahluq – ko‘ppak Serber hamda shiddatkor selu yomg‘ir dastidan ularning terisi shilinadi, o‘zlari loyga botiriladi (6-qo‘shiq). Ana o‘sha Serberga o‘xshash “Bo‘ri” esa Dante qalbidagi so‘nggi umid uchqunini o‘chirmoqda:
… questa mi porse tanto di gravezza con la paura ch‘uscia di sua vista, 54 ch‘io perdei la speranza de l’altezza.
Tarjimasi:
Shu maxluq ham etgach meni aftoda Avzoyin qoplamish dahshat-la nogoh, 54 Yuksakdan umidim uzdim shu topda.
Adib “Altezza” [“Balandlik”] sari intilmoqda edi. “Yuksaklik”ka nisbatan mana shu umid, ishonch, e’tiqod uni omon saqlab keldi. Afsuski, “Lupa” aynan “Speranza” [“Umid”]ga hujum qildi. Dante qalbidagi bu yo‘qotish esa davlatmand kishining butun boshli xazinasidan, mol-dunyosidan ajrashiga barobardir:
E qual i quei che volontieri acquista, e giugne ‘l tempo che perder lo face, 57 che ‘n tutt ‘i suoi pensier piange e s’attrista;..
Tarjimasi:
Zo‘r berib zar yiqqan qay kimsa bir chog‘ Ko‘rsa gar barin boy bermak pallasin, 57 G‘amnok o‘ylar ichra chekkaydir oh-voh –
Tama, hakalak otgan nafs jamiki ezgulikning dushmanidir. Aynan uning “Dahshat”i “Umid” [“Speranza”]ni mahv etayozdi. Keyin qarabsizki, ko‘ngil “Quyosh”i [“Sol”]dan yiroq ochko‘zlikning Qaro Dengizi Danteni yana o‘sha “Selva” ko‘rinishida “yutib yubordi”:
tal mi fece la bestia sanza pace, che, venendomi ‘ncontro, a poco a poco 60 mi ripigneva la dove ‘l sol tace.
Tarjimasi:
Shunday ko‘yga soldi tiymasdan nafsin, Baqamti kelgancha yirtqich ohista, 60 Quvib meni nursiz ma’voga tag‘in.
IV. Xayr kuchlari
Shoirning o‘rmondan chiqishi jarayonidagi bir necha qarama-qarshi timsollarga urg‘u berib, ularning kurashi Xayr atributlarining foydasiga xizmat qilganini Dantening tashqi-moddiy va ichki-ruhiy holatida ko‘rgandik. Bu kurash endi quyidagi juftliklar aro davom etmoqda:
1 “Paura” [“Dahshat”] “Speranza” [“Umid”]
2 “Pelago” [“Dengiz”] “Sol” [“Quyosh”]
3 “La notte” [“Tun”] “Mattino” [“Tong”]
7-tersina 13-tersina
Ushbu keskinlikda avvalgidan farqli tarzda bu gal Xayr kuchlari ancha zaiflashdi. Garchi allaqachon kun chiqqan esa-da, zulmatga qayta itqitilgan Dante uchun endi buning ahamiyati yo‘q. Chunki hozir adib yuragidagi Umid Quyoshi so‘nay degandi. Va shu lahza-da o‘zini “…e li parenti miei furon lombardi, mantoani per patria ambedui. Nacqui sub Iulio, ancor che fosse tardi, e vissi a Roma sotto ‘l buono Augusto nel tempo de li dèì falsi e bugiardi. Poeta fui,…” (tarjimasi: “…Padaru volidam langobardlardan, Vatandir Mantuya yurti alarga. Kech tug‘ilib Yuliy zamonida man, Nekbin Avgust mulki Rimda yashadim Puch, soxta ilohlar davrida chindan. Shoir edim,…) deya tanitgan elchi, Beatriche tomonidan shu yoqqa yo‘llangan dahoning ruhi namoyon bo‘ldi. Bu Aqlu zako timsoli Vergiliy edi.
U o‘zini “Tu se’ lo mio maestro e ‘l mio autore” (“Sen mening ustozim, adibimsan-ku!”), deb sharaflaguvchi Dantega necha-necha jonzotni yo‘ldan urgan o‘sha qashqirni ta’riflarkan, nafsning kasofati qandayligini uqtirdi. Pirning fikricha, “Lupa”ga – ochko‘zlikka faqat mamlakatni birlashtirguvchi imperatorlik ramzi – “Veltro” [“It”]gina barham beradi. Uning tavsifi esa quyidagicha:
Questi non cibera terra né peltro, ma sapienza, amore e virtute,
105 e sua nazion sara tra feltro e feltro.
Tarjimasi:
Bu-chi, na amlok, na zar ta’min tuyib, Esh bo‘lgay donishu ishq, jasoratga, 105 O‘sgay ikki namat aro tug‘ilib.
Yaqin orada ikki shoir do‘zaxning uchinchi qavatidan o‘tayotganda esa Chakko Dantega yurt istiqboli haqida so‘zlab, ogoh ma’nosida shunday deydi:
“…Giusti son due, e non vi sono intesi; superbia, invidia e avarizia sono 75 le tre faville c’hanno i cuori accesi” (Inferno, VI)
Tarjimasi:
73 “…Ikki taqvodor bor, ularga ammo Hech kim quloq solmas. Ochko‘zlik, Kibr, Hasad – shu uch narsa doim bedavo”.
Mazkur tersinada ifodalangan barcha illatlar – “Superbia” [“Takabburlik”], “Invidia” [“Hasad”] va “Avarizia” [“Ziqnalik, “Suqlik”]ning simvollari “Paura”, “Pelago” hamda “Sonno” ekanligi ma’lum. Bularning kushandasi esa Vergiliyning yuqoridagi so‘zlarida ta’kidlangan “Sapienza” [“Donolik”], “Amore” [“Muhabbat”] va “Virtute” [“Jasorat”]dir.
Barchaga ayonki, har qanday zo‘ravonligu mutakabbirlikni aql yordamida yengish mumkin. Yuzi qoralik (shahvatparastlik) va ichi qoralik (adovat) “Amore”ga yot. Tamagirligu xudbinlik ham “Virtute” oldida ojiz. Vergiliy ta’kidlagan “Tozi it” [“Veltro”] esa qalbni Muhabbat-la to‘ldirib, Vergiliy va Dantening Yovvoyi, Xudbin Nafs – Qashqir parchalab tashlagan vatani, dunyo mamlakatlarining gultoji Italiyani Donolik hamda Jasorat quvvati-la birlashtirajak, O‘pqonu Dahshatu G‘aflatdan xalos etajak:
106 Di quella umile Italia fia salute…
Tarjimasi:
106 Sho‘rlik Italiyani boshlar najotga –
V Lutsifer timsoli
Danteni tang ahvolga solgan, Italiya ravnaqi, birligiga to‘g‘anoq bo‘lgan “Lupa”ning ikki asosiy jihati mavjud – Badnafslik, Tamayu uning oqibati sanalmish Tarqoqlik, Noahillikning sababkori – Yovvoyilik, Hayvoniy kuch. Ularning boshi ham, oxiri ham “Sonno”dir.
Ushbu “G‘aflat” obrazining ixcham ko‘rinishi – “Bo‘ri”ning qolgan sheriklari bo‘lmish “Arslon”u “Qoplon” ham qo‘sh xususiyatlardan iborat:
“Leone” – “Kibr” va “Zulm”; “Lonza” – “Zino” hamda unga unchalik aloqasi yo‘q “Hasad”.
Ayni shu keyingi ikki gunohni qoralik bog‘lab turibdi. Ularga yo‘liqqanlarning tashiyu ichi ham aynan tundek qop-qoradir (Qoplon tanasini dog‘ bosganini bir eslang!).
Umuman, Dante yo‘liqqan “O‘rmon”ning uch tarkibiy qismi – “Paura”, “Pelago” va “Sonno” nafaqat yirtqichlar, balki ranglar timsolida-da zuhur etgan. Jumladan, hozirgina tilga olganimiz “Qora” zaminning eng chuqur tubi (Do‘zaxning 9-qavati)da to‘nggan butun yovuzlikning jam’i bo‘lmish Lutsiferning chap yuziga chaplangan. Iblis yuzining old tomoni zulm, xun, to‘kilgan qondan qizargan, o‘ng yoni esa xasislik, ochko‘zlik, hayvoniy nafsni bildiruvchi oqish-sarg‘ish tusda:
… quand‘io vidi tre facce a la sua tresta! 39 L’una dinanzi, e quella era vermiglia; l’altr‘eran due, che s’aggiugnieno a questa
sovresso ‘l mezzo di ciascuna spalla, 42 e sé giugnieno al loco de la cresta: e la destra parea tra bianca e gialla;
la sinistra a vedere era tal, quali 45 vegnon di la onde ‘l Nilo s‘avvalla.
(Inferno, XXXIV)
Tarjimasi:
Uning ruxsorida rang edi uch xil,11 Yuzin old tomoni – qirmizi uzor. 40 Ikki yon tomonda – ranglar muttasil Chaplashib, ayqashib ketgandi paqqos, Qo‘rqinch bir shamoyil etgandi hosil.
43 Azozil o‘ng yuzi oq-sariqqa mos, Chap yuzi bo‘lsa-chi, ahli Nil misol Qoramtir tusdaydi – habashlarga xos.
Shunday qilib, bu mulohazalar ulanib, quyidagi yagona fikrga kelib taqaladi: Sabab – “Changalzor” (bu dunyo)ning ta’siri Oqibat – Azozilga dovurdir. Dante bu ta’sirni har tomonlama ko‘rmay, his qilmay, shuningdek, oraliqdagi A’rofni bosib o‘tmay, yana ham aniqroq aytsak, fanodan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jannatga, Haq huzuriga (tepalik orqali osmon yoritqichlari – yetti sayyoraga) bora olmasdi. Shoir avval bu mubham dunyoning qorong‘i soyasi tushgan yer osti saltanati – Do‘zaxdagi vaziyat bilan tanishishi, tanishishgina emas, uni anglashi, ushbu anglash Beatriche turgan Jannatga qadar cho‘zilgan Hidoyat yo‘lining ilk bosqichi bo‘lishi lozim edi. Buning uchun esa xaloskor tepalikka chiqishdan voz kechib, xaloskor ruh ko‘rsatayotgan va yetaklayotgan sermashaqqat, olis yo‘lni tanlamoq darkor. Ayni damlarda Danteni yirtqichlar changalidan qutqarib, Do‘zax va A’rof bo‘ylab o‘tadigan sayohatda unga yo‘lboshchilik qilayotgan Vergiliy shoirga aynan shu narsani da’vat etadi:
91 “A te convien tenere altro viaggio”
Tarjimasi:
91 “Senga o‘zga yo‘ldan yurmoqlik ravo”
Alalxusus, florensiyalik Dante Aligyeri hayotining ikkinchi pallasiga o‘tish oldidan adashib-gangib yurgan dorulfanoyu uning ramzi “Selva” [“O‘rmon”] hayvon shaklidagi voqelanishu turli xususiyatlarga ko‘ra ixcham obrazlardan yig‘ilgan o‘ta yirik obraz esa-da, Dante qalbi undan qudratliroq, teranroq timsoldir. Chunki daho ijodkor vujudini sig‘dira olmagan foniy dunyoning o‘zi shu qalbga bemalol sig‘ib, unda in’ikos topgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |