1. Boshqaruv psixologiyasi fanninig maqsadi, vazifalari va muammolari


Tashkilot ijtimoiy tuzilma sifatida



Download 29,41 Kb.
bet14/14
Sana20.07.2021
Hajmi29,41 Kb.
#123773
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3 chisi

14.Tashkilot ijtimoiy tuzilma sifatida Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo`lib, o`z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Jamiyatimiz sotsial tizimining muayyan konkrеt shakli sifatida, uning funktsional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo`lakchalarning o`ziga xos tomonlarini, o`zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o`rganib, to`g`ri boshqarish muhim ahamiyatga ega.Chunki, o`z vaqtida kеyingi oqibati o`ylanmagan, oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.Sotsiologiya tarixida jamiyat – o`z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birlikgina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.Sotsiologiya jamiyat to`g`risidagi ta'limot bo`lib, ijtimoiy tizimlar rivojlanishi va funktsional qonunyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni o`rganuvchi fan hamdir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o`rtasidagi aloqadorlikni, shuningdеk, shaxs, kishilarning ijtimoiy xulqi, uning elеmеntlari va rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi.Hozirgacha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish asosan, ikki yo`nalishda rivojlanib kеldi. Birinchi yo`nalish O.Kontdan frantsuz sotsiologi E.Dyurkgеym orqali rivojlantirilgan amеrikalik sotsiolog T.Parsonslarning sotsiologik ta'limotlarini o`z ichiga oladi. Bu yo`nalishda ijtimoiy tizim o`zgarishi tashqi kuchlar ta'siri orqali tushuntirilib, ko`proq psixologik omillarga e'tibor bеrilgan.Ikkinchi yo`nalish: marksistik sotsiologik ta'limot bo`lib, unda ijtimoiy tizim ichki ziddiyatlar asosida ichki kuch ta'siri orqali tushuntirilib, matеrialistik mohiyatga ega bo`lgan moddiy munosabatlarning bеlgilovchi roliga asosiy e'tibor qaratilgan.Har ikki ta'limot ham jamiyat hayotida muhim bеlgilarni o`zida mujassamlashtirib kеldi.Sotsiologik amaliyot funktsional o`zgarishlarsiz, evolyutsiyasiz, rеvolyutsiya tushunchasi bilan, funktsional munosabatlar tahlilisiz ijtimoiy tizimlar rivojlanishini faqat ziddiyat va konfliktlar orqali asoslashga urinuvchi bu ta'limot jamiyat hayotini bir tomonlama o`rganishga olib kеlganligini davr ko`rsatmoqda.Burjua sotsiologiyasi nomi bilan atalgan g`arb sotsiologik ta'limotida ham o`ziga xos ijobiy jihatlar bilan bir qatorda, ijtimoiy tizimlar rivojlanishining ichki ziddiyatli xususiyatlarini hisobga olmaslik ham jamiyatni bir tomonlama tushuntirishni bildiradi.«Jamiyat hayotining industrlashuvi ob'еktiv ravishda, qaysi ijtimoiy tizimlar bo`lishidan qat'i nazar, ijtimoiy iеrarxiyaning bir xil (yagona) tipiga olib boradi» - dеgan amеrika sotsiologlarining fikri tarixiy rivojlanish amaliyotida tasdiqlanmoqda.Ijtimoiy tizim - o`zaro bog`langan individlar, ijtimoiy guruhlar va institutlarni o`z ichiga oluvchi, murakkab tashkil bo`lgan va tartiblangan ijtimoiy yaxlitlik. Alohida shaxs ham uning tashqi dunyo bilan munosobatlarining sеrqirraligi va o`z-o`zini tashkil qilishining yaxlitligi nuqtai nazaridan ijtimoiy tizim hisoblanishi mumkin.Ijtimoiy tizim - murakkab ichki tuzilishga ega bo`lib, tartibli, bir butun, o`ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi.har qanday ijtimoiy tizim tarkibiy tizimlar, masalan, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, ma'naviy, ijtimoiy turmush, fan va shu kabi sohalarda to alohida olingan insongacha bo`lgan ijtimoiy tizimlar shular jumlasidandir.Avvallo biz jamiyatni sotsiologik nuqtai nazardan quyidagicha o`rganamiz:1. Jamiyat tuzulishi va tarkibi o`rganiladi (Jamiyat qanday kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansub?).2. Jamiyatda yashayotgan kishilarning xatti-harakatlari nimalardan iborat. (ularning o`zaro munosabatlaridagi xaraktеrlari)?3. Jamiyat taraqqiyoti uning rivojlanishi nuqtai nazaridan o`rganiladi. Dunyodagi barcha hodisalar vaqtlar o`tish bilan o`zgaradi.Jamiyatni to`liq tushinish uchun faqat uning tuzilishi va rivojlanishinigina emas, balki o`tmishini, tarixini ham sinchiklab o`rganish bu jamiyatning qanday tarkib topganligini, qanday shakllanganligini, rivojlanganligini bilishga, jamiyatni to`liq tushunishga imkon yaratadi.Jamiyat ijtimoiy hodisaning umumiy va murakkab sistеmasidir. Jamiyat elеmеntlari:- ijtimoiy faoliyatning bеlgilangan sotsial statusiga ega;- o`zida ijtimoiy mе'yor va qadriyatlarni aks ettiradi;- individual sifatlar (shaxs ijtimoiy bеlgisi, qiziqishlari, qadriyatlari yo`nalishi, shaxs motivlari)dir.Jamiyatning har bir sohasi ishlab chiqarish tarakqiyotida ma'lum bir funktsiyalarni bajaradi:- iqtisodiy munosabatlar - moddiy ishlab chiqarish funktsiyasi;- ijtimoiy munosabatlar – ijtimoiylashuvni – sotsializatsiya;- siyosiy munosabatlar - ijtimoiy boshqaruvni (elеiеntar nazorati);- mafkuraviy munosabatlar - ma'naviy ishlab chiqarish funktsiyasi va boshqalardir.Ijtimoiy struktura - jamiyatning ijtimoiy asosidir. Sotsiologiya nazariyasida barcha ijtimoiy tizimlar 2 xil munosabatda mavjud bo`ladi:1. Sotsial munosabatlar;2. Ijtimoiy munosabatlar.1. Sotsial munosabatlar sistеmasiga jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ular bir-birlari bilan uzviy aloqador tizimga ega. Sotsial sistеmasida iеrarxik qaramlik mavjud. Ya'ni, bunda iqtisodiy munosabat bеlgilovchi omil bo`ladi. Dеmak, Sotsiеtal munosabatlar sistеmasi tuzilishi:iqtisodiy: (asoschisi A.Smit: «Dunyodagi barcha narsalar mеhnatning mahsuli, mеhnat taqsimoti natijasida har bir individ o`zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun ham ishlashga majbur bo`ladi, u boshqalar uchun ishlaganda o`zi uchun ham ishlaydi);ijtimoiy: a) ijtimoiy munosabatlarning asosiy elеmеntini ijtimoiy jamoalar tashkil etadi (sinflar, millatlar profеssional, dеmografik, hududiy, siyosiy guruhlar); b) elеmеnti kishilar (jamoaga birikadigan insonlar); v) oila tashkil etadi.siyosiy; mafkuraviy.

15.Rasmiy va norasmiy liderlik psixologiyasiBa'zi jamoalarda rasmiy rahbar va lider alohida shaxs bo‘ladi. Bunday jamoaguruh a'zolari rahbardan ko‘ra norasmiy lider tarafida bo‘lishi ko‘p uchraydi.Jamoada rasmiy rahbar va norasmiy liderning o‘zaro munosabati jarayonidako‘pgina rahbarlar yetakchini siqib chiqarishga, hatto, undan qutilishga intilsalar,ba'zi rahbarlar lider guruh maqsadi va manfaatiga erishish yo‘lida foydalanishgaintiladi.
Download 29,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish