JAVOBLAR
1.Boshqaruv psixologiyasi psixologiyasi fanninig maqsadi, vazifalari va muammolari
Ko‘rib o‘tganimizdek, boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub‘yekti va ob‘yekti o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy qismlari o‘zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi. Tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili boshqaruv psixologiysi fanida subordinasiya deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi. Subordinasiyadan kelib chiquvchi munosabatlar tashkilot xodimlari xulqida itoat va ijro etish shakllarini nazarda tutadi. Ammo, boshqaruv amaliyoti nafaqat rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va toifasi jihatidan barobar tashkilot a‘zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘rganadi. Tizimning bundyqismlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, ular o‘rtasidagi hamjihatlik shakllarini yanada mukammallashtirish koordinasiya tadbirlarida namoyon bo‘ladi.Boshqaruvdagi subordinasiya va kordinasiya munosabatlari tashkilot miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug‘diradi. Demak, vertikal aloqalar o‘zaro itoatdagi xodimlar o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardan iborat bo‘lsa, gorizontal aloqalar o‘zaro koordinasiyani, ya‘ni tizimning teng va mustaqil qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi. Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari o‘zining rasmiy va norasmiy ko‘rinishiga ham ega. Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat qiluvchi xodimlar o‘rtasidagi ixtiyoriylik va o‘zaro xohishga tayanadi. Shu munosabat bilan, boshqaruv psixologiyasinig asosiy vazifalaridan biri yuqorida ta‘kidlangan munosabatlarni yanada mukammallashtirishdan iboratdir. Boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum vazifalari boshqaruv metodlarini shakllantirish bo‘lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini ta‘minlash maqsadidagi ta‘sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir Tashkilot personaliga ta‘sir etish uslublarini uch guruhga bo‘lamiz: ma‘muriy, moddiy va ma‘naviy shakllarda ta‘sir etish. Bularning har birida ma‘lumpsixologik mazmun namoyon bo‘ladi va boshqaruv psixologiyasi, fan sifatida, bu choralarning xodimga ta‘sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi. Bunday ta‘sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivasiyalash, ya‘ni bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg‘otish masalasiga katta e‘tibor qaratiladi. Boshqaruv ob‘yektiga ta‘sir etish uslublariga ko‘ra, uning bevosita va bavosita ta‘sir shakllari ajratiladi. Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, boshqaruv sub‘yekti va ob‘yekti masalasidir. Bevosita boshqaruv jarayonini ko‘z oldimizga keltirsak, boshqaruv sub‘yekti sifatida rahbarni, ob‘yekt tarzida esa xodimni va mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin. Biroq, rahbar o‘z faoliyatini tashkil etishi va o‘zo‘zini boshqarishi uni nafaqat boshqaruv sub‘yekti, balki ob‘yekt sifatida ham tushunish zaruratini qo‘yadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o‘zo‘zini boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga aylanadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |