1. “Sotsializatsiya” so’zi ijtimoiylashuv ma’nosini anglatadi. Sotsializatsiya jarayoni insonning jamiyatga qo’shilishi uchun jamiyatda mavjud bo’lgan va shakllangan hatti-xarakatlar, me’yorlar, qadriyatlar, madaniyat, din, tarbiya, bilim va malakalarni, urf-odatlarni o’ziga singdirib borishi va o’zlashtirishiga aytiladi.
Sotsializatsiya tushunchasi XIX asrning oxirida amerikalik sotsiolog F.Giddings va frantsuz mutafakkiri G.Tardlar tomonidan fanga kiritilgan edi. Buning zamirida ular «ijtimoiy muhit ta’sirida shaxsning Shakllanishi, insonning ijtimoiy tabiatning rivojlanish jarayonini» tushunishgan.
Sotsializatsiya murakkab jarayon hisoblanadi va insonning butun umri davomida sodir bo’ladi. Bu jarayon 2 davrga bo’linadi:
1.Adaptatsiya – Shaxsning jamiyatda mavjud bo’lgan voqelikka ko’nikishi yoki moslashishi;
2.Interiorizatsiya – Shaxsning o’z hoxishi,intilishi va irodasi orqali jamiyatga qo’shilishi.
Sotsiologiyada sotsializatsiya davrlariga yana 2 yondoshuv mavjud:
1-yondashuv – sotsializatsiya jarayoni 3 davrga bo’linadi:
1. Mehnatgacha bo’lgan davr.
2. Mehnat davri.
3. Mehnatdan keyingi davr.
2-yondashuv – sotsializatsiya jarayoni quyidagi davrlarga bo’linadi:
1-davr-go’daklik davri(1 yoshdan 4 yoshgacha)
2-davr-bolalik davri(4 yoshdan 10 yoshgacha)
3-davr-o’spirinlik davri(10 yoshdan 13 yoshgacha)
4-davr-o’smirlik davri(13 yoshdan 18 yoshgacha)
5-davr-mehnat davri
6-davr-mehnatdan keyingi-nafaqa davri1.
Umuman ijtimoiy muhit ta’siri ostida shaxsning Shakllanish jarayonini tasvirlash uchun «sotsializatsiya» tushunchasi XIX asr oxirida - paydo bo’ldi. Sotsializatsiya, deganda shaxsning o’z hayot mobaynida o’zi mansub bo’lgan jamiyatning ijtimoiy me’yorlari va madaniy qadriyatlarini o’zlashtirish jarayonini tushuniladi. «Sotsializatsiya» tushunchasi « Shaxsni tarbiyalash», « Shaxsni shakllantirish» tushunchalari bilan chambas bog’liq, biroq u kengpoq tushuncha bo’lib, insonga barcha mumkin bo’lgan ta’sirlarni qamrab olishga imkon beradi2.
Sotsializatsiyalashtirish bu — aniq bir bilimlar, qadriyatlar va me’yorlarni qabul qilish jarayoni, o’tgan avlodning tajribasi va ko’nikmalarini egallab, uni keyingi avlod Shaxsiga jamiyatning hayotida to’liq ishtirok etish uchun bera olish qobiliyatlari, shuningdek murakkab ijtimoiy jarayonda to’g’ri yo’l tanlab, siyosatda ongli tanlashni amalga oshirishdir.
M.Veber ta’kidlaganidek, ijtimoiy faollik uchun uch sifat muhim hisoblanadi: Shijoat, mas’uliyat va oldinni ko’ra bilish.
Sotsializatsiyalashtirishning bir necha izohiy jarayonlari mavjud. Ulardan eng ko’p tarqalgan sotsializatsiyalashtirish Shaxsning nazoratini rivojlantirish jarayoni sifatidagi qarashlardir. Bu talqin Z.Freyd3 tomonidan ishlab chiqilgan va psixoanalizmning klassik g’oyalari bilan bog’liq. Bu nazariya asosida individ doimo jamiyat bilan ixtilof holatida bo’ladi. Chunki, jamiyat individning dunyoga kelgandagi xohish-istaklari, biologik (jinsiy) hissiyotlarni bug’ib keladi. Sotsializatsiyalashtirish jarayoni bundan buzg’unchi his va istaklarini jilovlash uchun xizmat qiladi. Biroq ularning ustidan jamiyatning nazorati shaxsning erkin faoliyatiga noqulaylik va ziddiyatlik olib kiradi. Bunda ular fikr erkinligini yo’qotadilar. Buning natijasida shaxs qo’rquv va asabiylik holatidan qochish maqsadida o’z-o’zini nazorat qilishiga to’g’ri keladi.
Bu talqin ch.Kuli4 va J.Midning5 ramziy interaktsionizm nazariyasiga asoslangan. Ular inson bilan atrof muhitning turli xil o’zaro ta’siri asosida shaxs Shakllanadi deb hisoblashgan. Ch.Kulining fikricha, shaxs uni o’rab olgan dunyodagi kishilarning muloqoti asosida shakllanadi. YA’ni o’zining «Meni»ni tevarak atrofdagi ko’zgu orqali anglaydi.
Insonlar bunday o’zaro ta’sirlar natijasida shaxsiy «men»ni shakllantiradilar. O’zaro ta’sir jarayonida insonlar rag’batlarga emas, aksincha ularga ta’sir qiluvchi rag’batlar mohiyatiga o’z munosabatlarini bildiradilar. Boshqa insonlarning fikrni bayon qilishi, imo-ishoralari, hissiyotlari muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan bu qarash tarafdorlari shaxsga guruhiy ta’sir qilishga e’tiborlarini qaratishadi. Bu ularga shaxsni sotsializatsiyalashtirish maqsadida ijtimoiy tartib mohiyatini aniqlashga yordam beradi. Bundan kelib chiqqan holda, tizimning maqsad va qoidalariga shaxsning ixtiyoriy ravishda bo’ysunishi, shuningdek mavjud ijtimoiy tizim bilan kelishuvga kelgan individ etuk hisoblanadi.