2. Sotsializatsiya jarayonlari
Sotsializatsiyalashtirish jarayonlari avvalo ijtimoiy va siyosiy kuch, siyosiy tizim, aniq sinfiy, g’oyaviy, estetik va etik yo’nalishiga ega bo’lishini izohlash mumkin. Sotsializatsiyalashtirish mazmuni va mohiyati ko’p jihatlarga bog’liq. Bular: makromuhit (davr xarakteri, xalqaro munosabat, davlat, millat, sinf va boshqa ijtioiy guruhlar, jamiyatning siyosiy madaniyati xarakteri); mikromuhit (institutsional va nofarmal jamoa, maktablar, oilalar, alohida shaxslar); ichki genetik jihatdan bo’ladigan faktorlar; o’z-o’zini tarbiyalash.
To’g’ri, sotsializatsiyalashtirishni siyosiy va nosiyosiy omillarga bo’lish mumkin. Siyosiy omillarga: davlat tuzulmasining tili va xarakteri, partiyalar, harakatlar kiradi, nosiyosiy omillarga: oila, tengdoshlar guruhlari, o’quv yurtlari, ish xona, madaniyat, san’at va milliy urf-odatlar, ommaviy axborot vositalari kiradi. Real hayotda bu ikki omil bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, odamlarga ko’p tarafli va omilli murakkab ta’sir o’tkazadi.
Sotsializatsiyalashtirish jarayoni quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi6:
Muassasalar
|
Muloqot guruhlari
|
Bosqichlar
|
OAV
|
Oila
|
Qarindoshlar
|
Bolalik
|
Nutq
|
Maktab
|
Tanishlar
|
O’smirlik
|
Nashr
|
OTM
|
Qiziqishlar
|
YOshlik
|
Televidenie
|
Korxona
|
Hamkasblar
|
Etuklik
|
Internet
|
Ilk sotsializatsiyalashtirish bosqichida, ya’ni bolalikda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi:
Birinchi holat, siyosatlashtirish, ya’ni bolalar tashqi hokimiyat (oila ustidan) mavjudligi haqida anglashi.
Ikkinchi holat, shaxs sifatida shakllantirish, ya’ni bolalar tomonidan siyosiy hokimiyatni shaxslar timsolida ko’rilishi.
Uchinchi holat, mutloqlashtirish, ya’ni siyosiy arboblar bilan faqatgina ijobiy xislatlarni bog’lash.
To’rtinchidan, institutlashtirish, bolalar ongiga hokimiyat tasavvuri shaxssiz, qiyofasiz namoyon bo’lishida burilish.
Sotsializatsiyalashtirishning keyingi bosqichi 16-30 yoshga to’g’ri keladi. Rivojlanishning bu davrida ega bo’ladi. Bu narsa ularning siyosatga munosabatini o’zgartiradi. Shu bilan birga siyosat sohasida chuqur bilimlarni institutda, keyinchalik kasbiy faoliyatlarida oladilar.
Sotsializatsiyalashtirish katta yoshda ham davom etadi. Ularning ijtimoiy-siyosiy, ahloqlariga asosiy omillardan tashqari ko’proq ularning hayotiy tajribalari, farzandlari, va saqlanib qolgan siyosiy qarashlari ta’sir qiladi. Ularning jamiyat hayotidagi o’zgaruvganlik va ziddiyatlilikni chuqur tahlil qila bilib, o’zlarining siyosiy qarashlari va xulqlariga kerakli o’zgartirishlar kirata oladi7.
Ijtimoiy omillar nafaqa yoshidagi insonlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ko’pgina nafaqaxo’rlar jamiyat hayotidagi minimal darajada qatnashganlaridan qoniqish hosil qiladilar. Bunda ular siyosiy hayot tajribalarini yoshlarga ulashadilar. Ya’ni, jamiyatda doimiy ravishda tabiiy almashinuv jarayoni ketaveradi. Ushbu jarayon doimiy ravishda o’sib kelayotgan yosh avlod timsolida mamlakatning taraqqiyotini belgilovchi yo’llarni axtaradi.
Umuman olganda, kasb faoliyati va ta’lim tizimi shaxsning sotsializatsiyalashuvi jarayonining ikki asosiy sohasi bo’lib, shaxsning kattalar dunyosiga muttasil kirib borishlarini, jamiyatdagi ustuvor qadriyatlarini egallashlarini belgilaydi. Boshqacha aytganda oila, davlat va jamiyat shaxsning kasb-hunar egallashi va bilim olishidan doimiy manfaatdordir. Zotan, bu masalalarda shaxs qanchalik ushbu ijtimoiy institutlar ko’magiga zoriqsa, uning xatti-harakatlari shunchalik kutilmagan bo’ladi.
Sotsializatsiyalashtirishning bunday tushunilishining nazariy fundamenti T.Parsonsning8 strukturaviy funktsionalizmi hisoblanadi. Unga ko’ra, har qanday fundamental g’oyaning tagida funktsional reallik va tashkiliy maqsad yotadi. Jamiyatning rivoji ijtimoiy dinamikaga, madaniyatning rivoji esa jamiyatning muqim rivojlanishiga bog’liq. Jamiyat undagi ijtimoiy institutlarning doimiy muvozanati saqlangan holdagina taraqqiy etishi mumkin. Bunda shaxsning, ya’ni individning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Individ boshqa insonlar bilan o’zi o’zlashtirgan ijtimoiy rollar asosida o’zaro munosabatda bo’ladi (o’qituvchi roli, farzand roli, yo’lovchi roli, er roli v. b). Ijtimoiy rol individdan Shu rolga mos keluvchi xulq-atvorni talab qiladi. Shundan kelib chiqib, individ ijtimoiy tizimga rolni egallash bilan kirish nazarda tutiladi. Bunday izohga ko’ra sotsializatsiyalashtirish individning jamiyatda mavjud hukmron qadr-qimmat va xulq-atvor me’yorlari bilan moslashish jarayoni bo’lib xizmat qiladi.
Bixeviorizm9, ya’ni hulq-atvor psixologiyasi an’analarida, ya’ni ijtimoiy o’rganish sifatida sotsializatsiyalashtirish yo’nalishlarining keng aspektlarida ko’riladi. Sotsializatsiyalashtirish masalasi hulq-atvor terminlarida ta’riflanib, unda mukofot va jazo yordamida inson hulq-atvorini doimiy modifikatsiya qilish mumkinligi talqin qilinadi (formula «rag’bat-reaktsiya»), ya’ni, insonlarning har xil shaklda - pul, maqtov, havas, sevgi va boshqa rag’batlantiradigan hulq-atvorga moyilligi inobatga olinadi.
3. Shaxsning sotsializatsiyalashuvi, ya’ni ijtimoiy Shakllan Shi va rivojlanishi bu juda murakkab, ko’p qirrali jarayondir, u ob’ektiv muhit ta’siri ostida ham, maxsus tashkil etilgan va ongli yo’naltirilgan tarbiya ishlari ta’siri ostida ham yuzaga keladi. Sotsiologiya fani sotsializatsiyalashuvni:
birinchidan, shaxsning insoniyat tomonidan yaratilgan madaniyatni o’zlashtirish mexanizmi sifatida qaraydi. Sotsializatsiyalashuv Shaxsni tarbiyalashga nisbatan kengroq ma’no kasb etadi. Tarbiyalash tashkil etilgan, maqsadli yo’naltirilgan, oldindan programmalashtirilgan sotsial faoliyatdir. Sotsializatsiyalashuv esa bu faoliyat bilan bir qatorda yana iqtisodiy, siyosiy, kundalik turmush va boshqa shu kabi shaxsga stixiyali ta’sir ko’rsatuvchi ob’ekt faktorlarning sotsializatsiyalovchi ta’sirini ham o’z ichiga oladi10.
Sotsializatsiyalashuvning jamiyatni «tashkil etuvchi mexanizmi» sifatidagi mohiyatini shaxsni bir vaqtning o’zida ham sotsial ta’sirining ob’ekti, ham sotsial faoliyat sub’ekti sifatida qaralganda ochish mumkin. Bu birinchi navbatda shaxsning muhit bilan o’zaro aktiv faoliyati jarayonidir. Bu o’zaro faoliyat bir tomondan, muhit tomonidan Shaxsga uning rivojlanish jarayoni yo’nalishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatilishida, namoyon bo’lsa, ikkinchi tomonidan Shaxsning muhitga aktiv kirib borishi va bu jarayonda mukammallashib, o’z hayotiy pozitsiyasini, qadriyatli yo’nalishini belgilab olishida namoyon bo’ladi.
Shaxsning sotsial muhit bilan o’zaro faoliyati bir necha etapda o’tadi: individlarning birlamchi sotsializatsiyalashuvi (individual tajriba orttirish, sotsial- shartlangan reaktsiyalarni ishlab chiqish).
Individning sotsial jamoa bilan o’zaro faoliyati (guruh ichidagi o’zaro hatti-harakat va b.), va nihoyat, individning butun jamiyat bilan o’zaro faoliyati (sotsial adaptatsiya, individual hulq-atvor motivatsiyasida sotsial ko’nikmalar va b.).
«Sotsial muhitning» shaxsga ta’siri jarayoni ko’p qirralidir, chunki, u sotsial sistemaning barcha tomonlari, jarayonlarining majmuasini ifodalaydi: moddiy elementlar, individni o’rab turgan, o’z konkret sotsial roli, pozitsiyasi, qarashlari va o’rganishlariga ega bo’lgan odamlar, individ tomonidan o’zlashtiriladigan, qabul qilmaydigan (yoki individ tan olmaydigan, qabul qilmaydigan) sotsial hulq-atvor normalar, shuningdek, jamiyatda obe’ktiv mavjud bo’lgan sotsial imkoniyatlar, sotsial «ko’nikmalar», talablar strukturasi.
Individlarni tarbiyalash va ularning kundalik turmushining sotsial Shart-sharoitlarni yaxshilash shaxsning sotsial muhit bilan o’zaro faoliyati jarayonining maqsadli yo’naltirilgan boshqaruvini bildiradi. Bu o’zaro faoliyatning muhim tarkibiy qismi qilib shaxs va uni o’rab turgan odamlar o’rtasidagi munosabatlarni olish tizimi.
Sotsializatsiyalashuvda mafkura uni o’qitish tizim muhim o’rin tutadi. U bir tomondan, g’oyalar, qarashlar, kontseptsiyalarni ommalashtirish va «ist’emol qilish» o’z ichiga oladi, bular asosan ommaviy axborot vositalari, maktablar va boshqa mafkuraviy institutlar tomonidan amalga oshiriladi.
Sotsializatsiyalashuvda ijtimoiy etalonlar tizimi ham o’ziga xos o’ringa ega. Ularga sotsial normalar, baholovchi mezonlar, urf-odatlar, an’analar va boshqalar kiradi. Ular shaxsning jamiyatga, sinfga, kollektivga oila va boshqalarga nisbatan majburiyatlarini belgilaydi, uning hulq-atvorini boshqaradi. Bunda hulq-atvorning majburiy va mumkin bo’lgan tipik variantlarini aks ettiruvchi sotsial normalar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ijtimoiy etalonlar tizimida baholovchi kriteriylar – siyosiy, huquqiy, estetik, pedagogik va bu o’ziga xos ahamiyatga ega. Ular individual emas, balki umumiy xarakterga ega normalardan farqli o’laroq ular majburiy hulq-atvorni belgilamaydi, balki amalga oshirilgan yoki mumkin bo’lgan hulq-atvorning umumiy xarakteristikasini tashkil etadi. Masalan, san’atning baholovchi kriterialari tipik Shaxsning badiiy obrazi orqali ko’rinadi va shu obraz orqali shaxsga real ta’sir ko’rsatadi.
Shaxsning sotsial mavqei, roli va funktsiyalari tizimi haqida gapiradigan bo’lsak, ular Shaxsning sotsial aloqalar va munosabatlar sistemasida tutgan o’rnining ko’rsatkichlari sifatida shunga mos sotsial pozitsiyalarni shakllantiradi, sotsial sistemaning turli sohalardagi o’z hayotiy faoliyati jarayonida hulq-atvor tajribasini o’zlashtirish usuli va xarakteriga katta ta’sir ko’rsatadi.
Insonning ijtimoiylashuv va tarbiya asosidagi shaxsga xos xususiyatlarining shakllanish jarayonini qator ob’ektiv va sub’ektiv faktorlar bilan asoslash mumkin: 1) sotsial ehtiyojlar va qiziqishlar; 2) sotsial yo’nalishalr va pozitsiyalar; 3) hulq-atvorni strategik tashkil etish; 4) sotsial aktivlik;
Sotsial ehtiyojlar va qiziqishlar tizimi, ilgari aytib o’tganimizdek, shaxsning ijtimoiylashuvi va tarbiyasi asosini tashkil etadi. Ehtiyojlar inson faoliyatining va hulq-atvorining birlamchi, asosidir, ularni yuzaga keltiruvchi kuchdir. Sotsializatsiyalashuv jarayoni jamiyatning hamda shaxsning o’zining ob’ektiv va qiziqishlarini anglab etishda, ularni ijtimoiy ahamiyatga ega hulq-atvor motiviga aylantirishda, ularga nafaqat tashqi zarurat yuzasidan, balki ichki ishonch yuzasidan ham rioya qilishda o’z aksini topadi11.
Shaxsning sotsial yo’nalishi va dunyoqarashi sistemasiga programmalar, maqsadlar, ishonch-e’tiqodlar va baholovchi kriteriylar yig’indisi kiritiladi. Ular Shaxsning afzalroq va majburiy fe’l-atvorini belgilaydi. Dunyoqarash shaxsning mavqeidan kelib chiqadi va uning tashqi dunyoga ichki dunyoga ichki sub’ektiv munosabatini bildiradi. U tanlash xususiyatiga ega va shaxsning u uchun tabiiy bo’lgan masalalarga ustunroq turuvchi munosabatini boshqarishga, fe’l-atvorini baholashga va ob’ektiv sotsial voqelik bilan aktiv munosabat o’rnatishga ega.
Fe’l-atvorni ichki strategik tashkil etish tizimini (ya’ni maqsadlarga erishish, umumiy g’oyalar va dunyoqarash printsiplarga ergashish) ijtimoiylashuvining asoslovchi mexanizmlarini harakatga keltirish «vositasi» sifatida qarash mumkin. U bir tomondan shaxsning ehtiyojlari qiziqishlari orientatsiyalari /yo’nalish/ va pozitsiyalari /dunyoqarash/ va ikkinchi tomonda uning aktivligi o’rtasida «ko’prik» sifatida namoyon bo’ladi. Bu tizim tufayli ma’lum bir ehtiyojlar, talablar va ob’ektiv Shart-sharoitlarga mos keluvchi hatti-harakatga o’tiladi12.
Ijtimoiylashuvning Shaxsga xos tizimlari konkret – tarixiy xarakterga ega va shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni mohiyatini ochib beruvchi ijtimoiy munosabatlar tipi va xarakteriga bog’liq. Agarda jamiyatda uning a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, orientatsiyalari va fe’l-atvorining merkantil yo’nalishi hukmron bo’lsa, u holda odamlarning hohish va intilishlarida shaxs ijtimoiylashuvining asosiy mohiyati sifatida qaraluvchi qadriyatli–ehtiyojli orientatsiyasi, individualizm «qadriyat»lari ustunroq turadi.
Bozor munsabatlariga o’tish yo’lidagi mulkchilikning turli ko’rinishlarida, tadbirkorlikning rivojlanishida, shuningdek, xalq ma’naviyatining tiklanishida insonga o’z sotsial tabiatining ko’rsatishga, jamiyatning aktiv a’zosi sifatida sotsial funktsiyalarini bajarishga yordam beruvchi mutlaqo yangi ijtimoiylashuv tipi uchun ob’ektiv asoslar yuzaga kelmoqda.
Demak, shaxsning jamiyatga, sotsial jamoalarning turli tiplariga madaniyat elementlari, sotsial norma va qadriyatlarni o’zlashtirish orqali sodir bo’ladigan jarayon ijtimoiylashuv deb ataladi. Individning sotsial tashkilot elementlar bo’lishi qay tarzda ro’y berishidan, bir tomondan, sotsial tashkilotning Shaxsga ta’sir etishi orqali qobiliyatini shakllanishi, ikkinchi tomondan, shaxsning boshqa odamlar ta’siriga berilishi qobiliyatining Shakllanishiga bog’liqdir.
Shaxsning sotsializatsiyalashuvi jarayonini ikki bosqichga, ya’ni sotsial adaptatsiya va sotsial interiorizatsiya bosqichlariga ajratish mumkin.
Sotsial adaptatsiya individning sotsial Sharoitlarga, funktsiyalarga, sotsial normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot va institutlarga, ya’ni muhitga moslashishi bosqichidir. Sotsial adaptatsiya jarayoni asosan oiladan boshlanadi va shakllanadi. Oiladagi har qanday munosabatlar Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida o’z aksini topadi. Shu sababli individning Shaxs sifatida shakllanishida oila muhim rol o’ynaydi.
Sotsial interiorizatsiya sotsial norma va qadriyatlarning individning ichki dunyosiga kirishishi jarayonidir. Shaxs sotsial muhitga qorishib ketmaydi, balki unga mustaqil birlik sifatida kiradi. Ko’pgina nazariyalarda shaxsning ijtimoiylashuvi tashqi ta’sir ob’ekti sifatidagina qaraladi. Bu nazariyalarda asos qilib faqatgina ijtimoiylashuv yordamida sotsial o’zgaradigan insonning tabiiy mohiyati olinadi; shaxsning aktivligi va ungi beriladigan biologik xususiyatlar hisobga olinmaydi. Ijtimoiylashuv shunga asoslanadiki, odam ijtimoiy faoliyatchi sifatida o’zining ham, ijtimoiy hayotning ham Sharoit va vaziyatlarini belgilovchi omildir. Shaxs – sotsial ta’sirlanishning ob’ekti va sub’ektidir. Sotsializatsiyalashuv jarayonida belgilar tizimi muhim ahamiyatga ega. Belgilar yordamida jamiyat individlar faoliyatini boshqaradi. Individ sotsial faoliyati ko’rsatishi uchun sotsial jamoada qabul qilingan belgilar va ularni ishlatish usullarini o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Individ faoliyat qiluvchi mavjudotdir, u tashqi muhitga shunchaki, javob bermaydi, balki amaliy faoliyat jarayonida ham tashqi muhitning ob’ektiv qonuniyatlarni, ham inson sifatidagi o’zining taraqqiyot va faoliyati qonuniyatlarini anglaydi va bu anglash asosida o’zining faoliyatini boshqarish faqat ob’ektiv va sub’ektiv qonuniyatlarni bilishini emas, balki shu qonuniyatlar elementlarining ma’lum Sharotidagi shakl va xususiyatlarini ham bilishni taqazo qiladi.
Shaxslarning sotsial faoliyati va sotsial harakatining boshlang’ich nuqtasi ma’lum ehtiyoj va manfaatlarni yuzaga keltiruvchi ob’ektiv hayot Sharoitlaridir. Faoliyat turlari ko’pginadir, lekin eng muhimi ularning barchasi shaxsni moddiy va ma’naviy asosini tashkil qiluvchi, ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ehtiyojlar Shaxsning tashqi muhitga ob’ektiv bog’liqligini bildiradi. Shu sababli shaxsning amaliy faoliyati ehtiyojlarni qondirish Shakli sifatida qaralishi, ob’ektiv Sharoitlarning in’ikosi va ularni qondirishning real imkoniyatlarni anglash sifatida qaralishi mumkin, ehtiyojlarning ikki ko’rinishi farqlanadi: tabiiy va jamiyat tomonidan paydo bo’lingan ehtiyojlar, ya’ni sotsial ehtiyojlar.
Jamiyat va shaxs maqsadlari orasidagi bog’lovchi u yoki bu sotsial tizim bo’lishi mumkin. Demak:
Shaxsning sotsializatsiyalashuvi deb, shaxsning jamiyatga, sotsial jamoalarning turli, tiplariga madaniyat elementlari, sotsial norma va qadriyatlarni o’zlashtirish orqali sodir bo’ladigan jarayonga aytiladi.
Shaxsning (individning) sotsial tashkilot elementi bo’lishi 2 muhim jihatga bog’liq: 1) sotsial tashkilotning shaxsga ta’sir etishi bilan qobiliyatining shakllanishiga va 2) shaxsning boshqa odamlar ta’siriga berilishi bilan qobiliyatining shakllanishiga bog’liq.
4. Shaxs sotsializatsiyalashuvning 2 fazasi mavjud13:
1. Sotsial adaptatsiya (moslashish). Bunda individning sotsial Sharoitlarga, funktsiyalarga, sotsial normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot va institutlarga, ya’ni muhitga moslashishdir. Sotsial adaptatsiya jarayoni, asosan oilada boshlanadi va shakllanadi. Oiladagi har qanday munosabatlar Shaxsning sotsializatsiyalashuvida o’z aksini topadi. Shu boisdan individning Shaxs sifatida shakllanishida oila asosiy rol o’ynaydi.
2. Sotsial interiorizatsiya, ya’ni sotsial norma va qadriyatlarning individ ichki dunyosiga kirishish jarayonidir. Shaxs sotsial muhitga qorishib ketmaydi, balki unga mustaqil birlik sifatida kiradi, Ko’pgina nazariyalarda shaxsning sotsializatsiyalashuvi, tashqi ta’sir ob’ekti sifatidagina qaraladi. Bu nazariyalarda asos qilib faqatgina sotsializatsiyalashuv yordamida sotsial o’zgaradigan insonning tabiiy mohiyati olinadi; Shaxsning aktivligi va unga beriladigan biologik xususiyatlar hisobga olinmaydi.
Sotsializatsiyalashuv Shunga asoslanadiki, odam ijtimoiy faoliyatchi sifatida o’zi va ham ijtimoiy hayotining, hamda sharoit va vaziyatlarini belgilovchi omildir. Shaxs sotsial ta’sirlanishning ob’ekti va sub’ektidir. Sotsializatsiyalashuv jarayonida belgilar tizimi muhim ahamiyatga ega. Belgilar yordamida jamiyat individlar faoliyatini boshqaradi. Individ sotsial faoliyat kursatish uchun sotsial jamoada qabul qilingan belgilar va ularni ishlatish usullarini o’zlashtirgan bo’lishi kerak.
Individ faoliyat qiluvchi mavjulotdir. U tashqi muhitga shunchaki javob bermaydi, balki amaliy faoliyat jarayonida ham inson sifatidagi o’zining taraqqiyot va faoliyati qonuniyatlarni anglaydi va anglash asosida o’zining sotsial faoliyatini belgilaydi. Shaxs tomonidan o’z faoliyatini boshqarish faqat ob’ektiv va sub’ektiv qonuniyatlarni bilishgina emas, balki shu qonuniyatlarni, uning elementlarini, xususiyatlarini ham bilishni taqozo etadi.
Shaxslarning sotsial faoliyati va sotsial harakatining boshlang’ich nuqtasi ma’lum ehtiyoj va manfaatlarni yuzaga keltiruvchi ob’ektiv hayot Sharoitlaridir. Faoliyat turlari ko’p, lekin eng muhimi ularning barchasi shaxsning moddiy va ma’naviy asosini tashkil qiluvchi, ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ehtiyojlar Shaxsning tashqi muhitga ob’ektiv bog’liqligini bildiradi. Shu sababli shaxsning amaliy faoliyat ehtiyojlarni qondirish Shakli sifatida qaralishi ob’ektiv Sharoitlarning in’ikosi va ularni qondirishning real imkoniyatlarini anglash sifatida qaralishi mumkin14.
Ehtiyojlarining 2 ko’rinishi mavjud: 1) tabiiy va 2) jamiyat tomonidan paydo qilingan ehtiyojlar.
1) Tabiiy ehtiyojlar sifatida kishilarning kundalik ehtiyojlari: ovqat, kiyim, turar-joy va boshqalar tushuniladi.
2) Sotsial ehtiyojlar esa odamning mehnat qilish ehtiyoji, sotsial aktivligi, ruhiy madaniyati, ya’ni nima ijtimoiy hayot mahsuli shunga bo’lgan ehtiyojdir. Tabiiy ehtiyojlar asos bo’lib, ularda sotsial ehtiyojlar paydo bo’ladi, rivojlanadi va qoniqtiriladi.
Shaxsning ijtimoiylashuv davri: quyidagilar asosida kechadi:
1) Bolalik:
- agentlar va ijtimoiylashuv turlari.
2) Ota-onalik:
- otalar va bolalar: ikki dunyo;
- «otalar va bolalar» munosabatlarining mutanosibligi.
3) O’spirinlik:
- qadriyatlar parallel tizimi.
4) Balog’at yoshi:
- voyaga etgan inson maqomining asosiy mezoilari;
- voyaga etganlar - Shaxs ijtimoiylashuvining faol payti.
5) Keksalik:
- ijtimoiylashuv ushbu davri maqomi va muammolar.
Ijtimoiy faoliyat va ijtimoiy fe’l-atvor mexanizmlari:
1) Faoliyat turlari.
2) Ehtiyojlar:
- tabiiy ehtiyojlar;
- biologik ehtiyojlar;
- ijtimoiy ehtiyojlar.
3) Ijtimoiy faoliyatni asoslovchi mexanizmlar:
- ehtiyojlar;
- qadriyatlar;
- manfaatlar va ularning o’zaro ta’siri;
4) Ijtimoiy nazorat.
5) Sanktsiyalar.
6) Ijtimoiy buyruq.
7) O’z-o’zini nazorat.
8) Tashqi nazorat.
9) Jamoatchilik fikri.
10) Deviant (jinoiy bo’lmagan) fe’l-atvor.
11) Delinkvent (jinoiy) fe’l-atvor.
12) Shaxsning muhim ijtimoiy-psixologik xislati - o’z-o’zini anglash kabilardir.
Shaxsning siyosatni tushunishi va unda mustaqil ishtiroki, unda bir qator siyosiy, malaka, ko’nikma va madaniyati mavjudligini namoyon qiladi. Bular unga siyosiy sub’ekt sifatida, turli siyosiy kuchlarning o’yiniga tushib qolmasdan, o’zining siyosiy rollari va vazifalarini effektiv bajarishga yordam beradi. Insonlar siyosiy va madaniyat bilan dunyoga kelmaydilar, buni ular hayotlari mobaynida egallaydilar. Xuddi shuni siyosiy sub’ekt sifatida guruhlarga nisbatan ham aytish mumkin. Aniq bir jamiyatga xos va siyosiy rol hamda vazifalarni bajarishga yordam beruvchi, shu jamiyat, hamda siyosiy sistemaning barqarorligini ta’minlovchi siyosiy madaniyatning norma va boyliklarini alohida shaxs yoki guruh tomonidan o’rganish jarayoni siyosiy sotsializatsiya, 15 deyiladi.
Siyosiy sotsializatsiya tushunchasi XX asrning 50-60 yillarida shakllandi. Siyosiy tizimning asosiy amaliy vazifalaridan biri bu siyosiy taraqqiyotning qulayligini ta’minlashga va avlodlar almashinuvi jarayonida jamiyatning barqarorligini saqlashga qodir muvaffaqiyatga siyosiy sotsializatsiyaning mexanizmlarini yaratishdir. Buning echimi sifatida, individning siyosiy maqsad va boyliklarni o’ziga yig’ishi va shaxsiyatida namoyon bo’lishini quyidagicha tasavvur qilish mumkin: jamiyatdagi hukmron doiralarning stereotiplarini sust qabul qiladi yoki ular bilan birgalikda faol ish yuritadi. Siyosiy sotsializatsiya taraqqiyotining mohiyati aniq bir jamiyat hokimiyati va individining o’zaro munosabatlari tabiatiga bog’liq. Xuddi shundan siyosat Shunoslikda mavjud kontseptsiyalar doirasidagi izohlar mazmuni kelib chiqadi.
Siyosiy sotsializatsiya individ tomonidan o’zining siyosatga qo’shiluvini ta’minlovchi siyosiy bilimlarni, qadriyatlarni, me’yorlarni, qoidalarni, xatti-harakat odobini o’zlashtirish jarayonidan iboratdir.
XX asr 90-yillarning boshlarida siyosiy sotsializatsiya jarayoniga hokimiyat muassasalariga ishonchning yo’qolishi, ularni siyosatida shaxsan qatnashishni istamaslik, buzg’unchilik, siyosiy norozilikning quporuvchilik usullari katta ta’sir ko’rsatib keldi. Rasmiy siyosat ko’pincha ko’pchilik kishilar uchun ma’naviy tayanch bo’lmay qolgan edi.
Turmush tarzidagi, ijtimoiy muhitdagi o’zgarishlar Shaxs mavqeini ancha murakkablashtirdi. Iqtisodiy jarayon xarakterida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. YAngi texnologiyalarning joriy qilinishi jiddiy o’zgarishlarga olib kela boshladi. O’tmishda siyosiy sotsializatsiya ikki tamoyil qarama-qarshiligi asosida kechdi:
1) Shaxsning ijtimoiy rivojlanishiga, uning siyosatda faol qatnashishiga jiddiy ijtimoiy ehtiyoj borligi ma’lum bo’ldi.
2) Ikkinchi tomondan inson hokimiyatdan, uning tashkilotlaridan siyosiy begonalashuvga olib kelgan edi16.
Siyosiy sotsializatsiyalashtirish g’oyasi «sotsializatsiya» tushunchasi analogi sifatida vujudga kelgan. Natijada sotsializatsiyalashtirish aniq bir jamiyatning yangi avlodi tomonidan ilm, iymon, tartib va qoidalarni o’zlashtirish jarayoni deb qarala boshladi. Bu qarashlar ularning ijtimoiy o’rinlariga mos kelgan holda jamiyatning saqlanishi va rivojlanishini ta’minlar edi. Ammo turli ilmiy maktab va yo’nalishlar sotsializatsiyalashtirish mexanizmlari har xil xususiyat va mohiyatlariga o’z diqqat e’tiborini qaratdi. Oila, maktablar, madaniyat, ommaviy axborot vositalari shular jumlasidandir. Bu sotsializatsiyalashtirishni mantiqan va jarayon sifatida tushunishga ta’sir ko’rsatdi.
Jamiyatning serqirra rivojlanishi, dunyodagi globallashuv jarayoni undagi konflikt holatlar, uni ijtimoiy o’zgarishiga sabab bo’ladi. R.Darrendorf17 va L.Kozer18 empirik tahlillar orqali serqirra jamiyatda yoshlarni klassifikatsiya qilish ham murakkab, undagi yoshlar sotsializatsiyalashuvi muammolari jamiyatdagi raqobat va kurashlarga bog’liq degan falsafiy metodologik xulosani berishadi.
Yoshlar bugungi siyosiy sotsializatsiyalashuvning nafaqat sub’ekti, balki uning muhim qismi hisoblanadi. «Jamiyat taraqqiyotida ishlab chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy munosabatlarni bog’lovchi asosiy kuch hisoblanadi. Munosabatlardagi har qanday yangilanishlar (inson, harakat, ishlab chiqarish) uning tizmiy o’zgarishiga ta’sir etadi. Bu ijtimoiy jarayonni bog’lovchi qismi yangi kuch va yangicha munosabatdir», deydi J.Sartr,19 - Shu bilan bir qatorda «yoshlar» tushunchasining ma’nosi uning individ sifatida ijtimoiy voqeilik Sharoitida o’zgaruvchanligida, ya’ni yoshlar ekzistentsiyasidadir20, bunda ijtimoiy darajaga chiqarilgan inqilobiy tajribaning siyosiy jarayonga ulanishiga bog’liq.»
G’arbiy bo’lmagan taraqqiyot jamiyati siyosiy sotsializatsiyalashtirishning ixtilofli turida namoyon bo’ladi. Ko’pchilik aholining juda kambag’alligi, nasl, avlod-ajdod, qalbida boyliklariga individning ergashishi turli xil madaniyat egalari va hukumat orasidagi kelishuvni qiyinlashtiradi. Bunday jamiyatlarda madaniyatning har xilligi siyosiy zo’ravonlikni ko’chaytiradi. Individ tomonidan joylardagi siyosiy hayot boyliklari va me’yorlarini o’rganish boshqa siyosiy submadaniyat egalari bilan bo’ladigan kurashda amalga oshirilgan va oshirilmoqda. G’arb mualliflari yana siyosiy sotsializatsiyalashtirishning gegemon turini ko’rsatadilar. Bu turda insonning siyosatga kirib kelishi biror-bir sinf boyliklarini (masalan: burjuaziya yoki proletariat), aniq bir dinni (masalan: islom) yoki siyosiy g’oyani (masalan: kommunizm, fashizm yoki liberalizm) tan olishi bilan ro’yobga chiqadi. Siyosiy sotsializatsiyalashtirishning bu turi boshqa boyliklarni tan olmaydigan berk siyosiy tizimga xosdir. Siyosiy sotsializatsiyalashtirish xuddi shunday tarzda sobiq sovet davrida Rossiyada, sotsialistik tizim mamlakatlarida va ba’zi Osiyo, Afrika mamlakatlarida amalga oshirilgan.
Alohida qiziqishni o’tish davridagi jamiyatlarda shaxsning siyosiy hayotga kirib kelishi uyg’otadi. Bunday jamiyatlarga misol qilib, Rossiyani olish mumkin. Bu erda siyosiy me’yor va qadr-qimmatlarning me’yorsizligi bilan xarakterlanadi, ya’ni anomiya21.
Do'stlaringiz bilan baham: |