3.2.Korxonada inson omili tizimidagi insoniy sifatlarning o’zaro bog’lanish xususiyatlarini rivojlantirish
Inson omili – iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishning hal qiluvchi jarayoni bo’lib, jamiyatni va uning rivojlanishini harakatga keltiruvchi buyuk qudratdir. Jamiyatning ilgarilab borishi bilan ijtimoiy aloqalar murakkablashib boraveradi, jamiyat oldida sifat jihatdan yangi vazifalar qalqib chiqaveradi. Mana shu vaziyatda insoniy omil bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ularni hal etishga yangicha munosabatda bo’lish taqozo etiladi.
Zamonaviy iqtisodiy tizimning murakkabligi, nochiziqligi, nomuvozanatligi boshqaruv tizimida sinergetik effektga ahamiyat qaratishlikni taqozo etadi. Bu bilan faoliyat samarasini oshirish uchun sinergetik jarayonlardan foydalanishni qabul qiladi.
Oldimizga qo’yilgan maqsad va vazifalarning nechog’lik buyuk va miqyosli bo’lishi inson omilini shu chog’lik faollashtirishni taqozo etadi. Inson omili deganda, jamiyat boyligini yaratuvchi kishining turmush tarzi, moddiy-ma’naviy ehtiyoji, mehnatga bo’lgan munosabati va boshqalar, shuningdek, uning aql-idroki, orzu umidi, g’am-tashvishi, ichki kechinmasi, xulq-atvori, xullas uning ma’naviy olamini tushunamiz. Chunki inson omili insonning barcha his-tuyg’ulari va ichki olamining barcha jabhalariga tez yetib borib ta’sir etuvchi, unga kuch-quvvat bag’ishlovchi, va ilhomlantiruvchi qudratga ega.
Demokratiyaning asosida “xodimni boshqarish” emas, “o’zini-o’zi boshqarish va inson omilini faollashtirish” g’oyasi yotishi kerak. Bunda xodimlar o’zini-o’zi oqilona tashkil etadi. Inson omili faollashtirilmay, xodimni boshqarilishiga asosiy ahamiyat qaratilishi juda katta muammolarni keltirib chiqaradi va demokratiyani ta’minlash zaruratini vujudga keltiradi. Agar inson omili zaruriy darajada faollashtirilsa, demokratiya o’z-o’zidan ta’minlangan bo’ladi.
Inson tabiati va fe’l atvorini tashkil etishda ko’plab insoniy sifatlar ishtirok etadi. Ushbu sifatlar bir-biri bilan bog’liq bo’lib, yaxlit bir butun inson omili tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Inson omili tarkibiy-tashkiliy tizimiga kiruvchi va insonlarda ifodalanuvchi insoniy sifatlar o’zaro bog’liq holda mavjud bo’ladi va doimo harakatchan, o’zgaruvchan xususiyatga egadir. Shaxslardagi inson omili tizimi boshqa shaxslar tizimidagi insoniy sifatlar bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi va ular bilan muayyan harakatdagi vaziyatni egallaydi.
Inson ham materiyadagi jismlar kabi doimiy harakatda bo’ladi. Inson harakati bois inson omilining ma’lum tizimini vujudga keltiradi. Inson omilining murakkab tizimi – inson tabiati va fa’l-atvorini belgilovchi tarkibiy elementlar, ya’ni insoniy sifatlardan tashkil topgan birikmadir. Ular o’rtasidagi bog’liqlik – insonning eng muhim xususiyatidir. Bog’liqlik tufayli inson betartib harakat emas, balki qonuniyat asosidagi harakat jarayonini amalga oshiradi.
Shaxslarda inson omili majmua shaklida turli-tuman vazifalarni ado etishga yo’nalgan bo’ladi. Ya’ni: odob va odamiylik xislatlarini mujassamlashtirish, xodimning mehnatsevar bo’lishi, ishbilarmonlik va tadbirkorlikni mujassamlashtirish, shaxsning madaniyatli va ma’naviyatlilik darajasi, ziyoli bo’lishi va hokazolar. Rahbarlik qobiliyati, kibru havolik va badjahllikka qarshi tura olishi, kamtarin, va hokisorligi kabi holatlarni aniqlash bo’yicha tizimlarga ajratish mumkin.
Inson omilining tizimi – muayyan qonuniyat asosida bir-biriga bog’liq ko’plab elementlarning bir butunligini ifodalaydi. Bu tizimga kiruvchi insoniy sifatlarning holati bilan tavsiflanadi, ular boshqa elementlar bilan o’zaro ta’sir natijasida bo’ladi, ya’ni doimo harakatchan va o’zgaruvchan xususiyatga egadir. Insonni inson omili tashkil etar ekan, u muayyan insoniy sifatlar majmuida qaror topadi. Demak, inson omili tizimi – inson tabiatini belgilovchi tarkibiy elementlar insoniy sifatlardan tashkil topadi. Inson omilining tashkiliy tizimidagi insoniy sifatlar doimo o’zaro ta’sir ostida bo’lib, bu jarayon tizim elementlari o’rtasidagi bog’liqlik vositasida ifodalanadi. Inson harakati bois inson omilining ma’lum tizimini vujudga keltiradi. Bu sinergetikaga xos xususiyatdir.
Inson omili va uni faollashtirish ham sinergetikadagi nochiziqli va nomuvozanatli murakkab tizimlar sirasiga kirib, undagi insoniy sifatlarning paradigmasining tashkil etish zarur bo’ladi. Ko’plab tadqiqotchilar shunday fikrga kelishganki, zamonaviy iqtisodiyot sinergiyaning minglab xususiyatlarini o’zida namoyon etadi. Shulardan xulosa qilib muallif, inson omiliga shunday ta’rif beradi: inson omili – bu turli fanlarning murakkab hodisalarini o’zida jam etgan sinergetik tizimdir.
Inson omilini tashkil etuchi insoniy sifatlarning o’zaro bog’liqligi – inson omilining eng muhim xususiyatidir. Bog’liqlik tufayli inson harakatning betartib yig’indisini emas, balki qonuniyat asosidagi harakat jarayonini vujudga keltiradi, ya’ni sinergiya tashkil bo’ladi.
Shaxslarda inson omili yagona tizim ostida shakllanib, turli-tuman vazifalarni ado etishga yo’nalgan bo’ladi. Uni tashkil etuvchilari, insoniy sifatlarning har biri murakkab, ayrim hollarda bir-biriga zid bo’lgan elementlar yig’indisidir. Ular insonni inson sifatida shakllantirishga va bir inson mijozi doirasida mavjud bo’lgan sifatlar insonni barkamol etishga ham, har ko’yga solishga ham qodir kuchdir. Shuning uchun ularni tartibga solish, tarbiyalash, sinergiyalash zaruratlari mavjud.
Inson omilini boshqarishda tizimli yondashuv, avvalo boshqaruv ob’yekti murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, o’zgaruvchan tizim inson fe’l-atvoriga insoniy sifatlar tartib va o’zaro aloqa bir butun organik yaxlitlikni tashkil etuvchi elementlar yig’indisi sifatida o’rganilishini anglatadi. Tizimli yondashuv boshqariladigan ob’yektning barcha tarkibiy qismlari uzviy amal qilishini ta’minlaydi. Bir tomonlama yondashuvni inkor qiladi, tizimning turli elementlari o’rtasida nomutanosiblik va qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
Inson omili faolligining turli yo’nalishlar bo’yicha tizimi o’rganiladi, uning va undagi insoniy sifatlarning o’zaro bog’liqligi, ta’siri tadqiq qilinadi. Tizimli yondashuv ko’plab muammolarni samarali hal etish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Uni qo’llash, maqsadlarni aniq bayon qilish, vazifalar ko’lami va konkret bajarilish lozim bo’lgan ish xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo’lish, tizim doirasida bo’ysinish tartibini o’rnatish, qaror qabul qilish va uni bajarish borasida majburiyat va javobgarlikni taqsimlash imkonini beradi. Tizimli yondashuvning asosiy vazifasi butun insoniy sifatlar tizimining amal qilish samaradorligini oshirishdan iborat. Tizimli yondashuvni qo’llash, umuman vaziyatga baho berish, barcha holat va oqibatlarni hisobga olgan holda boshqaruv qarorlari qabul qiluvchi har bir rahbar uchun zarurdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o’zaro bog’liqlik tabiiy jarayonlardan farqli o’laroq, ishlab chiqarishdagi yechimlarning bir-biriga bog’liqligi, insonlarning talab va taklifdagi mutanosiblikni ta’minlash va boshqalarning barchasida o’zaro bog’liqlik asosiy kuch sifatida ishtirok etadi. Tabiiy jarayonlarda o’zaro bog’liqlik qanchalar ahamiyat kasb etsa, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ham shunchalar ahamiyatga egadir. Bunda o’zaro bog’lanish qonuniyatiga mos kelmaydigan qonun, qoida va tamoyillarning joriy etilishi turli moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar, odamlar o’rtasida adovat, odamlarning turmush va hayotida ko’plab salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shu bois ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarni ishlab chiqish jarayonida ham undagi o’zaro bog’liqlik holati batafsil o’rganilishi va hisobga olinishi juda muhimdir.
Koinotda, tabiatda va tirik mavjudot organizmida shunday murakkab voqea va hodisalar sodir bo’ladiki, ularni to’g’ridan-to’g’ri ana shu fanning konsepsiyasi yordamida anglash – mushkul masala. Shu sababdan shunday sohalarning voqea va hodisalariga fizikaviy jihatdan ham yondashilib o’rganiladi. Misol tariqasida aytish mumkinki, astronomiya – astrofizika, geologiya – geofizika, biologiya – biofizika, issiqlik hodisalari – teplofizika va hokazo fanlar qatoridan tutash fanlar vujudga kelganligi behudaga emas.
беҳудага эмас.
Korxonalarda inson omili tizimidagi insoniy sifatlarning o’zaro bog’lanish xususiyatlarini kuchaytirish
|
Xodimlarning mehnat faoliyatini texnik jihatdan xavfsizligini ta’minlash
Xodimlarning mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan turmush sharoitlarini yaratish
Xodimlar boshqaruvini demokratik asosda olib borish
Ish haqining o’sib borishi va xodimlarning mehnatidan manfaatdorlik darajasini rag’batlantirish
боришини таъминлаш;
Инсон омилини ташкил этувчи инсоний сифатларнинг ўзаро боғланиши: меҳнатсеварлик, маъсулият, жамият манфаатларига ҳамоханглик, баркамоллик
3.2-rasm. Korxonalarda inson omili tizimidagi insoniy sifatlarning o’zaro bog’lanish xususiyatlarini kuchaytirish.
Huddi shunday inson omili ham, ya’ni inson fe’l-atvorini tashkil etuvchi his-tuyg’ular, aql-idroki, insoniy sifatlari, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlari, tabiati, ongi, dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, qobiliyatidan iborat barcha jihat va qirralarini aqlan qamrab bo’lmaydigan ruhiy omillar sirasiga kiradi. Shu sababdan ham jamiyatda, inson hayotida, ruhiyatida shunday holatlar bo’ladiki, ularni idrok etish, boshqarish inson ongidan tashqarida qoladi. Ular inson uchun anglab bo’lmas murakkab va mavhum jarayonlar sifatida namoyon bo’ladi. Shuningdek, inson omilining muayyan jihatlari borki, ularning qonuniyatlari ham murakkab asosga qurilgan bo’lib, ularni mazkur soha fanining metodologiyasi bilan to’g’ridan-to’g’ri o’rganish qiyin. Shu sababdan ularga ham fizik jihatdan yondashmoq masalaning yechimini topish imkonini beradi. Chunki dunyoda nimaiki mavjud bo’lsa, u faqat harakati va o’zaro bog’lanishi tufayligina sodir bo’ladi. Harakat va o’zaro bog’lanish esa fizik kategoriya bo’lib, borlikni ta’min etadi. Inson omilining holatini uni tashkil etuvchi insoniy sifatlarning o’zaro bog’lanish kuchi darajasi bilan aniqlash mumkin bo’ladi. Shuningdek matematik modellashtirish, algoritmik, jadvallar, tahlil, sintez va boshqa usullardan foydalanish, voqea-hodisalar, funksiyalarni aniqlash bo’yicha umumiy qonuniyatlarni keltirib chiqaradi va bular yordamida muayyan xulosalar qilish imkoni vujudga keladi. Bunda bizga sinergetika yordam beradi. Sinergetika bir necha fanlar majmuidan iborat ekan, demak sinergetika chin ma’noda – ensiklopedik fandir. Tarixda ko’plab yetuk olimlar bejizga bir necha fanlarni uyg’unlashtirib o’rganishmagan.
Dunyodagi barcha narsa va hodisalarning tarkibiy tuzilmasi bo’lib, ular o’zaro bog’liqlikda yagona bir butunlikni tashkil etadi. Yagona bir butunlikka qadar voqea va hodisalar muayyan holatni sodir etish uchun o’zlarining birlamchi tuzilma doirasida o’zaro bog’lanadilar. O’z navbatida tuzilmalar o’zaro bog’lanib, zanjirli tizim hosil qiladi va pirovardida ularning o’zaro bog’lanishi umumiy bir butun tizimni vujudga keltiradi.
Inson omilini tashkil etuvchi insoniy sifatlar ham o’z xarakteriga ko’ra bir butun inson omilini tashkil etgunga qadar qator o’ziga xos turkumlarni vujudga keltiradiki, oxir-oqibatda ular ajralmas yagona va yaxlitlikdagi inson omili ob’yektini tashkil etadi. Turkumlar doirasidagi insoniy sifatlar ham boshqa turkumdagi insoniy sifatlar bilan o’zaro bog’lanib, to’rsimon holatni vujudga keltiradi va bu sifatlarning chambarchas bog’liqligini ta’minlaydi.Hamma narsa muayyan harakat doirasida, qonuniyat asosida mavjud va shunga monand harakat qiladi. Bog’lanish natijasida har bir harakat va voqeada bir-birini to’ldiradi, o’rnini bosadi, o’zaro jipslashib, bir-biriga jadallik baxshida etadi.Lekin ularning bu harakatini ilg’ash, baholash o’ta murakkab ish. Ular muayyan funksiyaning elementlari to’plami sifatida inson fe’l-atvorini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bog’lanish voqea va hodisani vujudga keltiradi. Ruhiyatda inson omilining umumiy insoniylik sifatlari turli darajada o’zaro bog’lanib, muayyan voqeani sodir etadi. Bog’lanishda yuzaga kelgan o’zgarishlar hodisa va voqealarning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Bog’lanish kuchini kamayishi, yoki yo’qolishi hodisa va voqeaning sodir bo’lish holatini kamaytirishga yoki yo’qolib ketishiga sabab bo’ladi. Buni biz inson omilini tashkil etuvchi insoniy sifatlarning O’zaro bog’lanish qonuniyati deb atab, unga shunday ta’rif beramiz.
Inson omili darajasi, uni tashkil etuvchi insoniy sifatlar kuchlarining yig’indisini unda ishtirok etayotgan insoniy sifatlar soniga nisbati bilan o’lchanadi:
(2.1)
Bu yerda
– inson omili faollik darajasi;
– insoniy sifatlarning bog’lanish kuchi;
– o’zaro bog’lanishlar soni.
O’zaro bog’lanish kuchi darajasi birdan kam yoki birga teng:
1≤0. Ya’ni sifatlarning o’zaro bog’lanishi bir bilan nolning o’rtasida tebranadi.
Bog’lanishning bir darajalik kuchga yaqinlashishi mukammal bog’lanishni, nolga yaqinlashishi esa kuchsiz bog’lanishni sodir etadi.
Bunda har bir sifatlar o’z tabiatiga ko’ra turli darajada bog’lanadilar. Shu sababdan sifatlar o’rtasidagi bog’liqlik birdan kam bo’ladi va cheksiz ravishda birga intiladi.
(2.2)
Bu yerda 1 (cheksiz 1 ga intiladi)
O’zaro bog’lanish qonuniyati tabiiy olamda ham ruhiy olamda ham yagona va o’zgarmasdir.
Tabiiy olamda moddalar turli yo’llar bilan bog’lanadiki, ularni ilg’ash, natijasini ko’rish mumkin. Ruhiy olamda esa xissiyotlar bog’lanishini ilg’ash, anglash mushkul voqeadir.
Inson omilini tashkil etuvchi insoniy sifatlarning o’zaro bog’lanishida turli daraja kuchidagi bog’lanishlar sodir bo’ladi. Ya’ni, kuchli bog’lanish, yarim kuchli bog’lanish, chorak kuchli bog’lanishlardir. Sifatlarning o’zaro bog’lanishlari o’zaro bog’lanish qonuniyati asosida sodir bo’ladi va sinergiyani (o’zini-o’zi tashkil etishi)ni keltirib chiqaradi.
Inson hulq-atvori va faoliyatini tashkil etuvchi sifatlar ham olam qonuniyati singari yagona tizim majmuida bir-biriga bog’liq ravishda qaror topadi, rivojlanadi vazifasini o’taydi. Chunki ular yagona shaxs doirasida inson omilining insoniy sifatlar majmuasini vujudga keltiradi. Ular o’zaro bevosita va bilvosita bog’langan tarzda amal qiladi.
Tadqiqotimizda insoniy sifatlarning bir-biri bilan o’zaro bog’liqligidan kelib chiqib, mushtarak sifatlardan o’ziga xos tizim zanjiri vujudga keldi. Bu tizim zanjirlarning bevosita va bilvosita bog’liqligida qonuniyat mavjud bo’ldi. Qonuniyat esa – qat’iy va o’zgarmasdir. Unga har qancha suyanib, natijalar kutish mumkin. Masalan, odob-ahloq sifatiga mehnatsevarlik, intizom, puxtalik va sifat, mas’uliyat, bamaslahat ish ko’rishlik, vijdon, insof, or-nomus, kamtarinlik, to’g’riso’zlik va boshqa sifatlar bir-biri bilan uzviy bog’lanadi. Odam – insonparvar bo’lib tarbiya topsa, unda uyg’un tarzda mehr-oqibat, vijdon, insof, odob-ahloq va shu kabi xislatlarning ham qaror topishi ayni haqiqat, ekanligi shubhasiz. Vaholanki, ana shu tuyg’ularsiz insonparvarlik yakka holda hech qachon shakllanishi mumkin emas. Biz bu sifatga malaka, tajriba, tashkilotchilik, ma’lumot, iste’dod va shu kabi sifatlarni bog’lamadik.
Chunki, insonparvarlik bu sifatlarsiz ham shubhasiz mavjud bo’la oladi. Lekin kishida bu sifatlarning avvaldan mavjud bo’lishligi boshqa masala. Biz ularni aynan insonparvarlik sifatiga bog’lamasligimiz, oldimizga qo’ygan maqsadimizga to’g’ri yondashish, insoniy sifatlar mezonini to’g’ri baholash maqsadidan kelib chiqadi. Insonlar egallagan sifatlaridan mahrum bo’lmaydi, ammo yangi sifatlarni egallash jarayoni davom etaveradi. Har bir insoniy sifat bilan o’zaro bog’langan sifatlar har bir kishida, sharoitda, vaziyatda turli darajali induktiv kuchdagi bog’lanishda bo’ladi. Garchand odam yoshi o’tishi bilan mehnat qilish qobiliyati pasayib borsada, undagi mehnatsevarlik sifati yo’qolib ketmaydi. O’zi mehnat qilolmay qolsada, tinib-tinchimaydi, qalbida mehnatga bo’lgan ishtiyoq va tug’yon ufurib turadi, boshqalarni mehnatga da’vat etadi, tajribalari bilan o’rtoqlashadi. Bunday kishilardagi ilm, tajriba, malaka, insonparvarlik, donolik, fidoyilik va hokazolar hech qachon so’nmaydi, aksincha ular rivojlanishda davom etaveradi.
Agar insonda sifat qay darajada rivoj topgan bo’lsa, unga bevosita va bilvosita bog’langan insoniy sifatlar ham shunga yaqin darajada rivojlangan bo’ladi. Masalan, mehnatsevarlik yaxshi rivojlangan bo’lsa, shu bilan bog’langan ilm olish, malaka oshirish, o’ziligini anglash va boshqa sifatlar ham shu darajada kamol topadi. Yoki, intizom kuchli bo’lsa, undagi puxtalik, mas’uliyat, fidoyilik, odob va boshqa sifatlar ham kuchli rivojlangan bo’ladi. Bunday kishi – ta’kidlanayotgan mehnatsevarlik sifati borasidagi barkamol insondir. Lekin, ayrim kishilarning xarakteridan kelib chiqib, ayrim bog’langan insoniy sifatlar ustuvor darajada yuqori bo’lgani holda, ayrim sifatlarga e’tibor sust bo’lishi ham mumkin. Demak, kishi o’z tabiatidan kelib chiqqan holda, bog’liq bo’lgan sifatlarning induktiv kuchidan turli darajada foydalanadi. Insoniy sifatlarning bog’liqlik kuchi tizimdan ayrim sifatlarning yuqoriligi nimaning evaziga, yoki nima sababdan ayrim sifatlarga e’tibor sustligini tahlil qilish mumkin bo’ladi.
Insonlarda mujassam topgan fe’l-atvor va faoliyatga ta’sir etuvchi insoniy sifatlar bir butun yaxlitlikni vujudga keltiradi. Ya’ni, ular shunday chambarchas bog’lanadiki, ularning birortasini uzish, yoki ushbu doiradan tashqarida qoldirish aslo mumkin emas. Yangi paydo bo’lgan yoxud hayotimizga olib kirgan sifatlar ushbu yaxlitlikdan o’zining munosib o’rnini topaveradi, lekin hayotimizdan chiqib ketmaydi. Ya’ni, bunga shunday ta’rif berish mumkin: kishi hayotiga va faoliyatiga kirib kelgan insoniy sifatlar faqat rivojlanadi va boyiydi, ular hech qachon kamaymaydi, yo’qolmaydi, balki o’sishda, ko’payishda davom etadi.
Inson omili, inson hayoti bilan hamohang rivojlanadi. Insoniy sifatlarning jamlanishi va o’zaro bog’lanishi inson doirasidan tashqariga ham chiqib, insonlarning o’zaro munosabatlarini vujudga keltiradi. Ularni bir-biri bilan bog’lab, mehr-oqibatli, rahm-shafqatli, doimo bir-birini qo’llab-quvvatlovchi insonlar sifatida shakllanishida muhim rolь o’ynashi, hamda yomonliklarga qarshi turuvchi immunitetni hosil qilishi shubhasiz. Ya’ni botinan insoniy sifatlarga boy odam zohiran odamlar orasida go’zal xulq-atvorli, odobli, ma’naviyatli, madaniyatli, mehr-muhabbatli inson sifatida namoyon bo’lib, o’zgalarning diqqatini jalb etadi, obro’-e’tiborini qozonadi.
Iqtisodiyotdagi “talab va taklif” qonuni ijtimoiy hayotdagi eng to’g’ri va mukammal qonun sifatida sinovdan o’tgan. U to’laligicha O’zaro bog’lanish qonuniyatiga mos keladi va javob beradi. “Talab” bilan “taklif”ning bir-biriga qanchalar bog’liqligi, mutanosib kelishi rivojlanishga shu darajada asos bo’ladi. Buning risoladagidek amalga oshirishda, umuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotning boshida asosiy rolni inson, inson omili o’ynaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarning haqqoniyligini tabiiy qonunlar darajasiga yaqinlashtirish kerak. Chunki ijtimoiy hayot tabiiy omillar bilan hamohang tarzda kechadi va undagi harakatning zamirida ham muayyan tabiiylikni aks ettirgan qonunlar yotadi.
Inson omilini tashkil etuvchi insoniy sifatlar, ya’ni fazilatlari yashash tarzining eng muhim vositalaridir, uning xalqqa, jamiyat va Vatanga bo’lgan munosabatining negizidir. Chin insoniylik fazilati nasl-nasab, lavozim yoki molu davlat bilan emas, balki sog’lom aql, sof vijdon, ilm-hunar va go’zal xulq-odob bilan belgilanadi va baholanadi. Inson omilini tashkil etuvchi insoniy sifatlarning O’zaro bog’lanish qonuniyati tamoyillari asosida inson va jamiyat hayot qonuniyatiga eng yaqin darajada yaqinlashadi.Ushbu qonuniyatning ahamiyati va o’ziga xos xususiyati uning tabiat va jamiyatning turli sohalari va jabhalarida bo’ladigan jarayonlarni boshqarish asosida yotuvchi qonuniyatlarning umumiyligiga asos solinganligidadir. Insoniy sifatlar jarayonlari qanchalik murakkab bo’lmasin, ularni bilish mumkin. Chunki ular ham aniq mantiqiy qonuniyatlarga bo’ysinadi.
Ushbu qonuniyat yordami bilan inson omilini boshqarishga tizimli yondashib, inson omilining faollik darajasini aniqlashtiradi va keng qamrovli bazasidan foydalanish imkonini beradi, hamda o’z navbatida axborot yig’ish va uni qayta ishlashni talab qiladi. Inson omilini ilmiy asoslangan, aniq axborotga ega bo’lmay turib, uning samaradorligini oshirish yo’llarini aniqlab bo’lmaydi. Shunday qilib shaxs, korxona, tarmoq va hududlarning iqtisodiyotini bashorat qilishda inson omili faolligi darajasini o’zaro bog’liq tizim sifatida o’rganish mumkin.
Inson omilining tavsifini qilish uning faoliyatini qamrab olish va baholash fanlar ichra ham eng murakkab masala, desak mubolag’a bo’lmaydi. Dunyodagi har qanday voqea va hodisa ma’lum tabiiy jarayon asosida sodir bo’ladi. Inson va inson omilida voqea va hodisalar jisman, ham ruhan sodir bo’ladi. Inson jismida sodir bo’layotgan narsalarni ilg’asa bo’ladi, lekin ruhiyatida kechayotgan kechinmalarning qamrovi – cheksiz. Inson omili hali muayyan tizim darajasida tartibga keltirilgan emas, tizimga solinadigan bo’lsa, u albatta o’zning tarkibiy elementlaridan tashkil topadi.
Inson hayotiy faoliyati sub’yektini rivojlantirish qonuni va nazariyasi jahon hamjamiyati, mamlakatlar, mintaqalar, korxonalar, uy xo’jaliklari asosan avvalgi tajribalarning umumlashuvi negizida qaror topadi. Insoniylik tizimining rivojlanishini bashoratlash instrumenti ayniqsa bifuraksion o’zgarishlar (kuchli nomuvozanatlik holatdagi davrlar) uchun hali talab darajasida ishlab chiqilgan emas. Tizim rivojlanishining tajribasi, uning “elementar zarralari”ning asosiy o’zagida inson turadi, muvaffaqiyatli rivojlanishning bosh dominantlari (mamlakat, mintaqa, korxona)ni aniqlash nuqtai nazaridan bifuraksion davrda ular yetarli darajada o’rganilgan emas.
Inson kapitalining ahamiyati tabiiy resurslar, moddiy boylik va mabag’lardan muhimroq.Chunki inson kapitallarining yig’indisi mehnat potensialini tashkil etadi. Ya’ni mehnat layoqatiga ega bo’lish, muayyan tajriba va malakaga ega bo’lish, safarbarlik imkoniyatining vujudga kelishi natijasida inson kapitali potensial ko’rinish kasb etadi. Aynan shu sabab u iqtisodiy o’sish va samaradorlikning asosiy omili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |