1-bob. Bob. Innovatsion faoliyatni boshqarishda inson kapitalining nazariy asoslar


Korxonalarda inson kapitalini rivojlantirish ko’rsatkichlarining tahlili



Download 202,8 Kb.
bet12/18
Sana05.07.2022
Hajmi202,8 Kb.
#741243
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
kirish (1)

2.3. Korxonalarda inson kapitalini rivojlantirish ko’rsatkichlarining tahlili
2.3. Korxonalarda inson kapitalini rivojlantirish ko’rsatkichlarining tahlili
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston inson salohiyatining rivojlanish indeksi bo’yicha reytingda 190 ta davlat ichida 114-o’rinni egallaydi. O’zbekistonning bu ko’rsatkich bo’yicha indeksi 0, 675 ga teng22. Inson salohiyatining rivojlanishi indeksini hisoblashda inson kapitalining asosi sifatida qabul qilinishi mumkin bo’lgan asosiy ko’rsatkichlar, ya’ni salomatlik, ta’lim olish, aholining turmush darajasi yoki aholining real daromadi kabi uchta yo’nalishdagi ko’rsatkichlar indeksi qamrab olingan. Xususan,
1. Umr ko’rish davomiyligining kutilishi indeksi. Bu salomatlik va uzoq umr ko’rishning o’rtacha ko’rsatkichi bilan aniqlanadi.
2. Ta’lim indeksi: ta’lim olishga yaratilgan sharoit, ya’ni katta yoshdagi aholini va maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim olishining o’rtacha davomiyligi bilan aniqlanadi.
3. YaMM indeksi: aholining turmush darajasi yoki aholining real daromadini aks ettiruvchi aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaMM ko’rsatkichi bilan aniqlanadi.
Bu uchta yo’nalishdagi ko’rsatkichlar indeksi 0 dan 1 gacha bo’lgan sonlar ko’rinishida standartlashtiriladi va shu sonlar miqyosida yuqoridagi uchta yo’nalishdagi ko’rsatkichlarning o’rtachasi orqali davlatlar ketma-ketligi aniqlanadi.
Makrodarajadagi inson kapitali ko’rsatkichlarini quyidagi bilvosita ma’lumotlar bilan ham ifodalash mumkin: ta’lim, fan va innovatsion faoliyat, raqamli iqtisodiyot sohasidagi bilimlarning takomillashuvi. Inson kapitalini amalda qo’llash jarayonini inson kapitali bozori sub’yektlarining o’zaro munosabatlari sohasi sifatida tasavvur qilish mumkin. Bunda taklif tomondan yuqori malakali mutaxassislar, muhandislar, ixtirochilar maydonga chiqsa, talab tomondan innovatsion jarayonning asosiy qatnashchilari hisoblangan innovatsiyaga yo’nalgan tashkilotlar, korxonalar, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, texnoparklar chiqadilar. Inson kapitali bozoridagi o’zaro munosabatlar predmeti esa kishilarning noyob qobiliyatlari, ijodiy tafakkuri, yangiliklar yaratishga yo’nalgan bilimlari hisoblanadi.
Jahon banki tomonidan doimiy ravishda dunyo mamlakatlarida inson kapitali, holati “Inson kapitali” indeksi shaklida tahlil etilib, natijalari e’lon qilinib boriladi. 2020 yil uchun “Inson kapitali” indeksi e’lon qilinib23, dunyo aholisining 98 foizi istiqomat qiluvchi 174 ta mamlakat ishtirok etgan mazkur reytingga ilk marotaba O’zbekistondagi sog’liqni saqlash va ta’lim sohasiga oid ma’lumotlar ham kiritildi. Ushbu ma’lumotlar 2020 yil mart oyigacha bo’lgan davrni qamrab oladi va COVID-19 pandemiyasigacha bolalar salomatligi va ta’limining asosiy ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Inson kapitaliga investitsiya (inson hayoti davomida to’plangan bilim, ko’nikma va salomatlik) bolaning salohiyatini namoyon etish va har bir mamlakatda iqtisodiy o’sishni jadallashtirishda asosiy rol o’ynaydi.
Jahon banki tomonidan 2020 yilda e’lon qilingan “Inson kapitali” indeksi natijalariga ko’ra:
5 yoshgacha yashab qolish darajasi. O’zbekistonda tug’ilgan 100 boladan 98 nafari 5 yoshgacha yashab qoladi;
Kutilayotgan ta’lim olish muddati. Prognozga ko’ra, O’zbekistonda 4 yoshdan boshlab maktabgacha ta’lim olayotgan bola uchun, 18 yoshga kelib, ta’lim olish muddati 12 yilni tashkil etadi;
Umumlashtirilgan test natijalari. O’zbekistondagi talabalarning ta’lim natijalari 474 ballni tashkil etgan, bu yerda eng yuqori ta’lim natijalari 625 ball, eng past darajadagi ta’lim natijalari esa 300 ballga to’g’ri keladi;
Ta’lim sifatiga qarab ta’lim olish davomiyligi. O’quvchilar tomonidan haqiqatan ham olingan bilimlarning miqdorini hisobga olgan holda, maktabda kutilayotgan ta’lim davomiyligi atigi 9,1 yilni tashkil etadi;
Katta yoshdagi aholining yashash salohiyati. O’zbekistonda ushbu
15 yoshdagilarning 87 %i 60 yoshgacha yashaydi. Ushbu statistik birlik bilvosita indikator bo’lib, bugungi kunda tug’ilgan bola voyaga yetganida hozirgi sharoitda sog’liq bilan yuzaga kelishi mumkin bir qator xavflarni inobatga oladi;
Sog’lom o’sish (nuqsonsiz rivojlananayotgan bolalar ulushi). 100 boladan 89 nafari rivojlanishdan orqada qolmaydi. 100 boladan
11 nafarida rivojlanishda kechikish va umr davomida kognitiv va jismoniy cheklanishlar xavfi mavjud.
2020 yilga qadar O’zbekiston Respublikasining ma’lumotlari “Inson kapitali” indeksi reytingida e’lon qilinmagan. Jahon banki tomonidan 2020 yilda e’lon qilingan “Inson kapitali” indeksida O’zbekiston ham ilk marotaba ishtirok etdi. “Inson kapitali” indeksida O’zbekistonda tug’ilgan bolaning balog’at yoshiga yetganidagi mehnat unumdorligi, belgilangan ta’lim dasturlarini to’liq o’zlashtirgan va to’la sog’lom bo’lgan sharoitda mehnat unumdorligi 62 foizni tashkil qildi. Ushbu ko’rsatkich Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi o’rtacha ko’rsatkichdan pastroq, ammo daromad darajasi o’rtachadan past bo’lgan mamlakatlarning o’rtacha ko’rsatkichidan ancha yuqori. Ya’ni, O’zbekiston MDH mamlakatlari ichida Belarus Respublikasi (70 foiz), Rossiya (68 foiz) va Qozog’iston (63 foiz)dan keyingi o’ringa joylashgan.
Har qanday davlat va jamiyatda inson kapitalining shakllanishi ona qornida individning sog’lom rivojlanishi, uning tug’ilishi, odam, inson va shaxs darajasida kamol topishi kabi juda ko’p omillar ta’siridagi murakkab jarayonlarini qamrab oladi. Tinchlik-osoyishtalik, ona va bola salomatligiga yo’naltirilgan kuchli davlat ijtimoiy himoya siyosati, oiladagi sog’lom muhit, aholining maktabgacha ta’lim, maktab va boshqa ta’lim turlarini o’zida mujassamlashtirgan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizim bilan qamrab olinishi va ularning sifat va samaradorligi shular jumlasidandir. O’zbekiston Respublikasi aholisining mehnatga layoqatli qismi ming kishida - (16-54 yosh) 18151,8 (55%)ni, maktabgacha ta’lim yoshi - (3-6 yosh) 2712,1 (8%), maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji ta’limi yoshi - (7-18 yosh) 6783,9 (20%) va oliy ta’lim - (19-30 yosh) 7331,5 (22%) tashkil etadi24.
Hozirgi vaqtda jahonning yetakchi davlatlari taraqqiyoti uchun sanoat rivojlanishidan keyingi bosqich xos bo’lib, bu bosqichda iqtisodiy o’sish omillarining roli va o’rni o’zgarmoqda. Bunda asosiy e’tibor mehnat resurslarining intellektual salohiyatini, fan va texnologiya yangiliklarini ishlab chiqarish jarayoniga samarali joriy etish asosida zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga qaratiladi. Jamiyat taraqqiyotidagi bunday holat iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan ishlab chiqarish sohasini kengroq rivojlanishini talab etadi.
Mehnat samaradorligi milliy va korxonalarning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishini tavsiflovchi eng muhim iqtisodiy kategoriyalardan biridir. Mehnat samaradorligini iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va mazmunini 3 yo’nalishda tahlil qilish mumkin: birinchi yo’nalish, o’rganish predmeti bo’yicha mehnat yoki ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining o’zi hisoblanadi. Bu iqtisodiy kategoriyaning iqtisodiy fanlar tizimidagi o’rni katta e’tiborga ega, mehnat samaradorligining ob’yektiv iqtisodiy qonunlar bilan o’zaro aloqasi tadqiq qilinadi, shuningdek ko’pgina olimlarni bu iqtisodiy kategoriya ishlab chiqarishning turli shakllarida o’ziga xosligi bilan qiziqtiradi; ikkinchi yo’nalish, bu mehnat samaradorligi mezonlari va uning miqdoriy me’yorlarini, shuningdek iqtisodiyotning turli darajalarida samaradorlik ko’rsatkichlarini izlash, samaradorlik dinamikasini o’rganish bilan bog’liq; uchinchi yo’nalish esa alohida ta’sir qiluvchi omillar, shuningdek, iqtisodiy sohalari orqali mehnat samaradorligini oshirish yo’llari va zahiralarini tadqiq qilish bilan bog’liq. Ushbu 3 ta yo’nalish ham bir-biri bilan uzviy bog’liq va ularning asosiy maqsadi mehnat samaradorligini nazariy jihatdan asoslab berishdan iboratdir. Mehnat samaradorligining mohiyatini o’rganishni eng avvalo uning qaysi sohaga tegishli ekanligi aniqlashdan boshlash lozim: moddiy ishlab chiqarish sohasidami yoki nomoddiy ishlab chiqarish sohasiga tegishli. Ko’pchilik olimlar mehnat samaradorligini moddiy ishlab chiqarish sohasiga tegishli deb e’tirof etishadi, chunki bu sohada kilingan sarf-xarajatlar yaqin davr ichida o’z natijasini berishi bilan farqlanadi. Boshqa bir guruh olimlar esa mehnat samaradorligi noishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) sohasiga tegishli deb fikr yuritishadi, chunki bu sohada qilingan sarfxarajatlar uzoq muddat o’z natijasini bermasa ham, lekin vaqti kelganda shunday natija beradiki, buni hech kanday mikdoriy va sifatiy o’lchovlar bilan o’lchab bo’lmaydi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnat samaradorligi unumli mehnat bo’lib, inson hayoti uchun kerakli moddiy sharoitlar yaratadi, uni ko’rsatkichlarining ishini esa, hayot sharoitlarida yanada yaxshilaydi, shuningdek jamiyat a’zolarining ma’naviy rivojlanishini ta’minlashga yordam beradi. Biz tahlil qilayotgan ma’suliyati cheklangan jamiyatda daromadlar o’zgarishi 2.3-jadvalda keltiriladi (2.3-jadval).
Mehnat unumdorligi vaqt birligi (soat, smena, oy, kvartal, yil) ichida ishchilar tomonidan bajarilgan ishlar hajmidan yoki ishlab chikarishga sarf qilingan vaqt birligi bilan o’lchanadi (2.4-jadval)
2.5-jadval ma’lumotlariga ko’ra oliy ma’lumotli mutaxassislar soni joriy yilda 4 kishini tashkil etgan bo’lib 2020 yilga nisbatan 3 kishiga oshgan. Ularning ishlovchilar o’rtasidagi tutgan salmog’ida o’zgarish kuzatilmokda ya’ni 100 % ga o’sgan.
Mehnat unumdorligini oshirish yo’llari ko’p qirralidir. Bu ishlab chiarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, yangi mashinlarni joriy qilish, ishlayotgan dastgohlarni zamonaviylashtirish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chikarish va mehnatni ilmiy tarzda tashkil etishni yaxshilash, ish vaqtidagi yo’kotishlarni tugatish, ilg’or ishlab chiqarish tajribalaridan foydalanish, mehnatga xaq to’lash va moddiy rag’batlantirish sistemasini to’g’ri tashkil qilish va xokazolar.
Inson kapitalining ijtimoiy xizmatlar saviyasining o’sishi bilan birga milliy iqtisodiyot barqarorligiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi omil ekanligi oydinlashadi. Belgilangan maqsad doirasida inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar qatoriga quyidagilarni keltirish mumkin, deb o’ylaymiz: ta’lim va ilmiy faoliyatning sifatini oshirish va muddat jihatidan takomillashtirishda hukumat-xususiy sektor hamkorligi metodologiyasini qo’llash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish; sog’likni saqlash sohasida ko’rsatilayotgan xizmatlarning ( natijadorligi bilan bog’liq ravishda moliyaviy mablag’larni ajratishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish; Ta’kidlash lozimki, ko’rsatib o’tilgan vazifalarni hal etilib mamlakatimiz sharoitida qo’llanilishi aholining ijtimoiy farovonligini va mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi.

Download 202,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish