2.2.Inson kapitaliga yo’naltiriladigan investitsiyalarning turlari
Ma’lumki mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi
bosqichida innovatsiya, insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o’sishning asosiy omiliga aylanmoqda.Iqtisodiyotda shunday umumqabul qilingan tamoyil amal qiladiki, unga ko’ra, qulay investitsion muhitning yaratilishi iqtisodiy o’sishning muhim sharti hisoblanadi. Bunday muhit inson kapitali investitsion faolligiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Jamiyatning jami boyligi inson kapitali va boshqa kapitallarga bog’liq. Inson kapitaliga ta’lim, treninglar, migratsiya kabi sohalarga qilingan investitsiyalar yig’indisi kirsa, boshqa kapitallarga tabiiy boyliklar, binolar va texnologiyalar kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 yanvardagi
Murojatnomasida18 “...biz O’zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz” degan vazifani qo’ydilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 aprelda «Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida» PQ-3682-sonli qarori qabul qilindi.Ushbu qaror innovatsion faoliyatga keng imkoniyatlar yaratib berish bilan bir qatorda, innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalarni to’laqonli joriy qilish, ularni xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning dolzarbligini hisobga olgan holda ishlab chiqarish tarmoqlari amaliyotiga joriy qilishga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bir qator omillar sanab o’tilib, bu muammolarni hal qilish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
Rus iqtisodchisi R.I.Kapelyushnikov19 inson kapitali deganda, insonda jamlangan qobiliyat, bilim, malaka va maqsadlar zaxirasi”, deb tushungan. Inson kapitaliga qo’yilgan investitsiyalarni eng muhim turlarga: ta’lim, ishlab chiqarishga tayyorgarlik, migratsiya, axborot izlash, hattoki farzand ko’rish va ularni tarbiyalashni ham kiritadi.
Ko’plab ishchi kuchi taklifi tanlovlari ishchi tomonidan ma’lum miqdorda investitsiya kiritilgan bo’lishi kerakligini talab qiladi. Agar buni investitsiya deb ataydigan bo’lsak, bunda ishchi, keyinchalik qoplash umidida, dastlabki harajatlarni o’zi qiladi. Shuning uchun ham ko’pgina ishchilar uchun ish haqi va ish sharoitlari qaror qabul qilishda ahamiyatga ega yagona omillar emas. Bunday qarorlarni modellashtirish uchun investitsiyaning tabiatini va ishchining keyingi perspektivasini ham inobatga olish zarur.
Ishchilar mehnat bozoridagi investitsiyaning uchta eng asosiy turini ajratib ko’rsatadilar: ta’lim va trening, migratsiya va yangi ishlarni qidirish. Har uchala investitsiya dastlabki harajatlarni yuzaga keltiradi va ularning har uchalasida ham ishchilar kelgusidagi daromadlari evaziga bu investitsiyani qoplashga umid qiladilar. Bu uch investitsiyaning boshqa investitsiya turlari kabi soddaligini ajratib ko’rsatish uchun iqtisodchilar bularni inson kapitaliga qilingan investitsiya deb ataydilar, ya’ni bunda ishchilar kelgusida ularga foyda olib keladigan malakaga ega bo’ladilar. Ishchi egallagan bilimlar va ko’nikma ta’lim va treninglar natijasida olinib, ular ham ishlab chiqarish kapitalidagi bir aktiv hisoblanadi. Ishlab chiqarish kapitalining qiymati esa bu malaka mehnat bozorida qancha foyda keltirishidan kelib chiqadi. Ish qidirish va migratsiya ham inson kapitalining uning ish haqini oshirish evaziga oshishiga olib keladi.
Ma’lumki, Respublikamiz innovatsion iqtisodiyot sari harakatlanmoqda, bu barcha resurslardan hozirgi va kelgusi avlodning farovonligi uchun oqilona foydalanish demakdir. Bu maqsadga odam resursi – “inson kapitali”ga, ya’ni, ilmiy kadrlarning intellektual qobiliyati, injener-texnik xodimlar, biznes vakillari va sanoatchilar, birinchi navbatda venchur kapitali bilan shug’ullanuvchilar bilan sheriklik qilish orqali erishish mumkin.
Jamiyatning jami boyligi inson kapitali va boshqa kapitallarga bog’liq. Inson kapitaliga ta’lim, treninglar, migratsiya kabi sohalarga qilingan investitsiyalar yig’indisi kirsa, boshqa kapitallarga tabiiy boyliklar, binolar va texnologiyalar kiradi.
Insonlarning bilimi va malakasiga qilingan investitsiyalar uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich – bolalikda inson kapitalini o’zlashtirish aksariyat hollarda atrofdagilarning qarorlariga bog’liq bo’ladi. Ota-ona resurslari va tavsiyalar, unga qo’shimcha ravishda madaniy muhit va maktabning dastlabki yillaridagi tajriba insonning til o’rganishi, matematikani tushunishi, bilim olishga qiziqishiga va umuman, sog’lom turmush tarziga qanday yondashishiga ta’sir qiladi. Ikkinchi bosqichda o’smirlar va yoshlar to’liq vaqtlarini maktab yuqori sinflari, litsey-kollejlar va trening dasturlarida bilim olishga sarflaydilar. Uchinchisida, mehnat bozoriga kirganlaridan so’ng, ishchilarning inson kapitalini boyitishi ish mobaynidagi treninglar, tungi maktablar, qisqa muddatli trening dasturlari orqali amalga oshadi.
Xuddi boshqa investitsiyalar singari, inson bilimi va malakasiga qilin-gan investitsiyalar kelajakda foyda olish umidida bugungi kunda qilinadigan harajatlardir. Umuman olganda, biz inson kapitaliga qilinadigan investitsiyalar bilan bog’liq harajatlarni uch kategoriyaga bo’lishimiz mumkin:
1) to’g’ridan to’g’ri harajat– ta’limga qilingan investitsiyalar va kitob yoki boshqa materiallarni o’z ichiga oladi;
2) yo’qotilgan investitsiyalar – inson o’qish davomida mehnat bozorida ishtirok eta olmaydi (hech bo’lmaganda to’liq stavka asosida);
3) fizik yo’qotishlar - o’rganish jarayoni qiyin yoki zerikarli ekanligi-dan kelib chiqadi.
Ishchilar tomonidan ta’lim va treninglarga investitsiya deganda, kutilayotgan daromad bundanda yuqoriroq daromad shaklida bo’lishi, bundan tashqari, u ishchilar uchun ish davomida ko’proq zavq bag’ishlashi tushuniladi. Garchi kelajakda olinadigan barcha foydani hisoblab chiqishning imkoni bo’lsa ham, olinayotgan daromadning keyingi yillarda kelishi evaziga ularning bir necha yillardagi yig’indisini hisoblab chiqishni tasavvur qilish juda mushkul.
Inson kapitaliga yo’naltiriladigan investitsiyalarning samaradorligini shakllantirish bo’yicha tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar amal qilishiga qarab quyidagicha guruhlanadi (2.1-rasm). Tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda umumiy jihatlarni ifodalaydi
Inson kapitaliga yo’naltiriladigan investitsiyalarning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari
|
Tashkiliy mexanizmlar
|
Iqtisodiy mexanizmlar
|
Qonunchilik bazasi
|
Soliq-byudjet
|
Ma’muriy-hududiy boshqaruv
|
Bank, kredit, moliya
|
Sud-huquq
|
Bojxona
|
Mehnat bozori va ta’lim
|
Sug’urta
|
Tabiiy resurslar
|
Ijtimoiy infratuzilma
|
Axborot-kommunikatsiya
|
Tashqi iqtisodiy siyosat
|
2.1-rasm. Inson kapitaliga yo’naltiriladigan shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar
Investitsiya borasida qaror qabul qilinganda, investor kelajakda ko’proq daromad olish ilinjida bugun harajat qiladi. Tabiiyki, investitsiyadan olinadigan daromadda o’ziga yarasha xatar darajasi ham bor (chunki hech kim kelajak davrni aniq aytib bera olmaydi), ammo ular kelajakda olinadigan daromad ekanligini hisobga olsak, ular iqtisodiy jihatdan qulay davrga to’g’ri kelishi ham mumkin. Shuning uchun ham investor hozirgi kunda qilmoqchi bo’lgan investitsiyasining qiymatini kelajakda olishi mumkin bo’lgan daromadi bilan solishtirib ko’rishi lozim.
Turli ta’lim darajasiga ega bo’lgan ishchilar o’rtasidagi daromadlarning farqlari ularning yoshi o’tgani sari kengayib boradi. Bu tushuncha albatta ular egalik qiladigan inson kapitali nazariyasi bilan ham bog’liq. Inson kapitaliga investitsiyaning, albatta, kelajakda kutilayotgan daromadlar yuqori, bugungi kundagi harajatlar esa kam bo’lgan paytda amalga oshirilishining ehtimoli katta. Xuddi shunday xolatni tez o’rganuvchan qobiliyatga ega insonlar haqida ham aytishimiz mumkin. Ishchining tez o’rganish qobiliyati treninglarga sarflanadigan vaqtni qisqartiradi va tez o’rganuvchi ishchilarga bo’lgan xarajatlar ham trening mobaynida kamroq sodir bo’ladi.Shunday qilib, tez o’rganish qobiliyatiga ega ishchilar ko’proq trening imkoniyatlarini izlashadi. Eng tez o’rganuvchi ishchilar, ushbu holatdan kelib chiqadigan bo’lsak, maktabdagi ta’lim jarayonida eng yaxshi o’qiganlardir. Shunday qilib, inson kapitali nazariyasi taxminiga ko’ra, maktab jarayonida o’zlarining bilimlariga ko’proq investitsiya qilgan insonlar ish davomida ham o’zlariga ko’proq investitsiya qiladilar. Tez o’rganish qobiliyatiga ega insonlar ko’proq bilimlar talab etiladigan va yuqori ish haqi to’lanadigan ishlarni ma’qul ko’rishadi va shuning uchun ham o’zlarining samaradorligini oshirish yo’lida ko’proq harakat qilishadi.
Milliy innovatsion tizimni rivojlantirishning zaruriy omili sifatida hududlar iqtisodiyotining rivojida istiqbolli yo’nalishlarda muhum innovatsion muammolarni samarali hal etishni ta’minlovchi resurslar, muddatlar va tadbirlarni bajaruvchilari bo’yicha o’zaro aloqador majmuali - hududiy innovatsion-investitsiya dasturlar ishlab chiqish lozim bo’lmoqda.
Inson kapitaliga yo’naltiriladigan investitsiyalar yo’naltirishning sub’ektiv va ob’ektiv shart-sharoitlari va sabablari:
1) Bilvositaliligi, ya’ni insonning o’zi bevosita kapitalga aylanmasdan,faqat uning ayrim fazilatlari(sog`ligi,bilimdonligi,barkamolligi va b.) kapialga aylanadi;
2) Shaxsiyatni kamsitilmasliligi(ixtiyoriyliligi),ya’ni majbur qilmaslik (odam savdosida majburlab kishini sotadilar yoki qulchilik davrida inson bevosita kapitalga aylanardi);
3) Ijtimoiy nafliligi, ya’ni o’zi bilan bir qatorda yana o’z oilasiga,ishlaydigan korxonasiga,yashayotgan mahallasi va hududiga hamda jamiyatga ham naf keltirishi lozim.
4) Iqtisodiy doromaddorligi va boshqalar.
5) Inson va inson kapitalining bir biridan ajralmaslik xususiyati.Ular uzviy bog`langan,ya’ni inson bor joyda uning kapitali ham mavjud bo’ladi.Insonni kapitalga aylanish chizmasini chizish haqida o’ylash lozim!
6) Shuningdek,kapitalning sifat jihatidan o’zgarishlari(moddiy ko’rinishi bilan bir qatorda uning nomoddiy ko’rinshlarini,ya’ni innovastion mahsulotlari va
b.vujudga kelishi;qiymat shaklidan biznes shakliga aylanishi) hamda bilimlarga asoslangan(innovastion) iqtisodiyotni shakllanayotganligi va insonning iqtisodiyo’sishdagi rolini oshib borishi ham insonni kapitalga aylanishiga sabab bo’ldi.
7) Inson kapitalini shakllanishining shart-sharoitlardan biri mexnat xususiyati va mazmunini uzgarishidan xam boglikdir.
Shaxsiy inson kapitalini baholashda inson kapitali uchun yo’naltirilgan investitsiyadan keladigan natijalarni baholashga qaratilgan. Inson kapitalining qiymati (salohiyati) noma’lum bo’lgach, investorlar ham inson kapitali uchun investitsiya kiritish bo’yicha qaror qabul qilishda qiynalishadi.
Inson resurslarining inson kapitali to’g’risidagi ma’lumotni bilishlik shaffofligiga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Korxonaning biznes va boshqa faoliyatini baholovchilarga inson aktivining sifati to’g’risida har tomonlama keng ma’lumot bermaydi.
Inson kapitali nazariyasiga muvofiq odamlar o’zlariga investitsiya kiritib, imkoniyatlarini kengaytirishlari, davlat esa inson kapitalini boyitish uchun mablag’ sarflab, milliy daromadni ko’paytirishi mumkin. Bunday investitsiyalarning samaradorligi sarf qilingan mablag’larning mehnat unumdorligi ortishi va ish haqi ko’payishi orqali qoplanishida o’z ifodasini topadi (2.2-jadval).
2.2-jadval
Inson kapitalining evolyutsiyon modellari20
Inson kapitali
konseptsiyalari
|
Inson kapitalining
ahamiyatli
komponentlar
|
Inson kapitali
Modellari
|
Inson kapitalaning ta’lim
konseptsiyasi
|
Bilim
|
Ta’lim inson kapitali
|
Inson kapitalaning
informastion konseptsiyasi
|
Inson kapitalaning
|
informastion konseptsiyasi
|
Inson kapitalining intellektual konseptsiyasi
|
Intellektual qobiliyatlar va
ne’matlar
|
Inson kapitalining
intellektual modeli
|
Inson kapitalining tadbirkorlik konseptsiyasi
|
Tadbirkorlik
qobiliyati
|
Inson kapitalining
tadbirkorlik modeli
|
Inson kapitalining investicion faolligi
|
Investicion modellar
|
Inson kapitalining investicion xususiyati
|
Inson kapitali investitsiyalar natijasida shakllantirilgan va inson tomonidan jamlangan sog’lik, bilimlar, ko’nikmalar, qobiliyat, motivatsiyaning muayyan zahirasidir degan fikrlar ham mavjud. Bu zahira ijtimoiy ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida maqsadga muvofiq foydalanar ekan, mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu bilan mazkur insonning ish haqi (daromadi) ko’payishiga ta’sir ko’rsatadi.
Inson kapitaliga investitsiyalar bozorining bu va ayrim boshqa kamchiliklari sababli bozor mexanizmlari o’z-o’zidan buni eng maqbul tarzda tartibga soladi, degan fikrga olib kelmasligi kerak. Shuning uchun ham davlatning inson kapitaliga investitsiyalar kiritishda bevosita ishtirok etishi nihoyatda muhimdir.Bunday yondashuvning alohida muhimligini Jahon bankining tadqiqotlari isbotlab turibdi. Jahon banki ekspertlari mamlakatda amalga oshirgan tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosalarga kelgan:
• iqtisodiy o’sish umumiy miqdorining 64,0% dan ko’prog’i inson kapitali bilan bog’liqdir;
• mamlakatning tabiiy resurslari iqtisodiy o’sish umumiy miqdorining faqat 20,0% gacha bo’lgan qismini ta’minlaydi;
• o’tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda mamlakatning ishlabchiqarish salohiyati iqtisodiy o’sish umumiy miqdorining faqat 16,0% ni ta’minlaydi.
Inson kapitaliga investitsiyalar turlari:
1.Ta’limga investitsiyalar
2.Sog’liqni saqlashga investitsiyalar
3. Mehnat mobilligiga investitsiyalar.
Davlat ham ta’lim va sog’liqni saqlash tizimi sifatini oshiriga xarajat qilishi natijasida o’z milliy inson kapitalini boyitadi, bu esa mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sishi va jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishning asosiy omilidir.
Hozirgi davrda jahonning deyarli barcha mamlakatlarida inson kapitalining asosiy tarkibiy qismi – ta’limni rivojlantirishga e’tibor ortgan. Bundan 100 yil muqaddam ta’lim uchun davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotining 1,0 % ni tashkil etardi. Ayni damda esa bu ko’rsatkich 5,1 % ga yetgan. Natijada dunyoda boshlang’ich ta’limga ega bo’lganlar soni jami aholining 94,0 % dan ortib ketdi.
Hozirgi vaqtda dunyodagi umumiy boylikning uchdan ikki qismi – 66 % ni inson kapitali (365 trln. AQSh dollari) inson kapitali tashkil etadi. O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ushbu nisbat yanada yuqoriroqdir (2.3–jadval).
2.3–jadval
Dunyo mamlakatlarida inson kapitalining salmog’i (trln.AQSh dollari) 21
Mamlakatlar
|
Inson kapitalining
miqdori
|
Milliy boylik umumiy
miqdoridagi salmog’i, %
|
AQSh
|
95
|
77
|
Xitoy
|
25
|
77
|
Braziliya
|
9
|
74
|
Hindiston
|
7
|
58
|
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida milliy ta’lim tizimi sifatini oshirish hisobiga yuqori malakali, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni takomillashtirish markaziy o’rinlardan birini egallaydi.
Keyingi paytlarda qabul qilingan Prezidentning 70 dan ortiq farmonlari va qarorlari milliy ta’lim tizimini tub isloh qilishning mustahkam huquqiy asosini yaratdi. Jumladan, O’zbekistonda umumta’lim maktablarining o’quvchilari 10 va 11-sinflarda o’qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ular chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish bilan birga kasb-hunar o’rganishlari ham uchun o’quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilmoqda.
O’zbekistonda ilmiy tadqiqotlar uchun xarajatlar ulushi 2017 yilda – YaIM nisbatan 0,42 %, 2020 -yilda – 0,56 % dir. Shuningdek, bu ko’rsatkichlar ayni paytda Koreya Respublikasida – 4,2 %, Yaponiyada – 3,3%, AQSh va Germaniyada – 2,8 % ni tashkil etadi. O’zbekistonda 2021 yilga kelib bu ko’rsatkich 0,8 % gacha yetkaziladi.Kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash muddatlari qayta ko’rib chiqildi. Ularda ishchi kasbi egalari, o’rta, texnologik malaka talab qiladigan xodimlar tayyorlash muddatlari 6 oydan 3,5 yilgacha qilib belgilandi. O’rta maxsus ma’lumot talab qiladigan kasblar (texnikumlar) uchun o’qish muddatlari 9 yoki 11 yillik umumta’lim maktablarini bitirganlar uchun tegishli ravishda 3,5 va 1,5 yilni, san’at va madaniyat kasb yo’nalishlaridagi kasblar uchun esa – 3 va 1,5 yilni tashkil etadi.
Oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo’ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Ushbu dasturga muvofiq 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o’quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari ob’yektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o’quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o’quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari o’zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.
Oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo’ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yo’naltiriladigan moliyaviy mablag’lar 1,7 trillion so’mdan ziyod bo’lib, ulardan 1,2 trillion so’mi o’quv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turar-joylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga, 500 milliard so’mdan ortiq mablag’ esa o’quv-laboratoriya uskunalari, mebelь va inventarь bilan ta’minlash, umumiy tartibda foydalanishga mo’ljallangan, barcha ta’lim muassasalariga xizmat ko’rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |