1. Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri Javob



Download 52,44 Kb.
bet1/9
Sana24.03.2023
Hajmi52,44 Kb.
#921301
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


1. Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri


Javob: Insoniyat yaralibdiki, uning axborot tizimlaridan tegishli ma’lumotlarni qabul qilishi va shu asosda o’z ijtimoiy “men”ligini shakllantirishga bo’lgan ehtiyoji tobora ortib kelgan va hozir ham shunday davom etmoqda. Bu esa har bir shaxsdagi dunyoqarash, e’tiqod, hissiy holat va o’zgalarga bo’lgan munosabatlar tizimiga keng
darajada ta’sir ko’rsatadi. Xuddi ana shu ta’sir ko’lamini o’rganib, tahlil qilib va tegishli muhim xulosalar chiqargan holda, ma’lum tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish orqali insonni o’zgartirishga qodir bo’lgan ochiq axborotlardan psixologik himoyalanish tamoyillarini yaratish mumkin.
Qolaversa, inson bugun turli xil axborotlar tazyiqidan psixologik himoyalanmas ekan, uning borliqni ob’ektiv anglashga bo’lgan imkoniyatlariga putur etaveradi. U qanchalik mukammal bilim va tajribaga ega bo’lmasin, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan axborot tahdidlari uning hissiy kechinmalariga jiddiy darajada salbiy ta’sir etaveradi. Shu boisdan hozirgi paytda inson ongini egallash va shu yo’l bilan turli xil siyosiy maqsadlarni amalga oshirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Chunki bu yo’l juda katta mablag’ talab qilmaydigan, kuchli armiya yoki qurol-yarog’ ishlatmasdan turib muayyan maqsadli natijaga erishiladigan yo’l ekanligini barcha siyosiy oqimlar yaxshi bilishadi. Shuning uchun dunyodagi barcha davlatlar bugun ma’lum kuchlar an’anaviy
qurollardan foydalanish bilan bir qatorda inson ongiga manipulyativ ta’sir
ko’rsatishlaridan ham tashvishga tushmoqda. Bunday tashvish, albatta, bizning mamlakatimizni ham chetlab o’tayotgani yo’q. Ayni paytda, ayrim yoshlarimiz bilib-bilmay turli xil oqimlar girdobiga tushib qolishlari
natijasida gohida yolg’on, bo’hton axborotlarni ob’ektiv voqelik haqiqatlaridan
ajratolmay qolayaptilar. Tabiiyki, bunday holat o’z vaqtida bartaraf etilmas ekan, katta ijtimoiy zarar ko’rishimizni va buning og’ir oqibatlarini tugatish ancha mushkul bo’lishini oldindan anglashimiz kerak bo’ladi.
Bugungi kunda axborot ko’proq ma’lumotlar, xabarlar shaklida namoyon
bo’lmoqda. Ma’lumotlar moddiy dunyo ob’ektlarining ifodasi o’laroq hosil bo’ladi.
Ochiq axborot tizimlarida “xabar” atamasi kishilar, ijtimoiy guruhlar, umuman, jamiyatni qurshab turgan olamda mo’ljal topa bilishi ko’zlangan ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumot ma’nosini ifodalaydi. Shuningdek, u muayyan jamiyatning ijtimoiy tabiati belgilab beradigan ma’naviy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. XX asrning ikkinchi yarmi va, ayniqsa, XXI asr boshlanishida tezkor, keng ko’lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy rivojlanishning asosiy belgisi sifatida barcha jabhalarga kirib keldi. Shu boisdan ayni paytda axborot makonining globallashuvi butun dunyo taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgan va ko’rsatayotgan omil sifatida e’tirof etiladi.
2. Axborotning inson hayotiga ta’sir o‘tkazish omillari
Javob Axborot yoki siyosiy, ijtimoiy jihatdan keng xabardorlik jamiyat fuqarolari faol hayotining o’zagi hisoblandi.
Bu faqat biznes, kasbiy-ijtimoiy faoliyat rivojiga ta’sir ko’rsatibgina qolmay, turmush andazalari bo’lishini ham, shaxslararo munosabatlar, hayot me’yorlari, turmush tarzi va fe’l-atvor standartlashtirilishini ham taqozo qiladi. Milliy va diniy an’analarning boshqarilish mexanizmi ancha qat’iy, barqaror bo’lgan Evropa va Sharqdan farqli ravishda Amerika Qo’shma Shtatlarida, masalan, boshqaruvda va jamiyat harakatida, o’zaro insoniy munosabatlarda huquqiy va ommaviy aloqa tizimlari hukmron rol o’ynaydi. OAVning auditoriyaga ta’sir ko’rsatishiga oid ba’zi misollar qo’llanmabop materiallar bo’lib qoldi. Masalan, 1939 yilda CBS radiostantsiyasi G.Uellsning “Dunyolar urushi” ilmiy-fantastik romani teatr instsenirovkasini olib eshittirgani sarosima uyg’otib, ko’plab radiotinglovchilar sog’ligiga putur etkazdi. Roman mazmuniga ko’ra, mirrixliklar bizning sayyoramizni bosib olib, odamlarni zaharlovchi gaz bilan qatl eta boshlaydilar. Ko’plar radio orqali berilayotgan eshittirishni haqiqiy bo’lib kechayotgan voqea sifatida qabul qilib, vahimaga tushdilar. Tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, o’shanda dahshatga tushgan bir millionga yaqin radiotinglovchi o’z
uylaridan qochib chiqib, yashirinish bilan omon qolishga harakat qilgan. Shaharlarning ko’chalarida tartibsizliklar yuzaga kelib, transport harakati izdan chiqqan. Ikki nafar yigit “Tug’ma qotillar” filmini qayta-qayta tomosha qilishlarining natijasi ham fojiali bo’lgan – ular film qahramonlariga taqlidan mutlaqo begunoh odamlarni otishga tushishgan.
Ilmiy asarlarda ba’zida ommaviy axborot vositalari, ayniqs, radio, kino va
televidenie o’tkir, bosim o’tkazuvchi hokimiyat sifatida baholanadi. OAVning tahlili ularning insonga ta’siriga doir turli nazariyalar, modellar paydo bo’lishiga olib keldi. “Shprits” modeli, “o’qlar” nazariyasi, “cheksiz ta’sir o’tkazish nazariyasi” shular jumlasidandir. Ularda ommaviy axborot qotil o’qqa hamda vena qon tomiriga kiritiladigan kuchli narkotik moddaga tenglashtiriladi. Yuqorida sanab o’tilgan nazariyalarning nomlari ham shundan kelib chiqqan. Bir qator yirik olimlar butun bir yo’nalishning – ommaviy axborot va ommaviy aloqa vositalarining ta’sir ko’rsatishiga doir nazariyaning asoschilari bo’ldilar. Ommaviy aloqani o’rganishning ilmiy asoslari, texnologiyasi ishlab chiqildi.

3. Axborotlashtirishning huquqiy asoslari

Javob Axborotlashtirishning huquqiy asoslari


Axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003-2004 yillarda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» va «Elektron tijorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli ishlar
Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli davlat siyosati O'zbekistonda milliy axborot makonini rivojlantirish, axborotlashtirish sohasini isloh qilish, so'z va axborot erkinligini ta'minlashga imkon bermoqda. Poytaxtimizdagi xalqaro biznes markazida bo'lib o'tgan "Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli" mavzuidagi xalqaro davra suhbatida ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan sa'y harakatlar xususida so'z bordi.
Mamlakatimizda AKTni jadal rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor sa’y-harakatlarini birlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi. Ayni paytda O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorining o‘nlab yetakchi kompaniyalari mazkur uyushmaga a’zo bo‘ldi.
MOBIL ALOQA bugungi kunda mobil aloqa abonentlari soni 25 million nafardan ortdi. Yuzaga kelgan raqobat muhiti internet xizmatlarini taqdim etadigan operator va provayderlar, shuningdek, ushbu tarmoqdan umumiy foydalanish punktlari sonini ko‘paytirish imkonini berdi.

4. Globallashuv jarayonida ommaviy axborot vositalari xavfsizligi


Javob : Jamiyatni axborotlashtirish ishlab chiqarishning yuqori darajasidagi jarayon bo‘lib, axborotdan jamoat resursi sifatida foydalaniladi.
Axborotlashtirish, bu umumjahon jarayoni bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o‘sishi va milliy xavfsizligini ta’min etadi. Ma’lumki, globallashuv jarayoni obyektiv va qonuniy jarayon bo‘lib, o‘ziga xos bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. Bu jarayon birinchi galda davlatlarga xalqaro maydonga erkin chiqishga, boshqalar bilan yaqindan hamkorlik olib borishga hamda o‘z milliy manfaatlarini turli xil xalqaro va nodavlat tashkilotlar doirasida ta’minlashga keng imkoniyatlar beradi.
Shuni aytish kerakki, vaqt o‘tishi bilan globallashuv jarayonining o‘ziga xos ijobiy tomonlari bilan birga, bir qator salbiy jihatlari ham namoyon bo‘la boshlaydi. Davlatlarning bir-biriga sezilarli darajada o‘sgan bog‘liqligi shuni ko‘rsatmoqdaki, bir mintaqadagi xoh salbiy, xoh ijobiy voqea – hodisalar dunyoning boshqa bir mintaqasiga juda tez tarqalib, o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Vaziyatning keskinlashuvi, tashqi tahdidlarning ichki tahdidlar bilan, ya’ni an’anaviy tahdidlar bilan o‘zaro qo‘shilishi, ular orasidagi masofa yaqinlashuvi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi o‘sishi kuzatilmoqda. Bu holat esa milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda jahon geosiyosatida geostrategik kuchlar muvozanatining o‘zgarishi, ko‘p qutbli markazlar yuzaga kelishi, ular orasidagi raqobat hamda ayrim davlatlarning dunyo hukmronligi uchun ochiqdan – ochiq da’volari yangi mustaqil davlatlarda jamiyatni erkinlashtirish va huquqiy demokratik davlat qurish jarayoniga, milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ushbu geosiyosiy raqobat oqibatida xalqaro xavfsizlikning yangi noan’anaviy tahdidlari: xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm, narkobiznes, noqonuniy qurol savdosi, separatizm vujudga kelishi kuzatiladi. Mazkur tahdidlar esa zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi globallashuv va integratsiyalashuv natijasida kundan-kunga milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka xavf solmoqda.

5. Axborot xavfsizligi manbalari


Javob : Axborot xavfsizligi (inglizcha: Information Security, shuningdek, inglizcha: InfoSec) — axborotni ruxsatsiz kirish, foydalanish, oshkor qilish, buzish, oʻzgartirish, tadqiq qilish, yozib olish yoki yoʻq qilishning oldini olish amaliyotidir. Ushbu universal kontseptsiya maʼlumotlar qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar (masalan, elektron yoki, jismoniy) amal qiladi. Axborot xavfsizligini taʼminlashning asosiy maqsadi maʼlumotlarning konfidensialligi, yaxlitligi va mavjudligini muvozanatli,[1] qoʻllashning maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda va tashkilot faoliyatiga hech qanday zarar yetkazmasdan himoya qilishdir[2]. Bunga, birinchi navbatda, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, tahdid manbalari, zaifliklar, potensial taʼsirlar va mavjud xavflarni boshqarish imkoniyatlarini aniqlaydigan koʻp bosqichli xavflarni boshqarish jarayoni orqali erishiladi. Bu jarayon xavflarni boshqarish rejasining samaradorligini baholash bilan birga olib boriladi[3].
Ushbu faoliyatni standartlashtirish maqsadida ilmiy va kasbiy hamjamiyatlar texnik axborot xavfsizligi choralari, yuridik javobgarlik, shuningdek, foydalanuvchi va maʼmurlarni tayyorlash standartlari sohasida asosiy metodologiya, siyosat va tarmoq standartlarini ishlab chiqishga qaratilgan doimiy hamkorlik asosida ish olib boradi. Ushbu standartlashtirishga asosan maʼlumotlarga kirish, qayta ishlash, saqlash va uzatishni tartibga soluvchi keng koʻlamli qonunlar va qoidalar taʼsir koʻrsatadi. Biroq, tashkilotda agar doimiy takomillashtirish madaniyati toʻgʻri shakllantirilmagan boʻlsa, har qanday standartlar va metodologiyalarni joriy etish yuzaki taʼsir koʻrsatishi mumkin [4].
Axborot xavfsizligining markazida axborotni himoya qilish faoliyati — uning maxfiyligi, mavjudligi va yaxlitligini taʼminlash, shuningdek, tanqidiy vaziyatda har qanday murosaga yoʻl qoʻymaslik masalasi yotadi [5]. Bunday holatlarga tabiiy, texnogen va ijtimoiy ofatlar, kompyuterning ishdan chiqishi, jismoniy oʻgʻirlik va boshqalar kiradi. Dunyodagi aksariyat tashkilotlarning ish jarayonlari hanuz qogʻoz asosidagi xujjatlarga asoslangan[6], boʻlib, tegishli axborot xavfsizligi choralarini talab qilsa-da, korxonalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tashabbuslar soni barqaror oʻsib bormoqda [7][8]. Bu esa axborotni himoya qilish uchun axborot texnologiyalari (IT) xavfsizligi boʻyicha mutaxassislarni jalb qilishni talab qiladi. Ushbu mutaxassislar axborot xavfsizligi texnologiyasini (koʻp hollarda kompyuter tizimlarining bir turini) taʼminlaydi.


Download 52,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish