1. Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri Javob


Dunyoda axborot o‘lchovlarining o‘rganilishi



Download 52,44 Kb.
bet4/9
Sana24.03.2023
Hajmi52,44 Kb.
#921301
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10. Dunyoda axborot o‘lchovlarining o‘rganilishi
Javob : Demak, texnikaviy jihatdan qudratli bo`lgan davlatlar kuchli axborot texnologiyalariga ega. Shuning evaziga ular o`zlari ishlab chiqqan axborotni tarqatish yo`li bilan boshqa mamlakatlar ustidan oldin g`oyaviy, keyin esa siyosiy, iqtisodiy va madaniy hukmronlik qilishga harakat qilmoqda. Bunday davlatlar sirasiga eng avvalo rivojlangan mamlakatlar kiradi. Mazkur mamlakatlarning axborot manbalari sifatida birinchi o`rinda davlat axborot markazlari va milliy OAV xizmat qiladi.
Axboriy hukmronlikning maqsadi bitta - axborot tarqatadigan mamlakatning mafkurasini boshqa davlatlar va xalqlar o`rtasida keng tarqatish va targ`ib qilish. Lekin bunday vazifa borligi haqida ular ochiq oydin aytmaydi, aksincha, uni har xil yo`llar bilan yashiradi. Masalan, inson huquqlari yoki demokratik andozalar niqobi ostida va hokazo.
«Birinchi darajali» va «rivojlanmagan» davlatlar haqidagi afsonaning yaratilish ehtimolini mavjudligi. «Birinchi darajali» va «rivojlanmagan» davlat haqidagi afsonalar aslida bir necha asrlik tarixga ega. Ammo sayyoramiz mamlakatlarini bunday toifalarga bo`lish uchun asos yo`q. Iqtisodiy, ilmiy va texnikaviy jihatlardan rivojlangan mamlakatlar aholisi yaxshi yashaydi degan gapning o`zi uncha ham to`g`ri emas. «Yaxshi yashash» nima degani? Moddiy boylik etarligimi? Unda nega aholisi eng uzoq umr ko`radigan Yaponiya bir necha o`n yilliklar davomida dunyo mamlakatlari ichida o`z joniga qasd qiluvchi fuqarolar soni jihatidan dunyoda birinchi o`rinda turadi? Nega Samarqand va Buxoro to`ylarini ko`rgan frantsuz va nemislar bizning urf-odatlarimizga havas bilan qaraydilar va «sizlarga Evropa madaniyati kerak emas ekan» degan fikrlarni bildiradilar? Bu AqSh professori Samyuel’ Xantington aytgan madaniyatlar (tsivilizatsiyalar) to`qnashuvi emas, aksincha, ular turfa xilligi, kolaversa, sirtqi dialogidir.
Dunyoda axborot o`lchovlarining o`rganilishi.Matbuotda nisbatan yangi «axborot quroli» va «axborotlar jangi» atamalari tez-tez uchraydi, ular mazmunan harbiy san’atda inqilobni anglatadi. Chunki bu atamalar ortida qarama-qarshilikning printsipial yangi shakli yashirinib yotadi, ularda «g‘alaba», «dushmanni yo‘q qilish» maqsadi, yadro quroli yoki urush olib borish an’anaviy usullari yordamida emas, balki radioelektron vositalar axborot qurolidan ommaviy foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchilik analitiklari qurolning bu turini «zamonaviy dunyoda egalik qilishning hal qiluvchi omili» deb hisoblaydilar. Shunday qilib, «XXI asrning troyan oti» deb atash odat bo‘lib qolgan «axborot jangi» va «axborot quroli » o‘zi nima?Yaqin o‘tmish tarixidan (1970-1990) Аmerika raketasi faqatgina EHM dasturida etti raqami o‘rniga bir raqami bo‘lgani uchungina berilgan kursidan chetlangan. Raketa yerdan boshqarish punktidan buyruq berish bo‘yicha portlatib yuborildi.
Mars sayyorasi rayoniga uchib yetgan «Fobos» sovet fazoviy apparati keyingi vazifalarni bajarmadi: yuborilgan signalda atigi bir harf tushirib qoldirilgan edi, natijada yo‘l ko‘rsatish tizimi o‘chib qolishi sodir bo‘lgan.

11. Xorij matbuoti, televideniyasi, radio va internetning asosiy qadriyatlari


Javob : Axborot xizmatining asosiy vazifalaridan biri – tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirishdan iborat ekan, bunda ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik hamda parlament nazoratini ta’minlash, davlat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Xorij OAVning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish, fuqarolarning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirish, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Sohadagi izchil islohotlar jarayonida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, barcha vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarida axborot xizmatlari tashkil etilib, ular faoliyati davr talabi asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Turli idora va tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda dolzarb mavzularda matbuot konferensiyalari, brifinglar o‘tkazilishi, bunda jamoatchilik bilan muloqotning interfaol usullaridan keng foydalanish, tegishli ma’lumotlarning maxsus veb-saytlarda joylashtirilishi aholining axborot olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media-tuzilmalar ishini faollashtirish, soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini muttasil oshirib borish dolzarb ahamiyatga ega.
Axborot xizmatlarida asosan shu soha siru-sinoatlaridan boxabar jurnalistlar faoliyat ko‘rsatishadi. Ular ham OAV xodimlari kabi asosan axborot to‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanadi. Axborot xizmati xodimi o‘qimishli bo‘lishi zarur. Ya’ni, aytmoqchi, yozmoqchi bo‘lgan har bir fikrini avvalo ishonchli manbalardan o‘qib-o‘rganishi maqsadga muvofiqdir.
Axborot xizmatida faoliyat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim qaysiki mavzuda so‘z yuritmasin avvalo uning quyidagi uchta muhim asosi hisoblanmish ishonchli manbalarni o‘z ko‘zi bilan o‘qib ko‘rmog‘i lozim:

  1. Metodologik asosi

  2. Huquqiy asosi Ushbu manbalarni o‘qimasdan gapirgan mas’ul xodim xatolikka yo‘l qo‘yishi hech gapmas. Tashkilot rahbari nomidan gapirishga haqli bo‘lgan Axborot xizmati rahbari xatolikka yo‘l qo‘yishi kechirilmas holdir. U o‘sha asossiz, xato gapi bilan tashkilotning obro‘siga putur yetkazadi…

Mazkur o‘quv qo‘llanmani nashrga tayyorlashda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzalarida ilgari surilgan g‘oyalar, tegishli qonunlar va qarorlarda belgilangan normalar metodologik hamda huquqiy asos qilib olindi. Mamlakatimizda xalq bilan muloqot jarayonlarini tadqiq etgan holda bu borada to‘plangan bilim va tajribalar, ilmiy xulosalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Qo‘llanmada axborot xizmatlari faoliyatini ilmiy tashkil etish hamda takomillashtirish, bu borada to‘plangan tajribalar haqida so‘z yuritiladi.

12. Axborot tizimidan kirib kelayotgan salbiy ta’sirlarga qarshi kurashish usullari



Download 52,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish