9-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZU: ISTEʼMOLCHI MANZILLARIGA ALOHIDA TASHISH XIZMATINI KO‘RSATISH JARAYONLARINI BOSHQARISH MODELLARI.
Ishdan maqsad: Isteʼmolchilar talablaridan kelib chiqib manzillarga alohida tashish xizmatlarini tashkil etish hamda manzillarga turli transport vositalarida alohida tashish xizmatlarini tashkil etish va boshqarishni o‘rganish.
Isteʼmolchi manzillariga alohida tashish xizmatini ko‘rsatish jarayonlarini boshqarish modellari Isteʼmolchi manzillarni tashishga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z muddatida va sifatli kondirish ko‘p jixatdan avtotransport vositalari parkini tashish liniyalari bo‘yicha taqsimlash masalasini yechimiga bog‘liqdir. Mazkur taqsimlash masalasini qo‘yilishida turli-tuman tashish sharoitlaridan kelib chiqaddigan holatlarni, jumladan isteʼmolchi manzillar ish faoliyati* yuk ortish-tushirish, jo‘natish va qabul qilish ishlari tartibi va xususiyatlari, yuklarni saqlash va shu kabi ko‘plab talablarni hisobga olish lozim bo‘ladi. Shu tufayli yuklarni tashish, jo‘natish va qabul qilish sharoitlarini ilmiy asoslangan guruhlashtirish va xar bir guruh talablarini hisobga oladigan xolda AV parkini tashish liniyalariga optimal taqsimlash masalasini matematik modellarini ishlab chiqish talab etiladi.
Isteʼmolchilarni g‘alablari asosan tutashma manzillarga yetkazib beriladigan va xar bir liniyadagi tashish hajmlarini belgilaydi. Bunday talablar taqsimlash modelidagi tashish hajmlari maʼlum kattalikdan kichik emas, katta yoki teng qabilidagi cheklashlar asosida hisobga olinadi. yo‘nalishda yuk jo‘natish va qabul qilish, yo‘l va yo‘l xarakatini tashkil etish sharoitlari avtotransport vositasini yuk ortish va tushirish ishlarida turish, yuk bilan va yuksiz xarakatlanish vaqtlarini belgilaydi. Mazkur parametrlar esa pirovard-nagijada Avtomobilni kunlik ish unumdorligini doimiy yoki extimoliy taqsimlanadigan kattalik sifatida shakkilantiradi.
Tashishda ishtirok etishga chiqarilgan xarakatlanuvchi tarkiblar parkini liniyalarga optimal taqsimlanishi ichki va tashqi mezonlar vositasida o‘lchanadi. Turli tipdagi AV turli yo‘nalish va liniyalarda xar xil darajadagi tashish tannarxi va ish unumdorligini taʼminlaydi. Shu tufayli ekspluatatsiya qilinayotgan avtotransport vositalarini turli tashish liniyalariga shunday taqsimlash variantini aniqlash mumkinki. bunda tashish xarajatlari eng kam yoki tashish hajmi eng ko‘p bo‘ladi.
Avtotransport vositalari parkini tashish liniyalariga optimal taqsimlash modelini tarkibi avvalo yuklarni qabul kiluvchi (jo‘natuvchi) tutashma manzillar va ularni taʼminlovchi tashish liniyalari xususiyatlari. sharoitlari va ular uchun tashish hajmlariga shakllanayotgan cheklov talablariga hamda tashishda foydalanilayotgan AV lari turlari va miqdoriy kattaliklariga bog‘liqdir. Model eng avvalo jo‘natuvchi va qabul qiluvchi yuklar hajmlarini hamda parkni tashish imkoniyatlarini o‘zaro tengligini taʼminlashi lozim. Bundan tashqari xar bir tashish liniyasi uchun ajratilayotgan avtomobillar soni bu liniyani yuk jo‘natish va qabul qilish imkoniyalariga mos kelishi kerak.
Shunday qilib isteʼmolchi manzillarga tashish xizmati ko‘rsatish jarayonlarini boshqarish masalasini chiziqli matematik modeli quyidagi holat va talablarga muvofiq shakllantiriladi:
•isteʼmolchi tutashma manzillar va ularni xar biri bilan bog‘langan tashish liniyalari turi, xarakteri va xususiyatlari;
•tutashma manzilga tashishi lozim bo‘lgan yuklar turlari va hajmlari, ularni tashish linyalari, har bir liniyada maʼlum birlik vaqt mobaynida mumkin bo‘lgan yuk tashish hajmi;
•tashish hajmlaridagi va imkoniyalaridagi balans-tenglik munosabatlarini taʼminlash: yuk jo‘natish va qabul qilish hajmlari xar bir yuk turi bo‘yicha o‘zaro teng bo‘lishi. bajarilayotgan transport ishi tashishga ajratilayotgan avtotransport vositalarining tashish (ish bajarish) imkoniyatlariga teng bo‘lishi, liniyalardagi tashish hajmlarini ulardagi yuklarni jo‘natish va qabul qilish (ortish, tushirish) imkoniyatlariga mos kelishi va xokazo.
Buddan tashqari boshqarish masalalarida maʼlum tarkibiy balanslarni taʼminlash zarur:
• xar bir tutashma manzilga(dan) tashib kiritiluvchi (chiqariluvchi) yuk turi bo‘yicha tashish hajmlarini taʼminlash va bunda qaysi yuk turi qaysi liniyalarda va AV ni qanday ish unumdorligida tashilishini hisobga olish;
• maʼlum turdagi yuklarni tashishda va maʼlum liniyalarda faqat maʼlum tipdagi (markadagi) avtotransport vositalarini qo‘llash lozimligi va xokazo;
Tutashma manzillar TMga tashish xizmatini ko‘rsatish jarayonlarini boshqarish masalasini matematik modellarini quyidagi xarakter li xolatlar uchun oldindan murakkabga o‘tish ketma-ketligida ko‘rib chiqaylik: