Bog'liq Amaliy 2021 - tashishlarni modellashtirish
Yuk jo‘natish va qabul qilish jarayonlarining ilmiy-uslubiy asoslari Jo‘natish va qabul qilish manzillarida transport vositalariga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining xususiyatlari 8.1-paragrfda bayon etildi. Quyida biz mazkur xususiyatlarni hisobga olgan xolda xizmat ko‘rsatish jarayonini modellashtirishning ilmiy-uslubiy konsepsiyalarini keltiramiz.
1. Tashish jarayonida yuk jo‘natish va qabul qilish manzillarida xizmat ko‘rsatish ko‘p fazali va kanalli yalpi xizmat tizimida vaqt mobaynida uzluksiz yoki diskret xolatlarda kechayotgan extimoliy jarayon sifatida formatlashtiriladi. Bunda xar bir xizmat fazasining xar bir kapali uchun uning texnik-texnologik va tashkiliy imkoniyatlariga muvofik ro‘yobga chiqadigan xar bir talabgorga xizmat ko‘rsatish vaqtini extimoliy taqsimlash qonuni va mikdoriy ko‘rsatkichlari aniqlanishi mumkin.
2. Xizmat ko‘rsatish tizimi kiruvchi transport oqimiga turli operatsiyalar ko‘rinishida xizmat ko‘rsatadi: transport vositalarini kelib-ketishini, yuk yoki yo‘lovchilarni olishi va tushirishi kabi holatlarni rasmiylashtiradi, yukni mikdorini o‘lchaydi. xaydovchilarning dam olishi yoki ovqatlanishini taʼminlaydi, yuk (tovar) sifatini baxolash uchun laboratoriya tahlillari o‘tkazadi va hokazo.
Xizmat ko‘rsatish tizimiga kiruvchi Xar bir transport vositasi xizmatga talabgor hisoblanadi. Manzilga kiruvchi avtomobillar-kiruvchi talabgorlar oqimi sifatida qaraladi.
3. Yalpi xizmat ko‘rsatish nazariyasida kiruvchi talabgorlar oqimini ordinar oqim deb qabul qilinadi. Bunda cheksiz kichik vaqt mobaynida xizmat tizimiga bittadan ortiq bo‘lmagan talabgor kirishi mumkin. Ketma-ket keluvchi talabgorlar orasidagi vaqt maʼlum taqsimlanish konuniyati va parametrlariga ega bo‘lgan tasodifiy kattalik sifatida qaraladi. Xizmat ko‘rsatish tizimining birinchi fazasidan oldin navbatda turgan talabgorlar soni yoki navbatda turuvchilarni umumiy uzunligiga maʼlum cheklashlar qo‘yilishi mumkin. Agar navbatdagi talabgor kelib kutuvchilar qatoriga qo‘shilganda "navbat uzunligi" belgilangan qiymatidan oshib ketayotgan bo‘lsa. unda oxirgi talabgor xizmat ko‘rsatish tizimini tashlab, qaytib ketishi mumkin. Talabgorning tizimdan qaytib ketishi undan oldinda navbatda turgan talabgorga xizmat ko‘rsatib bo‘lish vaqti ish kunini oxiriga to‘g‘ri kelishi yoki oxiridan ham o‘tib ketishi sababli xam yuz berishi mumkin.
4. Navbatda turgan talabgorlarga xizmat ko‘rsatish ketma-ketligi ularni xar biri uchun ko‘rsatilgan “afzallik” darajasiga qarab belgilanadi. Boshqacha tushuntirganda xizmat ko‘rsatishning 1-fazasidan oldin navbatda turuvchilar qatorlari ularni belgilangan “afzallik”‘ darajasiga muvofiq bir necha qatorlar ko‘rinishida shakllanadi. Shunday qilib bir xil darajadagi afzallikka ega bo‘lgan talabgorlar maʼlum bir qatorni tashkil etadi. Yuqori darajadagi talabgorlardan iborat bo‘lgan qatorga birinchi navbatda xizmat ko‘rsatiladi va bu qatorda navbatda turuvchi barcha talabgorlarga xizmat ko‘rsatilgandan keyin quyiroq darajadagi qator talablariga xizmat ko‘rsatila boshlaydi. Ammo xizmat ko‘rsatish talabgorlarni afzallik darajasiga muvofiq olib borilsada jarayon uzluksiz , yaʼni uzilishsiz davom etadi. Masalan, agar Yuqori darajadagi talabgor xizmat ko‘rsatish kanaliga yetib kelgan vaqtda mazkur kanal undan oldingi lekin afzallik darajasi quyiroq talabgorga xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, unda bu xizmat jarayoni to‘xtatilmaydi (uzilmaydi) va oxirigacha olib boriladi.
5. Transport vositalariga xizmat ko‘rsatish xar bir fazada bir necha kanallarda olib borilishi mumkin. har bir fazada xizmat ko‘rsatishning fakat maʼlum bir turi amalga oshiriladi. Bunda xar bir kanalda bitta talabgorga ko‘rsatilayotgan xizmat vaqti tegishli texnik va texnologik vositalarning ish unumdorligiga bog‘liq ravishda shakllanadi. Umumiy xolda bir turda jihozlangan kanallar uchun bitta talabgorga xizmat ko‘rsatish vaqti maʼlum ehtimoliy taqsimlanish qonuni va parametrlariga ega bo‘lgan tasodifiy kattalik sifatida ifodalanadi va modellashtiriladi. Yalpi xizmat ko‘rsatish tizimiga kiruvchi talabgorlar oqimi tarkibida xar xil turdagi va darajadagi afzallikka ega bo‘lgan avtotransport vositalari (0,1)
Yalpi xizmat ko‘rsatish nazariyasi yondashuvlari va modellari tizimga kelayotgan talabgorlar oqimi oddiy puasson voqealari oqimi sifatida namoyon bo‘lgandagina qo‘llanilishi mumkin. Ammo tadqiqotlar ko‘plab amaliy xizmat ko‘rsatish tizimlardan talabgorlar oddiy puasson oqimlari ko‘rinishida shakillanmayotganligidan dalolat bermoqda. Shu tufayli bunday jarayonlarni yalpi xizmat ko‘rsatish nazariyasi modellari ko‘rinishida ifodalash mumkin bo‘lmaydi. Byndan tashqari mazkur nazariyada asoslanayotgan miqdoriy apparat doirasida xizmat ko‘rsatishni ko‘p fazali va kanalli holatlarini, oqimlar tarkibida turli darajada afzallikka ega bo‘lgan oqimchalar mavjudligi kabi xususiyatlarni hisobga olib bo‘lmaydi. Ko‘p kanalli va fazali, talabgorlar kiruvchi oqimning afzalliklari, belgilangan real xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini modellashtirishning universal yo‘li-bu imitatsion modellashtirishdir.
Modellashtirish asosida birinchi navbatda transport vositalarining xizmat ko‘rsatish manzilida turib qolish vaqtini extimoliy meyyorlashtirishga imkon tug‘iladi. Bundan tashqari xizmat ko‘rsatish kanallari va transport vositalarining turli holatlarda bir-birlarini kutib qolish vaqtlarini ehtimoliy parametrlari aniqlanadi, Xizmatga bo‘lgan talablar va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari jadalligini belgilovchi parametrlarni turli qiymatlarida kutib qolish vaqtlari hisobiga shakillanayotgan Iqtisodiy yo‘qotishlar kattaligini o‘zgarishi konuniyatlarini asoslashga va eng kam iqtisodiy yo‘qotishlarni taʼminlaydigan xizmat ko‘rsatish parametrlarini aniqlashga imkon tug‘iladi.