6-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZU: YUK TASHISH MARSHRUTLARINI AVTOKORXONALARGA OPTIMAL BIRIKTIRISH.
Ishning maqsadi: Yuk tashish marshrutlarini avtokorxonalarga biriktirishda unumsiz qatnovlarni kamaytirish.
Ishni bajarish tartibi: 1. Masalaning qo‘yilishi va matematik modeli.
2. Masalaning matematik modeli.
3. Boshlang‘ich (bazis) rejani tuzish.
4. Potensiallarni aniqlash.
5. Boshlang‘ich rejani optimallikka tekshirish.
1.Masalaning qo‘yilishi Turli manzillarda joylashgan avtotransport korxonalarini isteʼmolchilar uchun tuzilgan marshrutlarga optimal biriktirish talab etiladi. Marshrutlarni korxonalarga shunday birkitish kerakki, bunda umumiy nolinchi qatnov masofasi yoki yo‘lni bosib o‘tish xarajatlari eng kam bo‘lsin.
Aytaylik bizga S dona marshrut berilgan bo‘lib, planlashtirilgan yuk tashishni bajarish uchun ulardan xar biriga AS dona Avtomobil kerak. Yuk tashish bir necha korxona avtomobillari bilan amalga oshiriladi. Korxonalar soni K va xar korxonadagi avtomobillar soni Ak bo‘lsin.
2.Masalaning matematik modeli Har bir k - korxonadan s - marshrutda ishlaydigan avtomobillarning shunday musbat qiymatlarini topish kerakki,
xks ≥ 0, k є K, s є S bunda quyidagi shartlar bajarilsin:
hamma s - marshrutlarda ishlatiladigan avtomobillar soni k korxonadagi avtomobillar sonidan oshmasligi kerak;
hamma korxonalardan s - marshrutda ishlaydigan avtomobillar soni, shu marshrutda kerak bo‘lgan avtomobillar soniga teng bo‘lishi kerak;
yoki
umumiy taʼminlovchi yo‘l uzunligi yoki bu yo‘lni bosib o‘tishga ketgan xarajatlar minimal qiymatga ega bo‘lishi kerak.
Marshrutlarni korxonalarga optimal biriktirish uchun dastlabki maʼlumotlar jadvali
Marshrutlarni korxonalarga optimal biriktirilishi potensial usuli orqali yechilishi mumkin. Aytaylik yuk tashish ZIL-130 avtomobili bilan amalga oshiriladi (qH = 5T). Birinchi avtotransport korxonasi A1 punktidan, ikkinchisi esa A2 punktidan 3 km narida joylashgan. Birinchi korxonada 216 ta, ikkinchisida esa - 60 ta Avtomobil bor. Marshrutdagi transport ishi va kerakli avtomobillar soni kuyidagi tablitsada berilgan.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________