Bog'liq Amaliy 2021 - tashishlarni modellashtirish
8.1-rasm. Yuk jo‘natish va qabul qilish manzillarida transport vositalariga ko‘p fazali va kanalli xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi: KTO -tizimga kiruvchi transport oqimi; ChTO- chiquvchi transport oqimi; f xizmat fazasining, K-kanalining indekslari.
5. Umumlashtirilgan sxema sifatida qabul qilingan ko‘p kanalli yalpi xizmat ko‘rsatish tizimi quyidagi tashkiliy. texnik-texnologik xususiyatlariga egadir:
— xar bir fazaning xar bir kanalidagi xizmat ko‘rsatish jarayoni (operatsiyasi, elementa) transport vositasini mazkur operatsiya davomida turib qolish vaqti bilan xarakterlanadi. Mazkur vaqt esa xizmat ko‘rsatuvchi kanalning texnik imkoniyatlariga, mazkur operatsiyada bajarilayotgan ishning og‘ir-yengilligiga. avtomobilni yuk ko‘taruvchanligi yoki yo‘lovchi sig‘diruvchanligi kabi ko‘plab faktorlarga bog‘lik bo‘ladi, Umumiy xolda avtomobilni xizmat tizimining xar bir fazasini xar bir kanalida turib qolishi yoki boshqacha aytganda, avtomobilga xizmat ko‘rsatishga oid belgilangan oleratsiyalarni bajarilish vaqti extimoliy taqsimlanish qonuni va parametrlariga ega bo‘lgan tasodifiy kattalik sifatida qaraladi;
- yuk yoki yo‘lovchi jo‘natish (qabul qilish) manziliga kirib kelayotgan transport vositalari oqimida turli darajadagi xizmat ko‘rsatishga doyr afzallikka ega bo‘lgan transport oqimchalari bo‘lishi mumkin. Masalan, 1 darajali afzallikka ega bo‘lgan oqimdagi transport vositalariga, tizimga qachon kirib kelishidan qatʼiy nazar birinchi navbatda, 2 darajali oqimga esa undan (1 darajalidan) keyin xizmat ko‘rsatiladi va hokazo. Xizmat ko‘rsatish tizimiga kiruvchi transport vositalari yalpi xizmat nazariyasida kiruvchi talabgorlar oqimi (KTO) deyiladi va bu oqimni asosiy ko‘rsatkichi kirish jadalligi alohida talabgorlarni ketma-ket kirib kelishi paytlari orasidagi oralik vaqti bilan xarakterlanadi. Mazkur parametr xam maʼlum extimoliy taqsimlanish qonuni va ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan tasodifiy kattalik sifatida karaladi;
- xizmat ko‘rsatish tizimining xar bir fazasidagi alohida kanallar maʼlum turdagi avtotransport vositalari, yuk turlari yoki yo‘lovchi toifalari uchun belgilab - biriktirib qo‘yilishi mumkin.
Agar maʼlum bir talabgorni tizimning kaysi bir fazasiga kirib kelgan vaqtida tegishli kanallar av val rok kelgan talablarga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lsalar yoki xizmatni kutib turuvchi navbat shakllangan bo‘lsa unda mazkur talabgorlar uz navbatini kutib turishga majbur bo‘ladilar. Transport vositalari - talabgorlar xizmat ko‘rsatishni xar bir fazasidan keyin, keyingi xizmat fazasini kutuvchi umumiy yoki guruxlashtirilgan navbatga turishlari mumkin;
- xizmat ko‘rsatish kanallari ishdan chiqishi-xizmat ko‘rsatish qobiliyatlarini maʼlum darajada yoki butunlay yo‘qotishlari mumkin. Ularni tuzatish, yaʼni ish kobiliyatlarini tiklash uchun maʼlum bir muddatdagi vaqt lozim bo‘ladi.
Xizmat ko‘rsatish kanallari sifatida alohida hodamlarni dispetcherlar, tarozibonlar, hisobchilar, ishchilar, ortish-tushirish mashinalarini boshqaruvchilar shu kabilar qabul qilinishi va qaysi bir sabablar bilan ularni o‘z ish faoliyatida bo‘lmasliklari esa maʼlum xizmat kanalining ishdan chiqishi sifatida qaralishi mumkin. Xizmat ko‘rsatish jarayonini modellashtirishda kanallarni ishdan chiqish va qayta tiklanish vaqtlari ham maʼlum extimoliy taqsimlanish qonunlari va parametrlari vositasida ifodalanadi:
- xizmat ko‘rsatuvchi tizimga kiruvchi talabgorlar oqimida turli yuk ko‘taruvchanlikka yoki yo‘lovchilar sig‘imiga ega bo‘lgan avtotransport vositalari mavjud bo‘lsa ular uchun yuk ortish yoki tushirish operatsiyalariga ketgan vaqt maʼlum darajada ana shu ko‘taruvchanlik parametrlariga bog‘liq bo‘ladi, Shu tufayli ularga xizmat ko‘rsatish vaqti modellashtirilganda, mazkur bog‘lanish tasodifiy kattalikni tegishli parametrlarida-matematik kutilish va o‘rta kvadrat chetlashish Qiymatlarida o‘z ifodasini topadi.
Shunday qilib, yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqqan xolda transport vositalarida yuk yoki yo‘lovchi jo‘natish va qabul qilish jarayonlarini adekvat tarzda modellashtirish quyidagi bosqichlardagi ilmiy tadqikot ishlari bajarilishini taqozo etadi:
- yuk yoki yo‘lovchi jo‘natish va qabul qilish manzillarida transport vositalariga xizmat ko‘rsatish jarayonini tizimli tahlil etish va ularni tarkibini, yaʼni elementar operatsiyalar va ularni tuzilmasini hamda mazkur operatsiyalarni o‘zaro alokadorligi asosida belgilangan bajarilish ketma- ketligini ishlab chikish;
- statistik kuzatuv va taxlillar asosida xizmat ko‘rsatish tizimiga kiruvchi talabgorlar jadalligi, xar bir fazaning xar bir kanalida transport vositasi va tashiluvchi obyektlar xususiyatlariga bog‘liq ravishda ko‘rsatilayotgan xizmat operatsiyasiga ketadigan vaqtni tasodifiy kattalik sifatida extimoliy taqsimlanish konunlari va parametrlarini aniqlash;
- real xizmat ko‘rsatish jarayoniga adekvat ravishda modellashtiruvchi algoritmini ishlab chiqish va bunda xar bir faza kanalida bajarilayotgan xizmat ko‘rsatish jarayoni parametrlarini yaʼni xizmat boshlanishini kutish xizmat ko‘rsatish borasidagi elementar operatsiyalarni bajarish muddatlarini ularni aks ettiruvchi extimoliy taqsimlanish qonunlari va ko‘rsatkichlari asosida ifodalash.