Bog'liq Amaliy 2021 - tashishlarni modellashtirish
1) bitta tutashgan manzilga yo‘lovchilarni yoki bir turdagi yuklarni turli liniyalarda (jo‘natuvchilardan) tashib kiritish;
2) bitta tutashgan manzildan yo‘lovchilarni yoki bir turdagi yuklarni turli liniyalarda (qabul qiluvchilarga) tashib chiqarish;
3) bitta TMga (dan) bir turdagi yuklarni yoki yo‘lovchilarni bir qancha liniyalarda tashib kiritish va chiqarish;
4) bitta TMga bir necha turdagi yuklarni bir qancha liniyalarda tashib kiritish va chiqarish:
5) bitta jo‘natuvchi yoki qabul qiluvchi yoki jo‘natuvchi va qabul qiluvchi TMga turli AVni qisman, yaʼni maʼlum guruxlar ichida o‘zaro almashtirish sharoitida tashish xizmatini ko‘rsatish
Tutashma manzilga(dan) yuk olib kiruvchi (chiqaruvchi) liniyalardagi tashish hajmlari Qj(i € J) mazkur manzilning tashishga hajmi Qu ga bo‘lgan ehtayojiga qarab aniqlanadi. Xar bir j - liniyadagi tashish hajmi Qj mazkur liniyada tashishga jalb etilgan barcha i - turdagi avtomobillar soni Xij va ularni xar birini ish unumdorligi Qij parametrlariga bog‘liq ravishda XijQij ko‘paytmalar yig‘indisi ko‘rinishida aniqlanadi, yaʼni
Shunday qilib tutashma manzilga(dan) olib kiriladigan (chiqiladigan) yuk tashish hajmi Qi unga biriktirilgan J liniyalar to‘plamida tashiladigan Qj hajmlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi, yaʼni
Endi u-TMga tashish xizmati ko‘rsatish bo‘yicha jalb etilayotgan avtotransporg vositalari parki ∑Хij korxonada mavjud va shu maqsad uchun ajratilgan avtomobillar soni Ai dan oshmasligi lozimlishni hisobga olsak. unda tashish hizmatini bajarishdagi asosiy balans-tenglik munosabatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
u- TM ga tashiladigan yuk hajmi Qu belgilangan QuminQumax oraliqda bo‘lishi;
har j - liniyadagi yuk tashish hajmi Qj uni jo‘natish (qabul qilish) imkoniyatlari QjminQjmax dan oshmasligi va
tashish hizmati ajratilgan avtomobillar parki Ai ni jalb etgan holda amalga oshirilishi lozim bo‘ladi. Matematik jihatdan mazkur talablar quyidagicha ifodalanadi:
Taʼkidlash lozimki yuqorida keltirilgan guruxlashtirishga muvofiq bayon etilayotgan 2) holatda. yaʼni bitta TMdan yo‘lovchilarni yoki bir xil yukni turli liniyalarda qabul qiluvchilarga tashib chiqarish masalasi xam formal jihatdan yuqoridagi model ko‘rinishida ifodalanadi.
Endi navbatdagi 3 xolatni, yaʼni bitta TMga bir xil yuklar yoki yo‘lovchilarni bir qancha liniyalarda tashib kiritish va ayni paytda undan maʼlum yuk va yo‘lovchilarni tashib chiqarish jarayonini ko‘rib chiqaylik. Bunday holat uchun tegishli balans-tengliklarni quyidagi usullarda shakllantirish mumkin:
•tutashma manzil shartli ravishda ikkita alohida manzilga 1) yuklar (yo‘lovchilar) olib kiriluvchi va 2) olib chiqariluvchi manzillarga bo‘linadi va xar bir manzil uchun tegishli balans-tenglamalar shakllantiriladi;
•tashish liniyalari to‘plami (J) da alohida yuk (yo‘lovchi)lar tashib kiritish (J3) va chiqarish (JB) lokal to‘plamchalarni ajratish va kuyidagi balans shakillantiruvchi parametrlarni Qu3minQijmax kiritiluvchi va QuminQumax chiqariluvchi yuk (yo‘lovchi)lar bo‘yicha tashish hajmini mumkin bo‘lgan maksimal va minimal qiymatlarini aniqlash.
Masala yuqorida aytilgan birinchi usulda qo‘yilganda maʼlum bir qo‘shimcha qiyinchiliklar vujudga keladi. Masalan, shartli ravishda 2 taga aylantirilgan yagona masalani xar biri uchun ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobillar sonini aniqlash lozim va hokazo.
Ikkinchi usulda yondashilganda masalani balans-tenglamalari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Agar tutashma manzil bir necha xil yuklarni jo‘natish yoki qabul qilish yoki bir paytda jo‘natish va qabul qilish bilan shug‘ullansa, unda yuqorida bayon etilgan guruxlashtirishdagi 4-holat yuzaga keladi. Mazkur holat uchun tashish xizmati modelini shakillantirishda quyidagi to‘plam, lokal to‘plamcha va parametrlarni kiritish lozim bo‘ladi:
• L- tashiladigan yuklari xillari (nomlari) to‘plami bo‘lib, unda
L3tashib kiritiladigan va LB chiqarilgan lokal to‘plamlar ajratilgan
bunda {LB U L3} = L bo‘ladi;
•J - tashish liniyalari to‘plami berilgan va unda xar bir yuk uchun J13 tashib kiritiluvchi va JjB chiqariluvchi liniyalari local to‘plamchalari ajratilgan, {J13 U JjB} = J1, l= { L3 U LB },
• xar l-nomli yuk uchun u - TMga tashib kiritiladigan va chiqariladigan yuk tashish hajmlarining minimal ( Qu13max , QulBmin ) va maksimal qiymatlari ( Qu13max , QulBmax )
Yuqorida kiritilgan belgilashlar asosida 4-holat uchun tashish xizmati ko‘rsatish modelining asosiy balans-cheklashlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Yuqoridagi taqsimlash masalalarida avtotransport vositalari barcha liniyalarda Xar xil yuklarni tashish xizmatiga jalb etilishi mumkin deb hisoblangan edi. Boshqacha aytganda turli tipdagi avtotransport vositalari turli liniyalar bo‘ylab xar xil yuklar tashishda o‘zaro to‘la almashtirilishi mumkin.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________