7-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: MAYDA PARTIYALI YUKLARNI TASHISHNI MARSHRUTLASHTIRISH.
Ishning maqsadi: Yuk tarqatish marshrutlarini tuzishda Iqtisodiy- matematik usullarni qo‘llashning amaliy ko‘nikmalarini egallash va olingan yechimlarni tahlil qilish
Ishni bajarish tartibi:
1. Ustunlar yitsindisi usuli bo‘yicha marshrutlar tuzish
1. Klark-Rayt usuli bo‘yicha marshrutlar tuzish
2. Har bir usul bo‘yicha tuzilgan marshrutlarni tarkatish masofasi bo‘yicha solishtirish.
Eng qisqa masofalar matritsasi
Mayda partiyali yuklarni tashish uchun yuk ko‘tarish kobiliyati 5 t bo‘lgan avtomobil ajratilgan.
Ustunlar yig‘indisi usuli
Bu usulda eng qisqa masofalar matritsasining barcha ustunlari bo‘yicha masofalar yig‘indisi hisoblanib, jadvalning oxirgi qatoriga kamayish tartibida to‘ldirib chiqiladi.
2 3 10 7 1 6 4 9 A 5 8
70 64 64 60 53 50 48 48 45 44 43
Dastlabki marshrut 2-3-10 zvenodan iborat bo‘lib, unga ketma -ket 7, 1 va A punktlarni Avtomobil ko‘tarish qobiliyatidan to‘liq foydalanilguncha kiritib boriladi. Masalan,7-punktni 2-3-10 zvenosiga kiritish natijasida marshrut uzayishi quyidagicha aniklanadi:
∆L2-3 = L2-7+L7-3-L2-3 = 11+2-9 = 4 km
∆L3-10 = L3-7+L7-10-L3-10 = 2+8-10 = 0 km
∆L2-10 = L2-7+L7-10-L2-10 = 11+8-8 = 11 km
Demak, 7-punktini 3-10 zvenosiga kiritilsa marshrut uzunligi o‘zgarmaydi. Keyingi punktlar xam shu tartibda kiritib boriladi.
Klark-Rayt usuli
Bu usul ikkita mayatnik marshrutni birlashtirib xalkasimon marshrut tuzish natijasida hosil bo‘ladigan yutuqka asoslanadi. Mayatnik marshrutlarni birlashtirishda yutuq quyidagicha hisoblanadi:
fij = liA + lAj - lij
bu yerda: liA - I punktdan A punktigacha bo‘lgan masofa, km;
lAj - A punktidan j punktigacha bo‘lgan masofa, km;
lij - punktlar orasidagi masofa, km.
Masalan, A-3-A va A-7-A mayatnik marshrutlarini birlashti -rilsa A-3- 7-A halqasimon marshruti hosil bo‘ladi. Bunda yutuq quyidagicha hisoblanadi:
f3-7 = l3A + lA7 - l3-7 = 5 + 7 - 2 = 10 km
Boshqa mayatnik marshrutlarni birlashtirishda hosil bo‘ladigan yutuqlar xam shu tartibda hisoblab chiqiladi va jadvalga kiritiladi.
Yutuqlar jadvali
Yuk tarqatish marshrutini tuzishda yutuqlar jadvalidan eng katta qiymatli tanlab olinadi. Bizning misolimizda bu A-3-A va A-7-A mayatnik marshrutlarini birlashtirishda hosil bo‘lgan yutuqdir (10 km). Bu ikki marshrut birlashtirilsa A-3-7-A xalqasimon marshruti hosil bo‘ladi. Bunda bu 3 va 7- punktlarga tarqatiladigan yuk miqdori 1,0+1,2=2,2 t bo‘ladi, bundan ko‘rinib turibdiki, A-3-7-A marshrutiga yana punktlar kiritilishi mumkin. 3 va 7 punktlarga boshqa punktlar kiritilganda hosil bo‘ladigan yutuqlarini ko‘rib chiqamiz. Bu yutuq 7 va 8 punktlar orasidagi yutuqdir (8 km), marshrut A- 3-7-8-A ko‘rinishida bo‘ladi, yuk miqdori esa 2,2+1,0=3,2 t bo‘ladi. Shu tartibda marshrutga punktlar Avtomobil ko‘tarish qobiliyatidan to‘liq foydalanilguncha kiritib boriladi. Tuzilgan marshrut quyidagicha bo‘ladi: A - 3 - 7 - 8 - 4 -10 - A, marshrut uzunligi 5 + 2 + 3 + 1 + 5 + 7 = 25 km, avtomobilda tashilgan yuk miqdori q = 5 t.
Avtomobillar soat jadvali asosida ishlashini tashkil etish
Marshrutda zarur bo‘ladigan avtomobillar sonini aniqlash algoritmi:
A = N tayl /(to ƞn) N = 1 bo‘lganda
Avtomobilning bir aylanish vaqti
bu yerda: N - postlar soni;
to - avtomobilga yuk ortish vaqti, soat;
Z - yukli qatnovlar soni;
τ - yuk ortish vaqtiga teng bo‘lgan shartli vaqt birligi;
ƞn - avtomobillarning ortish punktiga kelish notekislik koeffitsiyenti.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |