1 – variant savol “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi’ fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 170,63 Kb.
bet12/24
Sana03.07.2022
Hajmi170,63 Kb.
#734342
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Oltinchi shart-bajarilgan mashqlar, amaliy ishlar tahlili va ularni baholash. O’quv ko’nikmalari va malakalarida ijobiy va salbiy jihatlar bo’ladi. Talabalar yo’l qo’yadigan tipik xatolar namoyon bo’ladi. Lekin o’quv xonasida yaxshi ishlarni namoyish qilish, rag’batlantirish kerak. Ijobiy namuna asosida o’qitish afzalroqdir.
Agar ko’nikmani shakllantirish shartlariga rioya qilinsa, o’qitishning amaliy metodlari o’quv materialining muvaffaqiyatli egallanishiga olib keladi.
Amaliy metodlarga mashqlar, instruktaj (yo’llanma)lar, o’quv qo’llanmalar bilan ishlash, laboratoriya tajribalari, kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish kiradi.
Mashqlar – ta`lim jarayonini tadqiq qilish har bir yangi operatsiyani qisqa muddatli (5-15 minut) mashqlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni shartli ravishda ta`limiy mashqlar deyiladi. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida talabalar har xil buyumlar tayyorlar ekan, mehnat usullari va harakatlarini bajarish bo’yicha mashq qilishni davom ettiradilar. Bunday mashqlarni tayyorgarlik mashqlari deyiladi.
Amaliy metod hisoblangan mashq talabalarning ko’nikma va malakalar hosil qilish maqsadida muayyan amallarni ko’p marta va ma’lum maqsadni ko’zlab bajarilishini ko’zda tutadi. Umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishga tadbiqan olganda, mashqlardan ko’zlangan asosiy maqsad talabalarning bilimlarini mustahkamlash hamda takomillashtirish, ularda olingan bilimlarni har xil ishlab chiqarish masalalarini echishga tatbiq etish ko’nikmalari hosil qilishdan iborat.
Mashqlar odatda, dars davomida o’tkaziladi, ular o’quv faoliyatining barcha bosqichlari uchun xos bo’lib, o’quv jarayonidagi o’rniga qarab har xil didaktik vazifalarga ega bo’ladi va muayyan pedagogik talablarga javob berishi kerak.
Mashqlarga nisbatan qo’yiladigan zarur talablardan biri ularning ma’lum maqsadga qaratilganligidir. Talabalar o’zlaridan nima talab qilinishini va ular nimaga intilishlari kerakligini aniq tasavvur qilganlari taqdirdagina muvaffaqiyat qozonishlari mumkin. Maqsadga bunday intilish talabalarni faollashtiradi, topshiriqni bajarish uchun mavjud bilimlarni ijodiy tatbiq etishlariga yordam beradi.
Mashqlarni bajarishda ta’lim oluvchilarning ma’lum maqsadga intilishlari ularning yuqori darajada ongli bo’lishini nazarda tutadi. Ana shundagina o’zlari o’zlashtirgan qoidalarni yoki o’rgangan harakat usullarini o’z oldilariga qo’yilgan vazifani hal qilish uchun tatbiq etibgina qolmay, balki bu qoida va usullarni o’zlarining shaxsiy misollari bilan tasdiqlay oladilar, bu misollarni berilgandan farq qiladigan boshqa sharoitda bajara oladilar. Ular nima uchun boshqacha emas, ana shunday qilayotganlari sababini tushuntirib bera oladilar. Onglilik talabalarning aqliy kuchlarini faol zo’riqtirishlarini, amaliy ishlarda tashabbus ko’rsatishlarini nazarda tutadi. SHu munosabat bilan, mashqlar jarayonida talabalarning ongli ravishda maqsadga intilishlari to’g’risida gapirish mumkin.
Mashqlardan ko’zda tutiladigan asosiy maqsad, talabalarda olingan bilimlarni o’quv-ishlab chiqarish masalalarini hal qilishda tatbiq etish ko’nikma va malakalar hosil qilishdan iborat. Bu hol, tabiiyki, o’quv jarayoniga mashqlarni talabalar zarur bilimlar olganlaridan keyin kiritishni talab etadi. Bu talab barcha mashqlarga avvalo, o’qitishning boshlang’ich bosqichlarida o’qtkaziladigan mashqlarga taalluqlidir. Ammo keyinroq, talabalar etarli darajada bilim va amaliy tajribaga ega bo’lganlaridan keyingina shunday mashqlar berish mumkinki, bu mashqlarni bajarish uchun talabalarda zarur bilimlarning ba’zilari bo’lmaydi. Bunday hollarda mashqlar, mavjud bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish bilan bir qatorda, yangi bilimlarni o’zlashtirish vositasi bo’ladi.

Fanni o’rganish vaqida o’tkaziladigan mashqlar majmui yaxshilab o’ylangan, pedagogik asoslangan tizim bo’lishi kerak. Mashqlar tizimi, avvalo, ulariing qat’iy izchilligini ko’zda tutadi. Har bir yangi ko’nikma, yangi malaka musthkam asosda rivojlanib, o’quv fani tizimiga kiritilgan taqdirdagina oson hosil qilinadi. Ishning har bir yangi turiga talabalar o’zlarining bundan oldingi faoliyati bilan tayyorgarlik ko’radi. Mashqlar tizimi murakkabligi va bu mashqlarni bajarishda talabalarning mustaqillik darajasi sekin-asta ortib boradigan qilib tuzilishi lozim.


Talabalarning mustaqillik darajasini sekin-asta oshirib boruvchi mashqlarni tanlashda, ularning xilma-xil bo’lishi kerakligini ham esdan chiqarmaslik zarur. Bu hol, bir tomondan, talabalarning qiziqishini so’ndirmaslik uchun, ikkinchi tomondan, talabalarni o’z bilimlarini har xil sharoitda tatbiq etish usullariga o’rgatish uchun muhimdir.
Bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirishning hamda mashqlar jarayonida uquv va malakalar hosil qilishning samaradorligi mashqlarning soniga, ularni o’kazish tizimliligi va muntazamligiga, shuningdek, vaqt jihatidan taqsimlanishiga bog’liq. Vaqt jihatidan taqsimlanishi esa, o’z navbatida, o’rganiladigan materialning xarakteriga bog’liq. Tarkibida asosiy masalalar bo’lgan, mavzu yoki fanning asosiy qonun-qoidalarini aks ettiradigan material puxta mustahkamlanishi kerak, bu esa bilimlarniig bundn keyingi o’zlashtirilishiga ishonchli asos bo’ladi. O’rganish vaqtida talabalar qiynaladigan va tipik xatolarga yo’l qo’yadigan materialga oid mashqlar tez-tez va ko’p o’tkazilishi darkor. Ammo boshqa hollarda ham, o’rganiladigan materialning muhimligi hamda murakkabligiga qaramay, mashqlar o’quv ishining majburiy elementi bo’lishi, tizimli va muntazam ravishda har qaysi darsda o’tkazilishi lozim. Bu esa talabalarning ish sohasidagi mehnatida muayyan uslub yaratadi, bilim, ko’nikma va malakalarni puxta hamda tizimli o’zlashtirishiga yordam beradi. Bir tipdagi mashqlar o’tkazishda avval ularni tez- tez, keyin siyrakroq takrorlash zarur. O’rganilgan material esdan chiqib qolishining oldini olish va uni yanada mustakamlash maqsdida, bundan keyingi mashqlarga uni tadbiq etishga oid topshiriqlar kiritib turish zarurki, bu mashqlarda yangi topshiriqlar asosiy bo’lib qoladi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, fanlararo bog’lanishlarning tiplaridan biri - talabalarda hosil qilinayotgap uquvlar bo’yicha bog’lanishdir. SHunga asoslanib, mashqlar o’tkazishda talabalarda fanlararo xarakterdagi ko’nikmalar - o’z ishini rejalashtirish ko’nikmalari, umumiy xarakterdagi intellektual va amaliy ko’nikmalar, kitob bilan ishlash ko’nikmalari, tashkil etish ko’nikmalari hosil qilishga alohida e’tibor berish zarur. Bu hol talabalarning bir fanni o’rganishda orttirgan bilim va ko’nikmalarini boshqa fanlardan qilinadigan ishga ko’chirishga yordam beradi.


Download 170,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish