1 – variant savol “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi’ fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 170,63 Kb.
bet11/24
Sana03.07.2022
Hajmi170,63 Kb.
#734342
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24

Ko’rgazmali metodlar


Ko’rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko’p darajada bog’liq bo’lgan o’quv materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi.
Ta’limning ko’rgazmali vositalari bilimlarni o’rganish va o’zlashtirish xarakterini belgilaydi. Masalan, tikuv mashinasi detallarining namunalari ko’rsatilganda, mexanizmlarning ishlashini virtual model orqali yoki tikuv mashinasida bajariladigan texnologik jarayonnming videotasviri namoyish qilinishi orqali tushuntirish mumkin,
Ta’limning bunday usullaridan foydalanilganda talabalarning bilish faoliyati ko’rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy obrazlarga, tasavvurlarga bog’liq bo’ladi. Ko’rgazmali qurollar bilimlarni bir tizimga solish va boyitishda, shuningdek, talabalarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishda yordam beradi.
Ta’limning ko’rgazmali usullari talabalarning bilish faoliyatida obrazli va mantiqiy, konkret va abstrakt, hissiy va aqliy jihatlarning nisbatini chuqur tushunishni talab etadi.

Ko’rgazmali vositalarni namoyish qilish (ko’rsatish) yordamida talabalarda mashina va mexanizmlar tuzilishini, texnologik jarayonlarni, mehnat harakatlarini muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular unga taqlid qiladilar va o’z harakatlarini


qiyoslaydilar. Mazkur metodning qo’llanilishi maxsus fanlarni o’qitishda ko’rgazmalik tamoyilining yaqqol namunasi bo’lib hisoblanadi. Maxsus fanlar darslarida ko’rsatmali qurollarning turli xil va shakllaridan foydalanish o’qituvchining tushuntirishlarini yaxshi idrok qilish hamda o’zlashtirishlarga, malakalarning mustahkam shakllanishiga yordam beradi. Slaydlar, rlakatlar, sxemalar, modellar, maketlarni namoyish qilish bilan bir qatorda harakatdagi ish quroli, asboblar, moslamalar xom-ashyolar, buyumlarning haqiqiy namunalari va hokazolarni ko’rsatish ham katta ahamiyatga ega.

      1. Amaliy metodlar


Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba-sinov ishlari asosida o’quv materialini egallash shakllari ta’limning amaliy metodlari jumlasiga kiradi. Ana shu metodlar yordamida amaliy ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Bunday ko’nikmani shakllantirish jarayoni o’quv faoliyatida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ko’nikmalarni egallashning muvaffaqiyati uni shakllantirish sharoitiga bog’liq.
Birinchi shart-ko’nikma nima maqsadda shakllantirilishini anglashdir. Har qanday ko’nikma-avtomatlashgan darajaga etkazilgan harakatlar tizimidir. Agar talaba o’quv materialini o’zlashtirishda ularning ahamiyatini tushunmasa, bu harakatlarni shakllantirish qiyin bo’ladi. Masalan: tikuv mashinasi kiyimni qaysi qismlarini tikishga mo’ljallanganligini va buning uchun kiyim materialiga mos ravishda ip va ignalar tanlanishi tartibini bilmasa, shu ishlarni bajarishdagi harakatlarni shakllantirish qiyin bo’ladi.
Ikkinchi shart-mashqlarning tizimli bo’lishi. Odatda, ko’nikmalarni egallashdagi kamchiliklarga o’quv mashqlari tizimini tashkil etish va o’tkazishdagi kamchiliklar sabab bo’ladi, ya’ni mashqlarni o’tkazish uchun kerakli vositalar bilan ta’minlanmaganligi.
Uchinchi shart-amaliy harakatlarni anglagan holda bajarish. Talabalar harakatlarning muayyan fikriy rejasiga asoslanishlari, ish jarayonlarining izchilligini yaxshi tushunishlari zarur. Ularni mexanik tarzda takrorlashga va yodlab olishga yo’l qo’ymaslik kerak.
To’rtinchi shart-dastlabki amaliy harakatlar va jarayonlarga puxta tayyorlanish. Ular ongli ravishda reja asosida bajarilsa, ko’nikma tezroq, muvaffaqiyatliroq shakllanadi. Buning uchun talabalar nazariy bilimlarni yaxshi egallashlari kerak.
Beshinchi shart-mashqlarni mustaqil bajarish va o’zini o’zi nazorat qilish. Talaba ko’nikmani mustaqil bajara boshlaganida u o’z harakatlarini nazorat qiladi. O’qituvchi talabaga o’z-o’zini nazorat qilish usullarini o’rgatishi zarur. Masalan, talaba kiyimni bironta detaliga bezak berish jarayonini amaliy o’rgangandan keyin, uyda o’zi mustaqil ravishda bajarishga va baho berishga o’rganadi.

Download 170,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish