Kadrlar tayyorlash jarayonidagi kasbiy-malakaviy o'zgarishlar, kasblarni tahlil qilish metodlari
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan bo'lib, yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir mutaxassis kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro'yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda, turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-
pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.1
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy maqsadi - yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini barpo etish strategiyasi hamda asosiy yo'nalishlarini uning komponentlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish vazifalarini hisobga olgan holda ishlab chiqishdan iboratdir. Bu masalani ilmiy-pedagogik jihatdan to'g'ri hal etish, hozirgi kundagi tadqiqot ishlarining mavzusi va tadqiqotchilarning mashaqqatli mehnati tufayli amalga oshiriladigan muammodir.
SHuning uchun iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida hamda ta'lim tizimini o'rganish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilgan yutuqlarni atroflicha tahlil etish, mavjud muammo va kamchiliklarni batamom bartaraf etiladi.
Kasbiy ta'limiga bo'lgan e'tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
Ta'lim islohotlari natijasida gimnaziya, litsey, kollej va boshqa turdagi yangi o'quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi;
Oliy o'quv yurtlarida iqtisodiy ta'limni tashkil qilish, alohida bo'lim va fakultetlarning tashkil etilishi;
Agrar ta'limning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog'lanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi;
Agrar ta'lim muassasalarining aholiga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish turlarining ortib borishi, o'z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yishi, mehnatni tashkil qilishning ilg'or shakllarini joriy etishi va boshqalar.
Kasbiy ta'lim fani bizga, ya'ni O'zbekiston mustaqilligining birinchi yillaridan kirib keldi. CHunki, qo'llanayotgan tajribalar kasbiy ta'limning asosi bo'lib xizmat qiladi. Talabalarimizga kasbiy ta'lim, kasbiy tarbiya berish muammolari ko'zga tashlanib qoldi. SHu nuqtai nazardan Prezidentimiz
A.Karimov: «Bozor munosabatlariga o'tish davrida kasbiy bilimlarni berishimiz maqsadga muvofiqdir»1,- deb ta'kidlagan edi.
Har bir insonning hayoti asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, u albatta har bir odamdan iqtisodiy fikrlashga o'rganishni talab qiladi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida bu talab yanada kuchayadi. SHuning uchun ham iqtisodchilarga yoshlikdan boshlab iqtisodiy fikrlashni o'rganishlari uchun, mamlakatimizda o'rta umumta'lim maktabidan boshlab, iqtisodiy bilim asoslarini o'rganishga kirishildi".
Oliy o'quv yurtining talabalari, ayniqsa agrar yo'nalishdagi o'quv yurtining talabalari esa iqtisodiy fikrlashni o'rganibgina qolmay, keng doiradagi iqtisodiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish, iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga baho berish, bu o'zgarishlar kelajakda qanday natijalarga olib kelishini ko'z o'ngida keltira bilishni o'rganishi zarur.
SHunday qilib, bugungi kunda siyosatning asosiy muammolari bu iqtisodiy muammolar bo'lib, ularni tushunmay turib, bu muammolarni echish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab yoki berilgan maslahatlarning qaysi biri diqqatga
Bu kabi muammolarning oqilona hal etilishi esa har tomonlama bozor munosabatlari talablariga javob bera oladigan iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashga bog'liqdir. CHunki, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mustaqil Respublikamiz oldidagi yangidan-yangi maqsad va vazifalarni to'g'ri anglay bilgan, bu borada o'z fikr-mulohazasiga ega bo'lgan, o'zining etarli darajada zamon talablariga mos keluvchi bilim va tajribasiga ega bo'lgan iqtisodchi mutaxassislargina mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shishi mumkin. Biroq, yangi sharoitda samarali faoliyat yurita oladigan iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash borasidagi muammo va kamchiliklarning mavjudligi tufayli, yuqorida aytib o'tilgan xususiyatlarni o'zida mujassam etgan mutaxassislarni tayyorlashda bir qator muammolar yuzaga kelgan bo'lib, ularning hal etilishi bevosita mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beruvchi hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |