1- mavzu.“Мehmonxona xo’jaligi marketingi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


-mavzu. Turistik korxonalarda marketing muhiti



Download 3,49 Mb.
bet24/137
Sana30.03.2022
Hajmi3,49 Mb.
#519631
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   137
Bog'liq
МEHMONXONA XO’JALIGI MARKETINGI

4-mavzu. Turistik korxonalarda marketing muhiti



  1. Marketing muhiti tushunchasi. Makromuhit. Mikromuhit.

  2. Turistik va mehmonxona xizmatlari korxonaning ichki marketing muhiti tahlili. Tashqi va ichki muhit.

  3. Marketing atrof muhit tahlili.

  4. Marketing muhitiga tasir etuvchi siyosiy va huquqiy omillar.

  5. Iqtisodiy omillar. Ijtimoiy-madaniy omillar. Texnologik omillar. Atrof-muhit (tabiiy/jismoniy).

  6. OAV- Media muhit.




  1. Marketing muhiti tushunchasi. Makromuhit. Mikromuhit..

Marketing muhiti - bu faoliyat turidan qat’iy nazar korxona, tashkilot va firmalarning faoliyatiga, umuman bozor kon’yunkturasiga va bozorning boshqa sub’ektlariga bevosita ta’sir etuvchi kuchlar va omillar yig’indisidir. Muhit doimiy o’zgarishda, ya’ni u yoki bu salbiy yo ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligi sababli, uni tizimli o’rganish, alohida jarayonlarni va ularning o’zaro aloqasini kuzatish zaruriyati marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir bo’lib hisoblanadi. Hatto muhitning arzimas o’zgarishiga e’tibor bermaslik yoki nazoratni susaytirish firmaning va bozorning boshqa sub’ektlari ishida juda og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun korxona marketologlarining muhit doirasida bo’layotgan o’zgartirishlarni alohida va mas’uldorlik bilan kuzatib borishlari nazarda tutiladi. Boshqalarga qaraganda ular yangi tendensiyalarni kuzatib qulay imkoniyatlarni topishlari lozim, chunki ular ixtiyorida maxsus marketing instrumentlari, ya’ni marketing tadqiqotlari mavjuddir.
Turizm xizmatlar bozor kon’yunkturasiga ta’sir qiluvchi omillar (talab, taklif, raqobat, inflyastiya, milliy daromad, ishsizlik darajasi, ijtimoiy-madaniy kabilar), shuningdek turistik korxonaning faoliyatiga ta’sir qiluvchi kuchlar va omillar (korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, korxonadagi korporativ madaniyat, iste’molchilar, vositachilar, raqobatchilar, siyosiy, iqtisodiy, tabiiy, demografik omillar kabilar)ning barchasi marketing muhitini tashkil etadi.
Turizm sohasida faoliyat yuritadigan korxonalar hamma vaqt o’zgaruvchan ichki munosabatlar, hamda ular bilan boshqa iqtisodiy sub’ektlar orasidagi munosabatlar ta’sirida faoliyat ko’rsatadi. Turistik korxona faoliyati strategiyasiga tashqi va ichki ta’sir etuvchi faol sub’ektlar va ularning kuchlari yig’indisi marketing muhitini tashkil qiladi. Marketing muhiti ko’pincha turistik korxona faoliyati harakterini belgilaydi – shuning uchun marketing tadqiqotlarini tashkil etishda ichki va tashqi muhitni o’rganishga katta e’tibor beriladi. Odatda, tashqi (makro) va ichki (mikro) - muhit farqlanadi.
Makro-muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan tizimli, umumiy bozor doirasidagi omillardan iborat. Bu erga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, demografik, geografik, milliy, ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa harakterdagi ta’sirlarning keng spektri kiradi.
Mikro-muhit yoki ichki sharoitlar omillari firmaning faoliyati va uning imkoniyatlariga bevosita tegishli. Mikro-muhitning asosiy qismi firma boshqaruvining nazorati ostida bo’ladi (faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati, maqsadli bozorlar (segmentlar)ni, tovarlar harakatining yo’llarini tanlash, raqobat kurashida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini echish).
Shunday qilib, ichki muhitni o’rganish bozorning aniq sub’ektiga nisbatan qo’llanilgan holda amalga oshiriladi, undan farqli ravishda tashqi muhit esa marketing va bozor sub’ektlari, mamlakat va xalqaro turizm bozori uchun umumiy ko’rinishda namoyon bo’ladi.
Turistik korxonasi ichida hamda boshqa iqtisodiy sub’ektlar orasida tashkil bo’ladigan xilma-xil munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan va doimo o’zgaradigan sharoitlarda amal qiladi. Bu munosabatlar yig’indisi marketing tushunchani tashkil etadi. Marketing muhiti ko’pgina hollarda firma faoliyatining tasnifini belgilab beradi va marketing tadqiqotlarini o’tkazish jarayonida majburiy tartibda puxta ko’rib chiqiladi.
Marketing strategiyasini aniqlash va uni hayotga tadbiq etish uchun rahbariyat quyidagilar to’g’risida batafsil taassurotga ega bo’lishlari kerak:

  • turistik korxonaning ichki muhiti, uning salohiyati va rivojlanish an’analari;

  • tashqi muhiti, uning xususiyatlari va korxonaning unda egallaydigan mavqei to’g’risida.




Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish