Moliyaviy barqarorlik
|
1 2 3 4 5
|
|
1 2 3 4 5
|
|
1 2 3 4 5
|
|
|
|
|
|
|
Mahsulot sifati
|
1 2 3 4 5
|
|
1 2 3 4 5
|
|
1 2 3 4 5
|
|
|
|
|
|
|
Sotishni tashkil etish
|
1 2 3 4 5
|
|
1 2 3 4 5
|
|
1 2 3 4 5
|
|
|
|
|
|
|
Mahsulot narxi
|
1 2 3 4 5
|
|
1 2 3 4 5
|
|
1 2 3 4 5
|
Turistik korxona raqiblarining strategik profillari.
Raqiblarning strategik ko’rinishlari raqiblarning harakatlarni oldindan o’rganishda, ularning afzalliklari va kamchiliklarini o’rganishga ko’maklashadi. Raqiblarning joylashuvini raqiblar afzalliklarini baholash asosida aniqlash mumkin. Buning uchun har bir omilning ulushi aniqlanib, muhimligi hisobga olinadi (ulushlar summasi 1 ga teng bo’lishi kerak).
Bu usul har bir raqibning reyting baholarini qo’shish yo’li bilan korxonalar raqobatbardoshligini aniqlashga imkon beradi. 4.9- rasm asosida baholanadigan korxonani raqobatbardoshlik qobiliyati raqiblarga nisbatan yuqori...
4 - Jadval
Raqib afzalliklarining kategoriyalari
|
Ulushi
|
Baholana -
digan korxona
|
1 raqib
|
|
2 raqib
|
Moliyaviy barqarorlik
|
0,2
|
5/1
|
5/1
|
|
4/0,8
|
Turmahsulot sifati
|
0,35
|
4/1,4
|
3/1,05
|
|
2/07
|
Savdoning tashkil etilishi
|
0,1
|
3/0,3
|
4/0,4
|
|
5/0,5
|
Turmahsulot bahosi
|
0,35
|
4/1,4
|
3/1,4
|
|
2/0,7
|
Jami:
|
1
|
4,1
|
3,85
|
|
2,7
|
Korxona raqobatbardoshligi uning tovar va xizmatlarni yaratish, ishlab chiqish va sotish qobiliyati bilan aniqlanadi, tovar hamda xizmatlar raqobatbardoshligiga bog’liq bo’ladi.
Tovar xizmatning raqobatbardoshligi korxona tijorat yutug’ini aniqlashda muhim omil hisoblanadi.
Turistik mahsulotning raqobatbardoshligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
sifat ko’rsatkichlari (mahsulotning foydali samarasi aniqlanadi);
iqtisodiy ko’rsatkichlar (iste’molchi bahosini aniqlash) bilan.
Raqobatbardoshlikning eng aniq tafsiloti muhandis prognozlash usuli yordamida olinishi mumkin. Bu baholash bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi (6-rasm).
Turistik mahsulotga bo’lgan talablarni shakllantirish va
baholanadigan yagona ko’rsatkichlar ro’yxatini aniqlash
|
|
Raqobatbardoshlik yagona ko’rsatkichlar
(ulushini) ahamiyatini aniqlash
|
|
O’xshashlar guruhlarini shakllantirish va taqqoslash uchun asosiy mahsulotni tanlash
|
|
Baholanadigan va asosiy mahsulotlar ko’rsatkichlari ahamiyatini aniqlash
|
|
Baholanadigan va asosiy mahsulotlarning yagona ko’rsatkichlarini solishtirish
|
|
Baholanadigan mahsulot raqobatbardoshlikning
majmuali ko’rsatkichni aniqlash
|
|
Baholanadigan mahsulot raqobatbardoshligi
to’g’risida xulosa
|
6- Rasm -Turistlik mahsulot raqobatbardoshligini baholashning umumiy tartibi.
Raqiblar faoliyatining tahlili munosib axborotni to’plashga imkon beradi. Ma’lum ko’rsatkichlar bo’yicha guruhlashgan raqiblar to’g’risida axborot strategik guruhlar xaritasini tuzishga imkon beradi va uning asosida turi tarmog’ida amal qiladigan firmalarning nisbiy raqobat joylashuvini tahlil qilishga ko’maklashadi.
Strategik guruh – raqobatga bir xil yondoshuvi va bozordagi holati bir xil bo’lgan, bir-biri bilan kurashadigan firmalar butunligi
Raqobat kurash holatini baholashga bozorda ishlaydigan raqiblar faoliyatining tahlil qilinishi juda qiyin bo’lganligi ta’sir qiladi. Buning uchun raqiblarning qo’yidagi strategik guruhlari ajratiladi (7-rasm).
|
Raqiblarning strategik guruhlari
|
|
|
|
|
To’g’ri (bevosita raqiblar)
|
|
Salohiyatli raqiblar
|
|
|
|
|
Yangi korxonalar
|
Kengaytiriladigan korxonalar
|
7- Rasm. Turistik korxona raqiblarning strategik guruhlari.
Raqiblar darajasi har xil (chuqur, o’rtacha, yuzaki) bo’lgan tahlildan o’tishi kerak. Firma faoliyatiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadigan yoki ko’rsatishi mumkin bo’lgan raqiblar salohiyatli raqiblarga nisbatan ko’proq (chuqurroq) o’rganiladi. Lekin bozorga yaqinda kirgan «yangi firmalar» ham to’g’ri raqiblarga nisbatan kam bo’lmagan tahdidni yaratishi mumkin.
Raqobat xaritasini qurish uchun quyidagi ko’rsatkichlar qo’llaniladi:
bozorda band qilinadigan bozor ulushi – ma’lum vaqt birligida mavjud bo’lgan statistik bahosi. F.Kotler va R. Ternerga binoan, bu ko’rsatkich asosida raqobat muhitida firmalar joylashuvining to’rtta turini ajratish mumkin;
bozor sardorlari – bozorda katta ulushga egalik qilgan, o’zining sardorligini doimo himoya qilishga majbur bo’lgan, doimiy innovastiyalar orqali birinchi o’rinni saqlash, raqobat afzalliklarni yaratishga majbur bo’lgan turoperatorlar;
intiluvchilar – asosiy tamoyillari sardorning alohida, kichik joyini egallash hamda uning sust joylarini aniqlash bo’lgan kuchli raqobat o’ringa ega bo’lgan korxonalar;
shogirdlar – raqobat o’rni sust bo’lgan korxonalar.
Bu o’rinni egallaydigan korxonalar sardorlar yoki intiluvchilar bilan bevosita raqobat kurashida ishtirok etmaydi, ular turistik bozorida band bo’lmagan joylarni va egasi yo’q bo’lgan segmentlarni qidiradi va shu faoliyat bilan shug’ullanadi.
partizanlar - bozor joylarda istiqomat qiluvchilar (autsayderlar). Ahamiyatsiz bozor segmentini tovarni taklif etadigan, bozor ulushi kichik bo’lgan mayda korxonalar;
Do'stlaringiz bilan baham: |