Internet-marketingning xabarlarni yaratish bilan bog‘liq muammolari
Marketing kommunikatsiyalari nuqtai nazaridan Internetda bunday muammolar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
ko‘pchilik tashkilotlar, o‘z tovar va xizmatlarini travelblog.com kabi foydalanuvchilar saytida reklama qilishda ushbu xabarlar noto‘g‘ri talqin qilinishi yoki xabar mazmunida boshqa turdagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘lsa, kompaniya ko‘zda tutmagan boshqa yo‘nalishga adashtirib yuborilishi mumkin.
Reklama murojaatlari internetdagi boshqa kontentlarga nisbatan muhimroq hisoblanganligi bois internet orqali uzatilganda ishonchlilik darajasi ortishi yoki pasayishi mumkin (Fill (2005:. S. 582-583). Boshqarish qiyin bo‘lgan joylarda tovar va xizmatlar to‘g‘risidagi axborotlarni tartibga solish va nazorat qilish juda murakkab, shuningdek rasmiy murojaatlar ham turli xil, fikr, yondashuv, nuqtai nazarda tushunilishi va talqin qilinishi mumkin.
internetda taqdim etilgan axborotlarni tartibga solish va nazorat qilishning murakkabligi bois, kompaniyalarning maqsadi va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan axborotlarni nazorat ostiga olish va ta’qiqlashga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z navbatida kommunikatsiya bilan bog‘liq harajatlarning ortishiga olib keladi.
Reklama beruvchilar virtual yoki onlayn foydalanuvchilarning haqiqiy hayotda kim ekanliklarini bilishmaydi, shuning uchun brend tasviri yoki marketing axborotlari kompaniyaning maqsadli auditoriyasiga yetib borgan yoki bormaganligini aniq aytish mushkul.
Tartibga solish va marketing faoliyatiga ta’sirining noaniqligi bois, foydalanuvchilar kontenti internet va reklama harajatlarining ortib borayotganligi bilan yashirin qiyofaga ega bo‘la boshlaydi. OAV dalillar va axborotlarning buzib ko‘rsatilishi riski har doim yuqori bo‘ladi. Turizm hozirgi sharoitida internet-media-kontent, pullik reklama harajatlari va kommunikatsion faoliyatning rivojlanishi uchun va internet orqali amalga oshuvchi marketing harajatlari ortib borishda davom etadi. C2C (customer-to-customer) munosabatlarining ahamiyati va onlayn-strategiyalarning ishlab chiqilishi, takroriy murojaatlar sonining ko‘pligi bois turistik kompaniyalarning brendga sodiqligini va iste’molchilar bilan o‘zar munosabatlar o‘rnatish imkonini beradi.
Xulosa Internetdagi faollik o‘sib bormoqda va jadal suratlar bilan rivojlanmoqda. Bu o‘z navbatida keng polosali tarmoqlar orqali bog‘lanish imkonini beradi va yanada mukammal, interaktiv va multimediali dasturlar paketini ishlab chiqishni rag‘batlantiradi. Turizm va mehmondorchilik industriyasi internet faollik eng yuqori bo‘lgan sohalardan biri hisoblandadi. Internet orqali ko‘rish mumkin bo‘lgan tovar va xizmat turlari ularning narxini taqqoslash, ular haqida ma’lumot olish va harid qilishning faolligi bois iste’molchilar ehtiyojlari bilan juda uyg‘unlashib ketmoqda. Turistik agentliklarning an’anaviy vaziflari, onlayn e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Yangi elektron vositachilar turistlarga o‘z sayohatlarini individula tarzda bronlashtirish, turli narxlarni o‘zaro taqqoslash, o‘z mahsulotlarini sifat darajasiga qarab tanlash imkoniyatini yaratib bermoqda va sayyohatdan ko‘proq zavq olishni ta’minlamoqda. Shunday qilib, sayyoh samalyot orqali arzon bilet harid qilishi va tashrif joyining ajoyib mehmonxonalarida joylashishi mumkin. Shu tarzda mijozlar turli xildagi ehtiyojlarini uyg‘utlashtira oladigan sayohatni yarata olishi mumkin.
Internet mijozlarga yoqtiradigan narsalari, munosabatlari yoki o‘xshash jihatlariga ko‘ra hamjamiyatlar tuzish imkonini beradi. Bularning barchasi turizm va mehmonxona xo‘jaligi korxonalarining marketing kommunikatsiyalari strategiyalarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi onlayn-servislar tashkil etishda qo‘l keladi. Aksariyat forumlar, reklama va kommunikatsiyalar bugungi kunda kompaniyaning veb saytlari orqali sotuvni amalga oshirish yoki trafikni jalb qilishga mo‘ljallangan. Sam Internet-reklama OAV tarixida barcha kommunikatsiya vositalariga nisbatan eng shiddat bilan o‘sib bormoqda. Sayyohat, sayr va mehmondorchilik bilan bog‘liq faoliyat to‘g‘risida axborotlarni qidirish Internetning eng muhim sohalaridan biri hisoblanadi.
Chiptalar harid qilish va vaqtinchalik yashash Angliya iqtisodiyotining eng yirik bo‘lgan uchinchi sektori hisoblanadi. Axborotlarni taqdim etish, shu jumladan internet marketingning ish faolligi kelgusida yanada katta bo‘ladi. Shuningdek potensial muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Axborotlarga tartibga solinmaydigan va ommaviylik xususiyati foydalanuvchilar kontentining o‘sishini susaytirishi va adashtirishi, internet reklama harajatlarning pasayishi natijasida mazkur sohada amalga oshirilishi kutilayotgan vazifalarning sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.