o
ulisining
a
unlisi o‘rnida qo‘llanishi va boshqa faktlarni uchratish mumkin. Maʼlumki,
singarmonizmli shevalarda o unlisi turg‘un fonema emas, balki ayrim his-
hayajon bilan aytilgan o‘rinlarda qayd qilinishi mumkin. Demak, uni shevaning
asosiy fonemasi deb qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Turkiy tillarga xos lingvistik xususiyatlarning tarqalishi: I. A. Bogorodiskiy, E.
D. Polivanov, K. K. Yudaxin, A.K. Borovkovlar faoliyati tufayli turkiy tillar
areal o‘rganilishi boshlandi..
O’zbek tilshunosligida Sh. Shoabdurahmonov, А. Shermatov, Y.
Ibrohimov, Q. Muhammadjonov, N. Murodova, Z. Ibrohimova, I. Darveshov,
N. Rahmonovlar o‘zbek shevalarini lingvistik geografiya metodida
o‘rgandilar.
O‘zlashtirish uchun savollar:
1. Turkiy tillarning tarqalishi va ularning izoglossalarda berilishini tushuntiring.
2. O‘zbek tilining turkiy tillar bilan oraliq zonani tashkil etuvchi areallarni ko‘rsating.
3. O‘zbek tili izoglossalari turkiy tillarning qaysi jihatlarida umumiylikni saqlaydi?
14-mavzu. Ajdodlarimiz asarlarida til va dialektlarning tarqalishi
to‘g‘risidagi fikrlari talqini
Reja:
1. Turkiy tillarning o‘rganilish tarixiga doir.
2. M. Koshg‘ariyning lingvistik merosi va ilk lingvistik kartasi.
Tayanch tushunchalar
:
turkiy areal, turkiy xalqlar, qirg’iz, bulg’or,
qarluq, uyg’ur, qipchoq, o’g’uz,
“Devonu lug‘atit turk” asari, “Attuhfatuz
zakiyatu fil lug‘atit turkiya”asari.
Eramizdan oldingi IV-II asrlarda turkiy xalqlarning shimolga – hozirgi
Qozog’iston cho’llari,Volga bo‘yi va undan Yevropa – janubiy Ukraina,
Shimoliy Kavkaz, Qrim, Каvkazorti, Sharqiy Yevropa, Bolqongacha borib
yetganligi tarixiy manbalardan ma’lum.
X asrlariga kelib turkiy areal Yenisey bo’ylari, Oltoy, Sibir, Ural,
Shimoliy Kavkaz, kavkazorti, qisman Bolqon mintaqalarini o’z ichiga olgan.
IX-X asrlarda saljuqlar boshliq o’g’uzlarning, qarluqlar boshliq qoraxoniylar,
uyg’urlar va qipchoqlar tarkibi ko’pchiligini tashkil etgan turkiy areal
chegarasini kengaytirdi. V.Radlovning fikrlariga ko’ra, XI-XIV asrlarda
Bog’dod va Misr hukmdorlarining ko’pchiligi kelib chiqishi jihatidan turkiy
xalqlardan bo’lgan.
Mana shu ulkan mintaqani o’z ichiga olgan hududda turkiy xalqlarning
qirg’iz, bulg’or, qarluq, uyg’ur, qipchoq, o’g’uz kabi toifalariga mansub turkiy
xalqlarning ajdodlari tarqalgan. Tilshunoslikda bu olti toifaning har biri uchun
xarakterli bo’lgan fonetik va morfologik o’ziga xosliklar ajratilgan.
Turkiy xalqlar va ularning tillari bir-biriga yaqin bo’lganligi sababli
hamisha qadimgi davrlardan XIX asrning oxirlarigacha o’zaro katta qorishuvda
bo’lgan. VII asrdan XIX asrgacha bo’lgan davrda turkiy xalqlarning o’zaro
qorishuvlari tarixiy manbalarda O’rxun- yenisey yozuvlaridan boshlab Bobiru
Abulg’ozixon va rus sayyohlarining hamda geograflarining asrlarigacha qayd
etilgan. Bu tarixni yana davom ettirish mumkin, lekin turkiy xalqlar arealining
tarqalishi ular tilidagi o‘xshashliklarni yo‘qotib yubora olmadi, balki ularning
joylashishlariga ko‘ra kontinuum amalda bo‘lib kelganligini taʼkidlash joiz
bo‘ladi.
Bu jarayonlar Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari,
muallifi nomaʼlum “Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya”asarlari, XIX – XIX
asrlarda yaratilgan asarlarda sharhlangan.
Alisher Navoiy dunyoda tillarning tarqalishiga eʼtibor berib, uning Xom,
Som, Yafas urug‘larining turli hududlarga tarqalganligining maʼlumotini bergan
edi. Bu fikrga ko‘p yillar diniy qarash sifatida qarab kelinganligi maʼlum, aslida
u dunyo tillarining genealogik tasnifiga mos kelishini keyingi davrlardagina tan
olishga to‘g‘ri kelgan. Maʼlumki, ajdodlarimiz tillarning va shevalarning turli
hududlarda amalda bo‘lishining ijtimoy xususiyatlarini yaxshi anglab yetishgan.
Bu masalada yana Mahmud Koshg‘ariyga yuzlanamiz. U Markaziy Osiyo va
Qashg‘arning turkiy zonasini tadqiq qildi va turkologiyada maxsus termin
sifatida tilga olmasa ham, turkiy xalqlar tilining bir zonasi tadqiqotini amalga
oshirdi. Uning lingvistik kartasi hanuzgacha o‘zining to‘la qonli tahliliga ega
bo‘lmadi. Bu xarita qozoq olimasi Z. Avezova tomonidan “Devonu lug‘atit
turk” asarini nashrga tayyorlashda undagi arabcha yozuvlar ingliz tiliga
tarjimasi berildi. M. Koshg‘ariyning bu kartasi lingvistik geografiya Yevropada
emas, balki turkiy dunyoda paydo bo‘lgan degan fikrni aytishga asos bo‘ladi.
Arealogik tadqiqotlar keyingi davrdagi vatandoshlarimiz tomonidan ham
amalga oshirilgan, lekin ular maxsus terminlar bilan yuritilgan emas. Ular turkiy
tillarning qiyosiy-tarixiy o‘rganilishi, dialektologik tadqiqotlar jarayonida olib
borildi va keyinchalik ulardagi arealogik tadqiqot usullari ajratib olina
boshlandi.
O‘zbek arealogik tadqiqotchilari o‘zbek shevalarining lingvistik
geografiya metodida o‘rganishga urg‘u bermoqdalar, lekin sof areal tadqiqotlar
ham bor. Qudratovning o‘zbek oraliq shevalariga oid tadqiqoti ana shunday
ishlardan biridir.
O‘zlashtirish uchun savollar:
1. Turkiy tillar qachondan o‘rganila boshlangan?
2. “Devonu lug‘atit turk” asarining areal lingvistika uchun qanday ahamiyati
bor?
3. “Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turk” asari qaysi turkum turkiy tillari va
o‘zbek lahjasining arealini o‘rganishda ahamiyatli?
Do'stlaringiz bilan baham: |