1- mavzu. Kirish. Areal lingvistikaning maqsad va vazifalari


-mavzu. Til sistematikasi. Til zonasi va dialektal zona



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/25
Sana18.07.2022
Hajmi3,69 Mb.
#819482
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Areal ma\'ruzalar

9-mavzu. Til sistematikasi. Til zonasi va dialektal zona
 
Reja:
1. Til va dialektlar sistematikasi, klaster. 
2. Tillarning genealogik va tipologik klassifikatsiyasi, ularning 
zonalashtirishga o‘xshash va noo‘xshash xususiyatlari. 
Tayanch tushunchalar:
til sistematikasi, klaster, til tipologiyasi, 
genealogik tasnif.
Til sistematikasi klaster tushunchasi bilan bog‘langan bo‘lib, idiomlarning 
yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Boshqacha aytganda bir klaster bir necha 
idiomlarni o‘z ichiga kamrab oladi. Axborot tizimlarida til bir necha lahja, 
dialekt va shevalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lsa, klaster bir guruh idiomlarni 
o‘zida birlashtiradi va bir bir til degan tushunchaga ham ega. 
Til sistematikasi 4 elementning o‘zaro muyenasabatidan tashkil topadi: 
klaster/til ← lahja ← dialekt ← sheva. Bu doimiy sistema sifatida yashaydi, 
chunki ular o‘zaro pog‘onaviy bog‘langan. Bunda til taksonligini saqlab qoladi. 
Shuni taʼkidlash lozimki, klaster til qarindosh tillarning muayyan guguhlarini 
ham anglatadi, jumladan, turkiy tillarning qarluq guruhlari yoki o‘g‘uz va 
qipchoq guruhlari alohida olingan klasterlar hisoblanadi.
Tillar zonasi bir hududda bir necha klaster, idiomlarning yoki qarindosh 
bo‘lmagan tillarning fokus nuqtasiga ko‘ra joylashishini anglatadi. Bu 
tushunchalar jahon tillarining qitʼalar va ularning qismlari hududlarida 
joylashishlari uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Mas., yevropa tillari, 
afrika tillari kabi tushunchalarni hosil qiladi. Til oilasi esa boshqa tushuncha 
bo‘lib, u qarindosh tillarning bir hududda va bir necha hududda kelib chiqishi 
yoki til tiplari jihatidan guruhlashtirilishidir. U til zonasini tashkil etishda 
ishtirok etishi mumkin. Demak, til zonasi til oilasi ichida, aksincha til oilasi 
zona ichida ham bo‘lishi mumkin. 
Dialektal zona bir hududda turli lahjalarga oid dialekt va shevalarning 
fokus nuqtasiga ko‘ra joylashishidir. Masalan, shimoliy o‘zbek shevalari o‘zbek 
tilida bo‘lgan har uchala lahjaga xos shevalarni qamrab olgan va u bir dialektal 
zonani tashkil etadi. Zona tushunchasi ham qarindosh shevalarni ham 
qarindosh bo‘lmagan shevalarni ham qamrab olishi jihatidan til oilasi 
tushunchasidan farqlanadi. Zona faqat hududiy umumiylikni bildiradi. 
 
Aksariyat hollarda bunday zonalarni belgilashda qarindosh til yoki dialekt 
masalasi muammo bo‘ladi. Axborot tizimlarida ta’kidlanishicha, bunday 


vaziyatda o‘xshashik 92-96% ni tashkil etsa, ularni dialekt deb hisoblash lozim. 
Til va dialektni farqlashda fanda 
sotsiolingvistik
va 
struktur 
me’yorlarga 
asoslaniladi.
Sotsiolingvistik me’yorga ko‘ra, idiomlar (qarindosh til) mustaqil til 
bo‘lishi uchun: 
- o‘z mustaqil yozuv standartiga ega bo‘lishi; 
- turli sohalarda yozma va og‘zaki muloqotning amal qilishi; 
- funksional jihatdan mukammal bo‘lishi lozim. Bunda siyosiy va etnik 
omillar muhim ahamiyatga ega.
Struktur (struktur-lingvistik) me’yorga ko‘ra, mustaqil til bo‘lishi uchun: 
- fonetik va grammatik qonun va qoidalar yagona bo‘lishi;
- asosiy lug‘at tarkibi idiom a’zolarining barchasiga tushunarli bo‘lishi; 
- idiom tarkibidagi lahja, dialekt va shevalar barcha uchun tushunishga 
oson bo‘lishi lozim. 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish