1- mavzu. Kirish. Areal lingvistikaning maqsad va vazifalari


O‘zlashtirish uchun savollar



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana18.07.2022
Hajmi3,69 Mb.
#819482
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Areal ma\'ruzalar

O‘zlashtirish uchun savollar:
1. Lingvistik karta va atlas qanday maqsadlarda tuziladi? 
2. Lingvistik atlaslar kimlar tomonidan yaratilgan? 
3.O‘zbek shevalarining lingvistik kartalari tuzuvchilari kimlar?

4. Dialektal kontinuumning mohiyati va turlarini sharhlab bering. 


 


12-mavzu. O‘zbek shevalarining lingvistik geografiya metodida 
o‘rganilishi
Reja:
1. 
O‘zbek shevalarining tarkibi. 
2. Shevalarni o‘rganish metodlari. Lingvistik geografiya metodlari. 
3. O‘zbek shevalarining o‘rganilish tarixi. 
O‘zbek shevalari murakkab tarkibga ega.Tarixiy, etnografik va lingvistik 
belgilariga ko‘ra u yirik uch guruhga birlashtiriladi. Ular qarluq, qipchoq va 
o‘g‘uz lahjalaridir. Ular ham o‘z ichki tasniflariga ega. 
O‘zbek shevalari keyingi davrlarga qadar tavsifiy, qiyosiy, qiyosiy-tarixiy 
metodlarda o‘rganib kelindi. Qiyosiy-tarixiy metod ilmiy metod sifatida keng 
qo‘llanmoqda. Ularning yutuqlari va o‘ziga xos kamchiliklari bor. Bu metodlar 
shevaning o‘z normasi jihatidan o‘rganishga imkoniyat bermayapti. Keyingi 
davrda til va dialektlarni areal lingvistika jihatidan o‘rganish bilan bog‘liq 
ravishda har bir sheva, unga chegaradosh tillar taʼsiri jihatidan qarash 
shevalarning o‘z tabiiy xususiyatlari va hududdagi tillarning taʼsiri va adabiy 
tilning taʼsirini farqlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu lingvistik ogeografiya 
metodi asosida amalga oshiriladi. 
Lingvistik geоgrаfiya shunday sоhаki, u hаr bir shevа vа diаlekt hаqidа, 
uning mаdаniy, tаriхiy хususiyatlаri, o‘zigа хоsligi bilаn yaхlit rаvishdа 
tilshunоslik, tаriх, etnоgrаfiya bilаn shug‘ullаnаdigаn хоdimlаr, mutахаssislаrni 
keng tаnishtirish imkоnini berаdi. Lingvistik geоgrаfiyadа, аvvаlо, 
o‘rgаnilаyotgаn shevа kartasi uchun asos sifatida аhоli geоgrаfiyasini аks 
ettirishga mo‘ljallangan kоntur karta оlinаdi vа аhоli punktlаri rаqаmlаri 
belgilаb chiqilаdi. Shevа fаktlаri uchun shаrtli belgilаr tizimi ishlаb chiqilаdi. 
Izоglоssаlаrning tаrqаlishini ko‘rsаtuvchi chiziqlаrni tоrtish rejаsi tаyin qilinаdi. 
Rаnglаr tаnlаnаdi vа bo‘yash teхnikаsi belgilаb оlinаdi. Masshtab belgilab 
olinadi. 
O‘zbekistоndа diаlektоlоgik аtlаs yarаtish ishi endigina rivоjlаnmoqda. Bu 
sоhаdа Sh. Shоаbdurаhmоnоv, А. Jo‘rаyev, Q. Muhаmmаdjоnоv, А. 
Shermаtоv, N. Murodova, Y. Ibrоhimоv va Z. Ibrоhimоva, I.Darveshov, 
N.Rahmonovlarning tаdqiqоtlаri mаvjud. Sh.Shоаbdurаhmоnоv O‘zbekistоndа 
birinchi bo‘lib shevаlаr аtlаsini yarаtishning nаzаriy qоidаlаrini ishlаb chiqdi. 
A. Jo‘rayev areal lingvistikaning nazariy va amaliy asoslarini tadqiq qildi. Q. 
Muhаmmаdjоnоv shimоliy o‘zbek shevаlаrini, А. Shermаtоv Quyi 
Qаshqаdаryo shevаlаrini, Y. Ibrоhimоv va Z. Ibrоhimоvalar Оrоl bo‘yi o‘zbek 


shevаlаrini, N. Murodova Navoiy viloyati shevalarini, I. Darveshov Namangan 
viloyati shevalarini, N. Rahmonov Navoiy viloyati shevalarini kartalashtirgan. 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish