1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


- Ma'ruza Markaziy nerv tizimining umumiy fiziologiyasi



Download 491 Kb.
bet11/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

4 - Ma'ruza
Markaziy nerv tizimining umumiy fiziologiyasi
R e j a:
Nerv hujayrasi, uning asosiy tarkibi, funksional xususiyatlari.
Neyronlar orasidagi aloqalar va ularning mexanizmi.
Mediatorlar haqida tushuncha.

Markaziy nerv tizimi (bosh miya va orqa miya) quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) barcha organlar va tizim­lar faoliyatini boshqarib boradi; 2) O’zgaruvchan muhit sha­roitiga organizmni moslashtiradi; 3) Ma'lum bir a'zolarni shakllantiradi. Bu funksiyalarni amalga oshishida asosiy rolni nerv hujayralari neyronlar o’ynaydi, qaysikim informatsiyalarni qabul qiladi, tahlil qiladi, xotirada saqlaydi hamda nerv hujayralari nerv markazlarini tashkil qiladi. Har xil hayvonlar va odamdagi nerv hujayralari tarkibiy va xususiy jihatdan bir biridan farq qilsada ular uchun umumiy jarayonlar ya'ni qo’zg’alish va tormozlanish mavjud.


Nerv tizimining tarkibiy nazariyasi neyron naza­riyasi ekanligini ispaniyalik neyrogistolog R.Kaxal va angliyalik fiziolog Ch.Sherringtonlar asosladi. Nerv tizimi asosan ikki xil hujayralardan tashkil top­gan, nerv hujayralari va glial hujayralar nerv hujayralaridan 8-9 marta ko’p bo’lsada informatsiyalarni qabul qilish va tashkil qilishni neyronlar bajaradi. Neyronlarni bir-biriga bog’lovchi element sinapslardir. Neyron to’rtta asosiy elementdan, ya'ni tana (soma), dend­ritlar, aksonlar hamda aksonning sinaptik old qismidan ibo­rat va ularning har qaysisi ma'lum funksiyalarni baja­radi. Somada yadro, ribosomalar, endoplazmatik retikulum, Golji apparati va mitaxondriyalar bo’ladi. Neyron mem­branasida juda ko’p sinapslar bo’lishi mumkin. Somadan ko’p dendritlar va bitta akson chiqadi. Dendritlar shoxla­nib ketadi va ular membranasida juda ko’p sinapslar bo’ladi. Yana bu membrana yuzasida neyron hujayrasida bo’lganidek oqsil molekulalari ayrim, qaysikim ximiyaviy retseptor vazifasini bajaradi, ular har xil ximiyaviy moddalarga sezuvchan bo’ladi, shu bilan nerv hujayralarini bir-biriga bog’lab turadi.
Akson harakat potensiali yoki nerv impulsini o’tkazish vazifasini bajaradi. Ular nerv hujayralarini bir-biri bilan va neyronni ishchi organ bilan bog’lab tu­radi. Aksonning uchida maxsus pufakcha vezikulalar bo’lib, unda ximiyaviy moddalar bo’ladi. Aksonning perisinaptik (sinaptik oldi) qismi maxsus retseptor bilan ta'minlan­gan bo’lib, ular har xil mediatorlarga nisbatan sezuvchan bo’ladi.
Neyronlar chiqaradigan o’simtalarga ko’ra uni, bi-va multipolyalar guruhlarga bo’linadi, unipolyar asosan umurtqasizlarda, qolganlari umurtqalilarda uchraydi. Bajaradigan funksiyalarga ko’ra, afferent, efferent va oraliq neyronlar farqlanadi.
Hamma neyronlardagi xususiyatlar (informatsiya qabul qilish, tahlil qilish, uzatish (ikki xil potensial-lokal yoki gradial) va harakat potensiali orqali yuz beradi. Lokal potensial qisqa masofalarga, harakat potensiali uzoq masofaga informatsiya uzatadi.
Neyronlararo aloqa mexanizmlari. Neyronlar orasidagi aloqa asosan sinapslar orqali bo’ladi. Ular bir hujayradan ikkinchisiga harakat potensiali shaklidagi informatsiyani o’tkazadi. Sinaps yoki neyronlar orasidagi funksional bog’lanish (kontakt) 1897 yil Ch.Sherringtong tomonidan kiritilgan.
Sinapslar bir-biridan funksional vazifalari bilan farqlansada, ularda umumiylik ham kuchli. Ular ikki perisinaptik va postsinaptik qismdan iborat bo’lib, o’simta va hujayralarni bir-biriga tutashtirishga ko’ra aksonasomatik, aksonadendrit, akson-akson va dendrit-dendrit, somatodendrit, dendritosomatik sinapslar farqlanadi. Sinapslardan informatsiya o’tishi ko’p vaqtlargacha (1950) asosan elektr impulslari shaklida deb qabul qilindi. Lekin keyingi o’tkazilgan tajribalar bu yerda asosiy rolni ximiyaviy moddalar bajarishini tasdiqladi. Lekin mikroelektrod texnika sinapslarida elektrik yo’l bilan informatsiya o’tishini isbotlab, hozir har ikkalasi ham borligi tan olingan (umurtqasizlarda-elektrik sinapslar, umurtqalilarda ximiyaviy sinapslar ko’p). Perisinaptik qismdan ajralgan mediator (u holda sinaptik oraliq keng) postsinaptik qism membranasida maxsus retseptorlar tomonidan harakat potensiali vujudga keladi. Bu potensial postsinaptik qismdagi membranani ionlar o’tkazuvchi kanalining faoliyatini o’zgartiradi.
Elektr sinapslarda sinaptik oraliq juda tor qarshilik kam, shuning uchun ionlar to’g’ridan-to’g’ri o’ta oladi, shu yo’l bilan peresinaptik harakat potenetsial postsinaptik qismga oson o’tadi. Bu tok postsinaptik membranani depolyarizatsiyalaydi, natijada qo’zg’atuvchi postsinaptik potensial (VPSP) hosil bo’ladi.
Ximiyaviy va elektrik sinapslar bir-biridan farqlanadi:

  1. Ximiyaviy sinapslardan informatsiya o’tishi uchun 0,2-0,5 ms. latent davr kerak, elektr sinapslardan darhol o’tadi.

  2. Ximiyaviy sinapslar bir tomonlama, elektr sinapslar esa ikki tomonlama o’tkazuvchanlikka ega.

  3. Ximiyaviy sinapsdan qo’zg’alish va tormozlanish o’tsa, elektr sinapsdan faqat qo’zg’alish o’tadi.

  4. Ximiyaviy sinapslar elektr sinapslarga qaraganda oldingi holatlar (tormozlanish, qo’zg’alish) izini yaxshi saqlab qoladi.

  5. Ximiyaviy sinapslar haroratga sezuvchan bo’ladi.

Mediatorlar ajralishi. Mediatorlar neyron somasida shakllanib akson uchidagi peresinaptik zonaga borib alohida molekula shaklida emas, balki kvant holda ya'ni minglab molekula holida ajraladi. Peresinaptik zonaga somadan kelgan impuls, u yerdagi membranani depolyarizatsiyalaydi va oqibatda mediator ajralishini kuchaytiradi (ko’paytiradi). Bunday depolyarizatsiya Sa++ionlari ishtirokida effektli bo’ladi.
Elektromikroskop yordamida aniqlanishicha peresinaptik zonada vezikula yoki pufaklar bo’lib, ularda alohida-alohida kvant mediatorlari bo’ladi. Vezikuladan kvant mediator ekzotsitoz yo’li bilan peresinaptik zonada qo’yiladi va endotsitoz yo’li bilan yana to’lg’aziladi.
Ximiyaviy mediatorlar; Atsetelxolin, katixolaminlar (adrenalin, noradrenalin, dofamin), serotonin, neytral, aminokislotalar (glutamin, asparagin), kislotali aminokislotalar (glitsin, aminomoy kislota), polipeptidlar (ensefalin, somatostatin), ATF, gistamin, prostoglandinlar.
Bir neyron bitta mediator ajratadi xolos. Shunga ko’ra atsetilxolin ajratadigan neyronlar xolinergik, serotonin ajratadigan seratoninergik neyronlar deyiladi. Shu yo’l bilan sinapslar ham xolinergik va boshqa guruhga bo’linadi.
Atsetilxolin oddiy efir hisoblanib, u xolinga atsetilxolin-transferaza ta'sirida hosil bo’ladi. Peresinaptik zonada hosil bo’lishi bilanoq atsetilxolinesteraza ta'sirida parchalanib ketadi. U ko’pincha tormozlanish effektini yuzaga keltiradi. Xolinergik neyronlar o’rta miya retikulyar formatsiyasida, miyachada va po’stloqda uchraydi.
Katixolaminlar (dofaminergik neyronlar, adrenalin, noradrenalin, dofaminlar) tormozlanish va qo’zg’alishni vujudga keltiradi.
Serotonin triptofandan sintezlanadi, serotoninergik sinapslar ham tormozlanish ham qo’zg’alishni yuzaga keltiradi.



Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish