Suksessiya
O‘simliklar suktsessiyasi haqidagi ta’limot F.E. Klemints
tomonidan (Clements, 1916) yaratilgan. O‘simliklarning rivojlanish ketma – ketligi,
uning fikricha bir - necha davrlardan iborat bo‘lib, joyning iqlimi bilan jamoa
energetikasi mos tushganda u muvozanat holatiga ega bo‘ladi. F.E.Klementsga
ko‘ra, o‘simliklar rivojlanishining ketma-ketligi beshta davrga bo‘linadi: birinchi
davr - substrat yuzasida paydo bo‘lishi; ikkinchi davr – migratsiya, o‘simliklarda
urug‘ paydo bo‘lishi; uchinchi davr – urug‘ning o‘sishi; to‘rtinchi faza qarama -
qarshi harakat davri, ya’ni o‘simlikning unib chiqishi va uning atrof muhitga ta’siri;
beshinchi davr – o‘zini tutib olish, populyatsiya turlari yashash joyi sharoiti bilan
mos holatga kelishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |