Kommonerning ikkinchi qonunini
kengroq qarab chiqamiz. Bu
qonun har qanday tabiiy tizim muhitning moddiy, energetik imkoniyatlari hisobiga
rivojlanishini ko‘rsatdi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, absolyut chiqindisiz ishlab chiqarish mavjud emas.
Faqat kam chiqindili ishlab chiqarishga erishish mumkin. Ekotizim va biosfera
chiqindisiz ishlaydi degan tushuncha xatodir. Keng ma’noda olsak, ko‘mir
qatlamlari, tabiiy neft, ohaktosh, chili selitrasi, hatto kislorod - biosfera chiqindisidir.
Lekin tabiat chiqindisini kamaytirishga harakat qiladi. SHuning uchun ham bir
organizm chiqindisi ikkinchisi uchun yashash sharoitini tashkil etadi, buni tuproq
misolida ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |