ISHNI BAJARISH TARTIBI.
1. YOrug’lik manbai elektr tarmog’iga ulanib, kondensorlar, Nyuton qurilmasi, fil`tr bitta o’qqa joylashtiriladi.
2. Ekranda rangli konsentrik halqalar hosil bo’lgani qadar K2 kondensorni optik taglik bo’yicha chapga yoki o’ngga suriladi. Aniq kuzatilmasa K1 – kondensorni ham optik taglik bo’yicha surish kerak.
3. Ekranda konsentrik halqalar hosil bo’lgandan so’ng, to’lqin uzunligi ma’lum fil`tr quyiladi va ekranda sodir bo’lgan rangli aylanalarning diametrlarini shtangensirkul` yordamida o’lchab olinadi. Ko’p qo’shni aylanalarning diametrlari o’lchansa yaxshi bo’lardi.
4. Olingan natijalar asosida va (9) ifodadan foydalanib yassi qavariq linzaning egrilik radiusi aniqlanadi. Uning o’rtacha qiymati va o’rtacha kvadratik xatoliklari topilsin.
5. Bir nechta fil`trlarni qo’yib, hammasi uchun ko’ringan konsentrik aylanalarning diametrlari shtangensirkul` yordamida o’lchanadi.
6. Olingan natijalar asosida va (10) ifoda yordamida monoxromatik to’lqin uzunliklar hisoblanadi. Ularning o’rtacha qiymati va o’rtacha kvadratik xatoliklari topiladi.
9 - LABORATORIYA ISHI
ELEKTR FOTOMETR YORDAMIDA YORITILGANLIK QONUNINI
O’RGANISH.
Kerakli asboblar: elektr fotometr, mikroampermetr,
fotoelement, past kuchlanishli lampa, tok manbai.
Ishning maqsadi: elektr fotometr nima maqsadda ishlatiladi,
uning tuzilishi, ishlash prinsipi, elektrfotometr yordamida yorug’lik kuchini aniqlashni o’rganish.
ELEKTR FOTOMETRNING TUZILISHI.
Y Orug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi sezgir fotoelementdan, fototokni qayd qiluvchi mikroampermetr, fotoelement yuzasini yorituvchi yorug’lik manbai, fotoelementdan yorug’lik manbaigacha bo’lgan masofani o’lchash uchun darajalangan uzunlik asbobi, yorug’lik manbasidan iborat.
1 – fotoelement,
2– mikroampermetr,
3 – yorug’lik manbai,
4 - darajalangan chizgich,
5 – tok manbaiga o’lovchi vilka.
F
1 rasm
otoelement g’ilof ichida joylashtiril-gan. Sababi xona yorug’ligida ham fotoelementda fototok hosil bo’ladi. Bu o’lchash jarayonida xatolikni oshirib yuboradi. Ishni bajarishdan oldin uskunani sinchiklab ko’z bilan ko’rib chiqish kerak. Lampani manbaga ulashdan avval, uning balandligini fotoelement yuzasida markaziga mos joylashtirish kerak. G’ilofni berkitib, lampani tok manbaiga ulab, hosil bo’lgan fototok kattaligini qayd qilamiz. So’ng bir necha bor lampaning balandligini o’zgartirib, mikroampermetrning eng katta og’ishida lampa vaziyatini mahkamlash kerak. Fotoelemet g’ilofini berkitib, ishni bajarishga o’tish kerak. YUqorida ko’rsatilgan amallar bajarilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |