3 rasm
aboratoriyada visual fotometrdan foydalanmiz. Uning tuzilishi 2-rasmda keltirilgan. Qaytarish koeffisenti katta bo’lgan bir Hil sirtning ikki tomoni yorug’lik lampalari bilan yoritiladi. Ulardan qaytgan yorug’lik nurlari bir-biri bilan optik kontaktga keltirilgan to’g’ri burchakli ikkita shisha prizmalardan o’tadi (3-rasm). SHisha prizmalardan o’tgan yorug’lik nurlari vizual fotometrning ko’rish maydonida ikki konsentrik sirtlar shaklida ko’rinadi (4-rasm). Sababi, shisha prizmalarning optik kontaktga keltirgan qirralari bir-biriga teng emas. Birining ikki chekkasi egri sirt shaklida (3-rasm). Egri sirtga ega bo’lgan prizmada yorug’likning to’la ichki qaytishi tufayli uning ikki chekkalarida yorug’lik nurlari o’tmaydi. SHunday qilib, egri sirtli prizma ko’rish maydoning markazi qismi tekis qirralari prizma ko’rish maydonining tashqi aylana sirtini yoritadi. Okulyar yordamida konsentrik aylana sirtlarining chegarasini aniq ko’rishga erishiladi 4-rasm. Ish bajarish jarayonida ko’rinish maydonidagi konsentrik sirtlarning ravshanligi bir-biridan farq qilsa, ular tenglashgunga qadar lampalarning vaziyatlari r
1 va r2 masofalarni optik taglik bo’yicha o’zgartirish kerak.
ISHNI BAJARISH TARTIBI: I - QISM 1. Optik taglik gorizontal tekislikka parallel joylashtiriladi. Uning uchun optik taglik tegidagi boltlarni kerakli tomonga aylantirish kerak.
2. Vizual fotometr difuzori va unga nisbatan ikki tomonga qo’yilgan yorug’lik lampalar bir Hil balandliklarda joylashtiriladi.
3. YOrug’lik manbalari elektr tarmog’iga ulanib, fotometr okulyari yordamida ko’rish maydoniga qaraymiz.
4. Ko’rinish maydonida konsentrik sirtlarning yoritilganliklari bir Hil bo’lgunga qadar, yorug’lik lampalarini optik taglik bo’yicha o’nga yoki chapga suriladi (3-rasmda r1 va r2).
5. Konsentrik sirt yoritilganliklari teng bo’lganda, ularni ajratib, turuvchi chiziq yo’qoladi. SHu vaqtdagi vizual fotometr markazdan Har bir lampalargacha bo’lgan masofani chizg’ich yordamida 4-5 marta o’lchanib olinadi. Ularning o’rtacha qiymati topiladi.
6. Lampalar vaziyatini o’zgartirib; 3-5 punktlarda yozilgan amallar takrorlanadi. Lampalarning 5-6 xil vaziyatlari uchun fotometrdan lampalargacha bo’lgan masofalarning o’rtacha qiymatlari topiladi.
7. ifoda yordamida noma’lum lampaning yorug’lik kuchi topiladi.
5 rasm
IH - Noma’lum lampa yorug’lik kuchi; Iz- etalon lampa (yorug’lik kuchi ma’lum lampa) yorug’lik kuchi; rH- fotometrdan noma’lum lampagacha bo’lgan masofa; rz- fotometrdan etalon lampagacha bo’lgan masofa.
8. Noma’lum lampa yorug’lik kuchi o’rtacha qiymati va o’rtacha kvadratik xatoliklari Hisoblanadi.
9. belgilabgrafigi chizilsin. (5 rasm).