Aqliy tarbiya
vositalari
Maktabgacha yoshdagi boialaming faoliyati o’zining turi, mazmuni, shuningdek, aqliv rivojlanishga ta’sir ko'rsatish imkoniyatiga ko'ra ham farq qiladi. Shubbasiz, bolaning ko'z o'ngidagi xilma-xil faoliyat turlari turli bilishga doir vazifalarni, u yoki bu faoliyat orqali hal etiladigan yechimlarni paydo qiladi.
Maktabgacha yosh davrida tashkil etiluvchi muhim faoliyat turlari dan biri -kun tartibiga amal qilish bilan bogriiqkundalik-maishiy faoliyatdir,
Mazkur faoliyat mazmimi ay nan sensor rivojlanishga samarali ta’sir ko'rsatishi bilan alohida ahamiyatgaega. Yuvinish jarayonida bolalar issiq va sovuq suvni farqlashga o'rganishadi. suvning boshqa xususiyatlarini biiib olishadi, sovunning hiding sochiqnmg quruq va namligini his etadilar. Ertalabki nonushta, tushlik va kechki ovqatlanish vaqtida bolalar taom. mahsulotlarning o'ziga xos xiisusivatlari, ularning tabni, hidi. rangi kabilar bilan tanishishadi. Kun tartihini bajarish jarayonida bolalar fazoviy harakatlar (o‘ng, chap qo‘l, oyoq, yon tomon, orqa tomonjni bajanshadi. Bolalarning kun tartibi vaqtining belgilanganligi ularga sut- ka qismlari (kun, tun), hafta kunlari, bugun, ertaga. hozir, key in kabi tushunehalarni o‘zlashtirishga yordam beradl. Bolalar vaqtni qadrlash, kecbikmaslik, kuttirib qo'ymaslik kerakliginl oYganishadi.
Bolalar idish. mebek kiyimlarning nomlarini biiib oiadilar, ular tay- yorianadigan materiallar bilan tanishadilar. ulardan foydaianish qoidalarini o'zlashtiradilar, Malakali tarbivachilarturmushgaoid narsa-buyumlar bilan tan ishtirish jarayonida qiyoslash, guruhlash mashqlari vordamida bolalarda analitik-sintetik taoliyatni rivojlantirishga harakat qiladilar.
Yuvinish, kiyinish, yec-hinish, ovqatlanish, stolni tuzatish uchun zarur ketma-ket harakatlarni o'zlashtirish va amalga oshira olish diqqat, xotira. fikrJash, xulq-atvorni boshqara olishga e'tibor qaratishni talab eladi. Tar- biyachi bolalarning diqqatini tartibi ilik, tevarak-atrofdagi kishilar lao- liyatiga jalb etadi. Bularning hammasi bolaning fikrlash doirasini kengay- tiradi va aqliy rivojlanishi uchun imkonivat varatadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy tarbiyasi o‘ym faoliyati orqa 11 amalga oshadi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan maxsus o‘.yinlar (harakat 11, didaktik) bolalar o’zlash-tirishi lozim bo’lgan turfa xil bilim. fikrlash jarayonlari, aqliy harakatlar bilan yakunlanadi.
Ijodiy o yinlar o'z tabiatiga ko‘ra tasviriy (gavdalantira olish) tavsifga ega bodib, unda bolalarning tevarak-atrof haqidagi iasavvurlari. avval egallagan bilimlari aks etadi. O-yinlar jarayonida mavjud bilimlar yangi bosqichga ko'tariladi: nutq orqali ifodalanadi, shuningdek. umumlashadi, qayta 0‘zlashtiriladi, takomillashadi. O'yin jarayonida muloqot qilish orqali bolalarning bilimlari oshadi, o‘zaro bir-birlari bilan fikr almashi- shadi, kattalarning maslahatlariga, qohshhncha ma'lumotlar olish uchun boshqa manbalarga e'tibor qaratishadi.
Bolalarning aqliv rivojlanishida shuningdek, kompyliter o‘yinlari, muUimediali dasturlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kun-
da axborot texnologiyalari ta’lim sohasida ota-onalar, pedagogiar va bos’nqa mutaxassisl anting iinkoniyatlarini. xususan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolaiarga ta’lim berish yo'llarini sezilarli darajada kengaytir- nloqda. Zamonaviy kompyuteriardan unumli va samarali foydalanish yosh bolalaming iqtidorlarini to'la ochiiishiga va qobiliyatlarini tako- millashtirishga yordam berishi. shubhasizdir. Rivojiangan davlatlarda bolaiarga mo‘ljallangan kompy uter dasturlarining ko’piab turlari ishlab chi- qilgan, Rcspublikamizda ham 2008-yildan boshlab "Biiimdorf' turkumidagi kompy uter rn ashg' ut o t-o' y ml ari ishlab chiqila boshlandi. Ana shu turkum doirasida ishlab chiqilgan "Rang va shakllami o’rganamiz” dasturi 3-5 voshli bolalaming aqliy rivojlanishi uchim katta imkoniyatlarga ega.
Dasturdan foydalanish orqali bolalar quyidagi bilimtarga ega boMishadi:
oltita asosiv ranglami (qizil, sariq, yashil. ko'k. oq. jigarrang) osonlik bilan o‘rgahib oladilar;
ranglami predmetlar bilan bog'liqlikda “ko'rish” hissini rivojlan- tifadilar;'
har bir rang haqida qiziqarli she’rlarni biljb oladilar;
to‘rtla asosiv shakl ni (doira, uchburehak. to'rtburchak. teng tomonli to4rtburchak) bir-biridan ajrata oladilar;
turli predmetlarda shakllarni belgilay olish qobiliyatini rivojlan- tiradilar;
prcdmetlarni turli xususiyatlari orqali guruhlay oladilar:
berilgan predmetlar ichidan mantiqiy ortiqchasini aniqlay oladilar:
dastur orqali bolalaming flora (o'simlik) va fauna (hayvonot) dun- yosi bilan yaqindan tanishishlari ta’minlanadi;
rnayda bodaklardagi o‘zaro uzviy bogfliqliklarni aniqlash malakasi rivojlanadF.
Dasturning rang va shakllarini okrgatuvchi sahifalarida bolalaming o’rganishlari oson bo'lishi uchun avval ikkita rang (yoki shakl) birma-bir ko'rsatitib nomi aytiladi va joyi o.'zgartirilib, ular birin-kefln so'raladi. So'ralgan rang (shakl) bola tarafidan to‘g‘ri ko'rsatilsa* u olqishlanadi va kevingi rang so'raladi. Uslubiy jihatdan bolalaming to'g'ri javoblarini olqishlanishi uiarda o'rganishga rag‘batni oshiradi. Bordi-yu, bola so’ral- gan rangni noto'g'ri beigilasa. xatoga yo‘l qoA'gani bildiriladi va qayta harakat qilib ko'rishi so'raladi. 22
22. Rang va shakllarni ohganamiz. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun. multimedia dasturi. - T.: "'O'zbegim dastur lari". 2008. - 3-b.
98
Dasturda boialar bilimining ichki - dasturiy nazorati programmalash-. tirilgan. Dasturdan foydalanayotgan bolaning vo'l qo'yayotgan xatolari tahlil qilib boriladi va bola adashavotgan yo‘nalishda xatolar son! ko‘- payishi bilan uning bilimini mustahkamlaydigan o'yin boshlanadi,
Dasturda bir qator rasmlarni kichik bo‘laklardan to'piab, yaxlit holga keltirish o‘vini ham o'rin olgan. Bola vazifani to'g'ri bajarsa rasm syuje- tiga mos ovoz eshittiriladi. Jami yigirmata rasmni kichik parchalardan to'plash shart qiiib beriiadi. Rasmlarning avvalgilari faqat to‘rt boMakka bodingan bo'Isa, kcyinroq olti bo'lakka bo'lingan rasmlarni yaxlit holga keltirish so‘raladi. Dastur ilk o‘rnatilganda olti rasm bu o'yin uchun faol turadi. Bolar ranglar va shakllarni o‘rganish bo'yicha qolgan mashqlarni bajarish asnosida qolgan rasmlar ham faollashib boradi.
Faolivatning samarali turlari (mehnat, konstruktiv, tasviriy) fikrlashni r ivoj 1 anti r is lining keyingi rejalashtirilgan vazifalarini amalga oshirish uchun o'ziga xos imkoniyatlarni yaratadi. Bola o'zining amalga oshirgan harakatlari natijalarini ko‘ra oladi, bajarilayotgan ishning bosqtchlari, uni amalga oshirish usullarini aniqlaydi.
Mehnat faoliyatiga asoslangan aqliy tarbiya bolalarning sensor taj- ribalarini boyitishga yo'naltirilgan: materiallar, ularning belgilari, xu- susiyatlari, amalga oshirilgan faoliyat natijasida vuzaga keladigan .o‘z- garishlar (qum suv sepilgach nam bo'ladi; chopilgan yer yumshoq bo‘lib qoladi, sovun suvda.ko‘piradi) bilan tanishadi. Bolalarda materiallar, mehnat qurollari va vositalari. mehnatga doir harakatiarni bajarish haqidagi bill ml ar tizimi shakllanadi.
Ayniqsa, qoi mehnati tasavvur (shu jumladan, fazoviy). topqirlik, ijodkorlikni rivoji ant Irish uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
Tabiat qo’ynida amalga oshiriladigan mehnat bilish faoliyatida alohida ahamiyat kasb etib. bolalarni o‘simliklar va hayvonot dunvosining o‘ziga xosliklari bilan tanishtiradi, sabab-aloqadorliklarni hosil qilishga, xulosa- lar chiqarishga. lafakkur yuritishgayordam beradi.
Yer uchastkasida, tabiat burchagida o‘sayotgait o‘simUklarni. boialar qiziqish bilan kuzatadilar. o'simliklarning o‘sishi uchun ma'lum sharoitlar (namlik, vorugiik, issiqlik) zarurligiga ishonch hosil qiladilar. Ana shu tarzda tabiat qoAnidagi mehnat bolalarning nutqiy-mantiqiy fikrlasliining shakllanishiga imkon beradi.
Bola hayotining dastlabki davr-laridanoq moddiy va ma’naviy mada- niyat buy um lari aqliy tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo‘la-
di. Bunday moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlariga xilma-xii o'yin- lar, o'yinchoqlar, tasviriy san'at, arxitektura. amaliy san’at asarlari kiradi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim mu ass as aland a milliy madaniyat durdonalaridan aqliy tarbiva vositasi sifatida keng foydalanilmoqda. Milliy madaniyat durdonalariga milliy qo‘shiqlar, raqs, xalq og'zaki ijodi, asbob-anjomlar, kivimlar; milliy uiT-odatlar. bayramlar, marosimlar kiradi. Milliy madamyanting bilish faoliyatiga doir mazmuni nihoyatda boy boMib, tarbiyalanuvchilarda xalqning havoti va turmush tarzi, uning milliy qivofasl, hunarmandchiligi va boshqalar haqldagi dastlabki tarlxiy ta- savvurlar sltakllanadi.
Aqliy tarbiyaning yana-bir kompleks tavsifga ega vositaiandan biri muzeylar (tarixiy, san’at. o:lkashunoslik)dir. 2008-yil 11-avgustda respublikamizdagi CVzbekiston tarixi davlat muzeyi qoshida ‘‘Bolaiar muzeyi” ochilgan. Bolaiar muzeyi tasviriy san’at. kulolchilik, hunarmand- chilik, arxeologiyaga doir materialiar bilan jihozlangan. -Aynan muzey- ning.o‘zida bolaiar tomonidan turli buyumiarni yasashga doir interfaol mashg;u!otlarni o'lkazisli yo'iga qolyilgan. Bularning hammasi bolalar- ning aqliy sal ohi vat ini rivojlantirishga xizmal qiladi. Shuningdek, bar bir maktabgacha ta'lim muassasalarida kichik muzeylar yaratish maqsadga muvofiqdir.
? NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAB 1 2 3 4 5 6 7 8 9
1. Aqliy rivojlanish deganda nima tushuniladi?
2. Aqliy rivojlanishning tarkibiy qismlarini sanab bering
3. Aqliy tarbiya tushunchasiga ta'rif bering,
4. Maktabgacha ta’lim yoshidagl bolalarni, aqliy tarbiyalashning zaruriyati nimalardan iborat?
5. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
6. Sensor tarbiyaning maqsad va vazifalari nimadan iborat?
7. Sensor etalonlarga nimalar kiradi?
8. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda iikrlashning qaysi turlarini rivojlantirish rnuhim ahamiyatga ega?
9. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning aqliy tarbiyasida qaysi bilish jarayonlari muhim rol o‘ynaydi?
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish qaysi faoliyat turlari asosida amalga oshadi?
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda bilishga qiziqish va qiziquvchanlikni tarbiyalashda nimalarga e’tibor qaratishlozjm?
Aqliv tarbiya vositalariga nimalar kiradi?
Bolalarning aqliy rivojlanishida kompyuter o‘vinlari. multimedia dasturlarining ahamiyatini qanday baholaysiz?
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchunmodjallangan qanday multimedia dasturlarini bilasiz?
O’zbekiston tarixi davlat muzevi qoshida ochilgan"Bolalar muzeyi”gaekskursiyauyushtiring va "Bolalar muzeyimening nigohimda” mavzusida o‘quv loyihasini tayyorlang.
? MAVZU YUZASIDAN TEST TAR
Aqlkuchi va fikrlashning birgalikdagi taraqqiyoti ... ning asosidir.
aqiiy tarbiya
aqliy rivojlanish
aqliy karnolot
aql teranligi
Do'stlaringiz bilan baham: |