0‘rta pog'ona rahbarlarini sifatni ta’minlash masalalariga о qitish. 0‘rta bo‘g‘in rahbarlarini alohida dastur bo‘yicha o'qitish kerak, chunki ular quyi bo‘g‘in rahbarlarini tayyorlash uchun mas’ul shaxslar hisoblanadi. Ular sifatni oshirish usullari, jamoaviy boshqaruv va ishni yaxshilash jarayonining tamoyillarini barcha bo‘ysunuvchilarga targ‘ib qiladilar. Har bir funksional bo‘linmaning rahbarini o'qitish dasturlari bir-birinikidan ajralib turadi. Kirish kursining tuzilishi yuqori boshqaruvchilarnikiga o‘xshab ketadi, lekin muammolarni hal qilish usullari, jarayonlarni tartibga solish, jamoaviy boshqaruv uslubiyoti, rahbarlikning ehtiyotkorlik uslubiga o'tish va mehnatning benuqsonligi konsepsiyasini qo'llash masalalari yanada mukammal yoritiladi. Kurs muayyan xo'jalik vaziyatlarini hal qilish va ishbilarmonlik о‘yin lari ni o‘z ichiga olishi zarur.
Kirish kursining boshlanishida so'rovnomani to‘g‘ri javoblar bilan to‘ldirish va ularga izohlar berish 0‘rganuvchilarga taklif qilinadi. Kursning oxirida ham so'rovnomalar to‘ldirilishi, shuningdek, har bir savol muhokama qilinishi lozim. Natijada kirish kursi o‘rganuvchilarning yuqori sifatga erishishga bo‘lgan ishonchini qanchalik mustahkamlaganini bilib olamiz.
Tasdiqlash yoki rad qilish shaklida so'rovnoma savollariga javob beriladi: Firma tomonidan taklif qilinayotgan mahsulotlar, xizmatlarning sifati uchun sifatni ta’minlash xizmati javobgarlikka ega. — Yo‘q.
Sifatni ta’minlash xizmatining vazifasi mahsulot sifatining talab darajasida ekanini va bu haqida rahbariyatni hamda tuzatish choralarini ko‘rishga vakolatli shaxslami xabardor qilishdan iborat. Mehnat faoliyati standartini o'rnatishda hamma xodimlaming xato qilishi hisobga olinishi lozim. — Yo‘q.
Standart nuqsonsiz ishlashni ko‘zlashi kerak. Xatolarga yo‘l qo'yilishini hisobga olib tuziladigan standart ularning yuzaga chiqishiga sabab boiadi. Standart har qanday ishning bexato bajarilishini anglatadimi? — Yo‘q. Ishchi ishtirok etadigan jarayon mehnatning benuqsonligini ta’minlamasa, rahbariyatning o‘zi nuqsonlarni aniqlashi va tuzatishi lozim. Ishni o‘z vaqtida, biroq ba’zi bir nuqsonlar bilan bajarish uni kechikib juda soz bajarishdan yaxshiroq. — Yo‘q.
Nuqsonlarni tuzatgandan ko‘ra ishni har doim to‘g‘ri bajarish lozim. Oddiy ishchilar ko‘plab xatolar va nuqsonlarning sababchisi bo'ladi.
Yo‘q.
Ko‘pincha muammolarning atigi 15% ini oddiy ishchilar yuzaga keltiradi. Qolgan 85%i rahbariyatning ishi bilan bevosita bog'langan. Rahbariyat xodimlarni ishni yuqori sifat bilan bajarishga rag‘batlan- tirishi lozim. — Yo‘q.
Ishchilarning katta qismi o‘zlarining birinchi ish kunini ilhom va ishtiyoq bilan boshlaydilar. Malakaning yetishmasligi va ishga e’tiborsizlik oqibatida ko‘plab xatolar kelib chiqadi. — Ha. Bu ikki holat muammolar yuzaga kelishining asosiy sababchisi hisoblanadi.
Mahsulotning sifati uning konstruktorlik hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi bilan belgilanadi. - Yo‘q.
Sifat iste’molchilarning xohishlariga muvofiq bo‘ladi va ularning to‘lov qobiliyatiga mos narxda taqdim etiladi. Hujjatlar iste’molchilarning haqiqiy kutishlarini ifodalashi yoki ifodalamasligi ham mumkin.
Bizning korxonalarda sifatni ta’minlash ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishdan ustun. — Ha.
Agar mahsulot sifatini ta’minlash birinchi darajali vazifaga aylansa, mahsulot optimal narxda sotiladi. Natijada kamroq xarajatlar qilib ko‘proq mahsulotlarni ishlab chiqarishdan tashqari mahsulotlarning yuqori narxda sotilishini ham ta’minlaydi. Chunki mahsulotning sifatliligiga ishongan iste’molchilar unga ko‘proq haq to'lashga tayyor turadilar. Mahsulotning sifatini ta’minlash rejani bajarishdan muhim. — Ha.
Ko‘p vaqt, kuch va vositalar nuqsonh mahsulotlarni qayta ishlashga sarf
bo‘ladi. Shuning uchun, ishni boshlanishidanoq to‘g‘ri bajarish kerak. Bizning korxonamiz mahsulotning sifati pastUgidan yuzaga kelgan xarajatlarni hisoblash tizimiga ega. — Ha.
Agar bunday tizim bo‘lmasa, uni yaratish kerak. Ko‘p hollarda personal past sifat oqibatida yuzaga kelgan xarajatlarni hisoblash tizimi, undan samarali foydalanish yoilari haqida toiiq axborotga ega bo'lmaydi. 0‘qitish jarayonida bu muammo inobatga olinishi lozim. Xatolar sonini kamaytirish takomillashuvning eng ma’qul mezo- nidir. — Yo‘q.
Xatolar sonini emas, balki sifatning pastligi oqibatida yuzaga kelgan xarajatlarni kamaytirish takomillashuvning bosh mezoni hisoblanadi. Ish natijalarimning sifatini o‘lchash mumkin. — Ha.
Har bir bo‘linma, ishchi mehnatining natijalarini o‘lchash mumkin. Bundan tashqari, xizmatchilar, yordamchi bo‘linmalardagi ishchilar mehnatining natijalarini ham o'lchash mumkin. Buning uchun qo‘shimcha qiymatni yaratishga sarf bo'lgan ish hajmini aniqlash, so'ngra bu qiymatning qanchalik samarali yaratilganini o'lchash kifoya. Boshqarishning eng maqbul tizimi xatolarning oldini olish hisoblanadi. — Ha.
Xatolarni profilaktika qilishga kiritilgan mablag‘lar 50 000% ga yetishi mumkin. Rahbarlar muammolarni bartaraf qilish o'rniga ularning oldini olishga o‘tsalar, tashkilot, korxona faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar sodir boMadi. Ishni yaxshilash jarayoni — ishchilar va rahbarlarni xatolarni kamaytirishga rag'batlantirish dasturi. — Yo‘q.
Ishni yaxshilash jarayoni — rag'batlantirish dasturi emas, balki tashkilotning yangilanishidir. Dasturlar, odatda, muayyan kalendar davrida amalga oshiriladi va amal qilinish muddati tugagandan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi. Faoliyatni yaxshilash jarayoni esa xo‘jalik yuritish tizimining ajralmas qismiga aylanishi kerak. Jamoaviy boshqaruv quyi pog‘ona rahbariga manfaat keltiradi. — Ha.
Ishchilarga o‘z ishiga nisbatan ko‘proq qarorlami qabul qilish va boshqa
majburiyatlaming yuklanishi rahbarlaming yanada muhimroq vazifalami bajarishi va qo‘shimcha majburiyatlarni qabul qilishini ta’minlaydi. Bu esa rahbarlar tomonidan yuqori mas’uliyatli topshiriqlaming bajarilishiga imkon beradi.
So‘rovnomaga kiritilishi lozim bo'lgan savol: sizning uchastkangizda vaqtning qancha foizi sifatning saviyasini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o‘matilgan talablarga muvofiqligini tekshirishga sarflanadi?
Past sifat oqibatida sarflanadigan xarajatlar mahsulotning xossasi, murakkabligi va boshqaruv uslubiga mos holda o'zgarib turadi. Ular yaxshilash jarayoni tatbiq qilinmagan yordamchi bo'linmalardagi xizmatchilar va ishchilar mehnat sarfining 20—30% ini va ishlab chiqarish bo'linmalari qo'shimcha qiymatining 30—40% ini tashkil qilishi mumkin.