Uzun kechalar
63
- Men nima qilay? - Lola keskin burilib qaradi. - Qa-
chondan beri bitta kastumchik ololmayman.
- Yana qanaqa kastumchik?
- Aytganim bilan oberish qo‘lingizdan kelarmidi? - Lo
la „Senga gapirdim nima-yu, gapirmadim nima“, deganday
yana teskari qarab oldi.
Ochil uf tortdi. Bu qandoq gap? Qachon kiyimga to‘yadi
bu xotin! Shuncha kiyimi b o ia turib, yana xarxasha qilib
o‘tiribdi. Har gal oylik olgan kuni uyda to‘polon boshlanadi.
Lola uning maosh olib kelishini kutmasdanoq biron narsa
olib qo‘ygan boiadi.
Ochil naridan beri qo‘lini yuvib chiqdi-da, borib stol oldi
ga o‘tirdi. Lola narigi xonaga kirib ketgan, stol ustida boyagi
pullar hamon sochilib yotardi. Ochil pullami yig‘di, taxladi,
stol chetiga surib qo‘ydi. U bugun majlisga tayorlanib tushlik
ham qilolmagan, peshinda ikkita ,,gumma“ yeb olgan edi. Ho
zir qattiq toliqqanini, qomi ochganini sezdi.
- Ovqatingni obkel, - dedi bo‘g‘iq ovoz bilan.
Ichkaridan Lolaning asabiy tovushi eshitildi:
- Qozonda turibdi, o‘zingiz suzib ola bering.
- Qanaqa ovqat? - dedi Ochil o‘midan turib.
- Non qovurdoq.
Ochilning qoni qaynab ketdi;
- Bu qanaqa gap! - dedi baqirib. - Bir kun non qovurdoq,
bir kun makaron qovurdoq! Durustroq ovqat qilish ham qo‘-
lingdan keladimi-yo‘qmi?
Lola xuddi shuni kutib turgandek, yugurib uning oldiga
chiqdi. U sochini hamon turmaklamagan, yelkasi bilan bitta
bo‘lib yoyilib yotardi.
-A w a l bu yog‘ini qoyil qilib qo‘ying! - dedi u o‘yib ola-
digan ohangda. - Qaysi qoplab tirab qo‘ygan narsalaringiz-
ga yaxshi ovqat pishiraman? Odam faqat ovqat yeyish uchun
yashaydimi? Odamlar xotinini brilliantga belab qo‘yibdi.
Tug‘ilgan kuniga shubalar, tilla sepochkalar sovg‘a qilyap-
64
О ‘tkir Hoshimov
ti! - uning chiroyli, boiiq lablari burilib, ovozi birdan titrab
ketdi. - Dunyoga kelib nima ko‘rdim! 0 ‘zingiz ayting, nima
ko‘rdim! Humayradan nimam kam?
- Humayradan sening kaming yo‘q. - Ochil hazil bilan
qutulmoqchi bo‘ldi, - faqat uning eri bilan mening farqim bor.
Uning eri chayqovchi.
- Shuning uchun siz bir oyda topgan pulni u bir kunda
topadi, - dedi Lola uning gapini bo‘lib.
- Lekin uning xotini tinch uxlaydi, osmon-u falakda yura-
di, men bo‘lsam notinch uxlayman, - dedi Lola hoziijavob-
lik bilan. - Chayqovchimi, balomi-battarmi, qoyil qilyaptimi,
qandini ursin. - Endi uning lablari burilmas, ovozida g‘azab,
rasmana g‘azab bor edi.
- Qani ayt! - dedi Ochil bo‘g‘ilib. - Nima qilay? 0 ‘zimni
osaymi, otaymi, yo bozorga chiqib mardikorlik qilaymi?
- Qiling kuchingiz yetsa! Mardikor jillaqursa peshin-
da tekinga ovqatlanadi! Sizning topganingiz yo‘lkira bilan
,,abedingiz„dan ortmaydi, ,,boyvachcha“!
Lola yaxshi merganlardek erining yuragiga nayza san-
chishga usta edi. Hozir ham mo‘ljalga bexato urdi. Ochil-
ning boshiga qon gupullab urildi. Tegib olguncha yo‘liga
ko‘z tikkan, parkning qorong‘i burchaklarida uning qoshini
silab, „Qoshingaz muncha quyuq“, deb erkalagan, sochini
siypalab, „sochingiz muncha qaysar“, deb erkalangan qiz
shumidi? Ochil endi kerak bo‘lmay qoldimi? Ochil shiddat
bilan boshini ko‘tardi. Mushti bir tugildi-yu, shaytonga hay
berdi. Imillab borib televizomi qo‘ydi. Bugun futbol borligi
esiga tushib, ko‘nglining bir chekkasida taskinga o‘xshash
tuyg‘u paydo bo‘ldi. Hali ekran yorishmasdanoq sport sharh-
lovchisining tanish, yangroq ovozi eshitildi. Ochil qaytib
kelib stulga o‘tirgan edi, ekranda yashil maydon, guvullab
shovqin solayotgan odamlar ko‘rindi. Bugun xalqaro o‘yin
bo‘layotgani uchun sharhlovchi, ayniqsa, tantanavor ovoz-
da gapirar, stadion hayajonli shovqinga to‘lgan edi. Endi
Do'stlaringiz bilan baham: |