0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
Uning tovushi paxtazor ustida anchagacha elas-elas sado 
berib turadi.
Muyassar tergan paxtalarini uyib, etakka bosadi, yukning 
og‘irligidanmi, o‘yga tolibmi, boshini quyi solgancha, xir- 
monga chiqib boradi.
Shoqosim aka etakni temir taroziga qo‘yib, toshni surar- 
kan, salqi qovoqlarini lipillatib Muyassarga qarab qo‘yadi. 
Burushiq yuzi oqarib ketganday bo‘ladi:
- Qirq sakkiz kilo... Mazangiz yo‘q-ku, kelin!
Muyassar uning nimaga shama qilayotganini bilib, g‘ijin-
di. ,,0 ‘yin-kulgidan bo‘shamay qolding“ demoqchi-da.
U bir gap bilan qayirib tashlagisi keladi-yu, yoshini hur- 
mat kilib, o‘zini tiyadi. „Mayli, - deb o‘ylaydi paxtani xir- 
monga ag‘dara turib. - Bu odamning odati shu. Yuz yil asal 
bilan boqsangiz ham og‘zidan shirin gap chiqmaydi“...
Qizlar kattakon qayrag‘och soyasida, hovuz labida o'tirib 
tushlik qilishadi. Qayrag‘och shoxlarida yuz-yuzlab chum- 
chuqlar chirqillaydi. Qayoqdandir shamol kelib, hovuz yuzi- 
dagi mayda-mayda jilolar yelkasiga minib oladi.
Orqa tomondan mashina tovushi eshitiladi.
- Rais buva kelyaptilar! - deydi qaysidir qiz qo‘ng‘iroq- 
day ovoz bilan.
Baland bo‘yli, qotma, tetik rais ochiq chehra bilan hay- 
qiradi:
- Hormanglar, qizlar!
Qizlar quvnoq salomlashishadi.
- Barakalla, qizlar!!! Yashanglar! Plan to‘lgan kuni ham- 
mangizni Toshkentga - tomoshaga olib boraman.
- Naq Toshkentning o‘zigami? - deydi orqaroqda o‘tirgan 
qizlardan biri ishonqiramay.
- Naq Toshkentning o‘ziga!
- Kinoga ham tushamizmi?
Rais beg‘araz qah-qah uradi:
- Teatrgayam tushamiz!


Uzun kechalar
75
Rais yaxshi odam. Chindan ham har yili qizlami bir-ikki 
marta shaharga - teatrga olib boradi.
- Qani, - deydi u hammaga bir-bir qarab. - Kim eng yax­
shi ishlasa, o‘shani kelin qilaman. Xohlasa, mexanizatorlar 
kursiga jo ‘nataman.
Hovuzda kosasini yuvayotgan qop-qora qiz - E’tibor yel- 
kasi osha o‘girilib qarab, bijir-bijir qilib gapirib tashlaydi:
- 0 ‘zi bitta o‘g‘lingiz bor, qaysi birimizni kelin qilasiz? 
Uyam bo‘lsa shaharda o‘qiydi. Kim bilsin, hali bola-chaqasini 
boshlab keladimi.
Hamma qah-qah urib kuladi, rais ham.
...Yana o‘sha paykallar, chanoqlar, paxtalar... Muyas­
sar yana ishga sho‘ng‘ib ketadi... Qo‘llari yana chanoqlar 
uchida o‘ynaydi. Oqshom shafag‘i yuziga kul tortgani- 
da paykaldan chiqishadi. Muyassar uyga qaytishdan oldin 
kanal bo‘yiga keladi: sigirga o‘t yulish kerak. Muyassaming 
yonginasida chigirtka nag‘masini boshlaydi. Oromli sukunat- 
ni chuqurlashtirib uzoq, tinimsiz chirillaydi. Suv yuzida baliq 
sakraydi. Choip etgan ovoz eshitiladi-yu, yana sukunat qu- 
yilib keladi, Allaqayoqdan uchib kelgan baliqchi qush suvga 
sho‘ng‘iydi. Shu ondayoq qiyqirib havoga ko‘tariladi. Muyas­
sar qirg‘oqda o‘sib yotgan maysalami shart-shurt yulishga 
tushadi. Allanechuk qadrdon, mast qiluvchi ko‘katlar isidan 
boshi aylanib ketadi. Suv yuzi qop-qorayib qoladi. Eng awal 
uyg‘ongan shoshqaloq bir yulduzcha kanal suviga sho‘ng‘iy- 
di. Goh jilolarga ko‘milib ketadi, goh yana qaytib chiqadi.
Orqa tomondan mototsiklning gurullagan tovushi eshitila- 
di. Mototsikl sukunatni tilka-pora qilib yaqinlashadi-yu, uning 
yonida taqqa to‘xtaydi.
- Yana so‘ramasdan o‘t yulyapsanmi?
Muyassar qayrilib qaramasdanoq taniydi. 0 ‘sha - Sho- 
qosim aka. U sekin boshini ko‘tarib qaraydi. Hisobchi mo- 
totsiklining egaridan tushgisi kelmay, bir oyoqlab yerga 
tiralib turgan bo‘ladi. Muyassar uning yuzini g‘ira-shira


76

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish