0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О 'tkir Hoshimov
Hamshiralaming bin indamay yelka qisib o‘tar, boshqa- 
si xuddi Ochilni taniydigandek, Haydar akaga hamdardlik 
bildirardi.
- Tasodif-da, amaki, tasodif.
Haydar aka alam bilan bosh chayqardi.
- Xotiniga nima deb javob beramiz endi. Gulday eri shun- 
doq bo‘lib o‘tirsa qandoq chidaydi?!
Zavoddagilar ham shuni o‘ylab, ichidan zil ketar edi. Bu 
sovuq xabami Lolaga yetkazish uchun borgan odamlar uni 
uydan topolmay qaytib kelishdi. Qo‘shni xotinlaming ayti- 
shicha, Lolaxon „zaril ish“ bilan chevarga ketgan ekan...
DEHQONNING BIR KUNI
Muyassar tong saharda uyg‘onib ketadi-yu, Alijonning 
bir tekis, chuqur-chuqur nafas olishiga quloq solib, jimgina 
yotadi. „Qachon qaytganini bilmabman ham“, deb o‘ylaydi u 
satin ko‘rpadan boshini chiqarib. Devordagi osma soat besh 
marta zang uradi. Uning titroq sadolari uyning shiftiga, zal- 
devorlar, kirpechlar osilgan devorlarga yumshoqqina urilib, 
singib ketadi. Uy ichi yana jimjit bo‘lib qoladi. Soat kapgiri 
sukunat qo‘ynida goh sekin, goh qattiqroq chiqillayotganday 
bo‘ladi. Oy derazadan o‘ychan mo‘ralaydi. Muyassar erining 
yelkasidan quchgisi keladi-yu, o‘ylab qoladi: „Charchagan, 
dam olsin...“
U o‘midan ohista sirg‘alib chiqadi. Sandiq ustida yotgan 
nimchasini kiyib oladi-da, yana erining tepasiga keladi, uzoq 
qarab qoladi. Alijonning keng, tarang peshanasiga mayda ter 
tepchib chiqibdi. „Bechoraginam, - deb o‘ylaydi Muyassar 
undan ko‘z uzmay, - biram toliqibdiki, do‘ppisini ham olib 
qo‘ymabdi“.
U erining peshanasini kafti bilan avaylab artadi. Keyin 
ayvonga chiqadi.
Ayvon labiga tegib turgan gultojixo‘rozlar boshida, hovli 
etagida uyib qo‘yilgan g‘o‘zapoyalar ustida shabnam yaltiray-


Uzun kechalar
71
di. Yum-yumaloq to‘lin oy qishloqni o‘zining nurli yo‘rgagiga 
o‘rab, uyquga, shirin tong uyqusiga chorlaydi, unda-munda 
yulduzlar mudraydi. Ammo qishloq allaqachon uyg‘ongan. 
Har qaysi hovlining burchagida tunning baxmal pardasini par- 
chalab o‘t yaltiraydi: odamlar tandirlariga olov yoqishgan.
Muyassar ham ayvondan chaqqon sakrab tushadi-yu, sa- 
movarga o‘t tashlaydi. Keyin o‘choqboshidan suprani olib ke­
lib, cho‘kkalab o‘tirgancha xamir qoradi. Tog‘orani dasturxon 
bilan o‘rab-chirmab, hovli burchagidagi uyilib yotgan g‘o‘- 
zapoyalar oldiga boradi. Bir quchoq g‘o‘zapoyani olayotgani- 
da, qo‘llarini havoda muallaq tutgancha to‘xtab qoladi.
Pastak devoming orqasidagi, qo‘shni hovlidagi bir tup 
o‘rikning duv to‘kila boshlagan yaproqlari tong shamolida 
ohista pirpiraydi. Muyassaming yaqin o‘tmishini, kechagi 
kunlarini yodiga solganday shivirlaydi. Bir paytlar mana shu 
o‘rik shoxiga arqon ilib arg‘imchoq uchardi. Shu o‘rikning 
g‘o‘rasini birinchi bo‘lib o‘zi yerdi.
Endi u sho‘x qizaloq emas, kelin. Devor-darmiyon qo‘sh- 
nisiga tushgan. Dadasi ham ularga - Muyassar bilan Alijonga 
o‘z qo‘li bilan fotiha bergan. ,Alijon yaxshi yigit, o‘zimizning 
sinashta bola. Yetim o‘sgan. Bir-biriga ko‘ngil qo‘yibdi, bo‘l- 
di-da“, degan.
Muyassar, to‘y kuni dadasi qanchalik uzundan uzoq duo 
qilganini eslab jilmayib qo‘yadi-yu, g‘o‘zapoyani olib tez- 
tez yurib ketadi. Qoq-quruq g‘o‘zapoya guv yonadi, yuziga 
olov tafti uradi.
U endi uy tomonga yurganida buzoq ma’raydi. Sigir ham 
Muyassaming qadam tovushlaridan uyg‘onganday asta mo‘- 
rab qo‘yadi.
Muyassar ayvon labidagi kattakon sirli chelakni ko‘ta- 
rib xashak isi anqib turgan og‘ilxonaga kiradi. Nimqorong‘i 
burchakda yotgan sigir o‘midan turadi.
„Tagi ho‘l bo‘libdi, tozalash kerak“, deb o‘ylaydi u. Ke­
yin sigiming yelinini ho‘llangan eski sochiq bilan tozalab


72

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish