6-mavzu: Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotida shaxs ma’naviyati Reja



Download 313,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi313,77 Kb.
#931076
  1   2   3   4
Bog'liq
маънавият маъруза-6



6-mavzu: Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotida shaxs ma’naviyati
Reja: 
1.
Ma’naviyat va globallashuv.
2.
Ma’naviy hayotda axborotlashuv va modernizatsiya jarayonlari
3.
Axborotlashgan jamiyatda ma’naviyat.

4.
Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotida shaxs ma’naviyati. 


 
Insoniyat ilm-fan, adabiyot va san’at, ijodning maxsus turlari bilan aqliy 
mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqqandan buyon maxsus shug‘ullaniladi. Bu 
davrda aniqlangan, to‘plangan yangi bilimlarni eslab qolish, saqlash, yangi avlodga 
o‘rgatish va meros qoldirish doimo katta muammo bo‘lib kelgan. Uni hal qilish 
yo‘lida odamlar tinimsiz izlangan. Dastlab odamlar qoya toshlarga, g‘or devorlariga 
har xil piktogrammalar, suratlar, primitiv (jo‘n) kalendarlarni chizganlar. Buning 
uchun tabiiy bo‘yoqlardan foydalanganlar. Keyinchalik, aqliy mehnat inson 
faoliyatining alohida sohasiga aylangach, yozuvni, yozish qurollari va materiallarini 
ixtiro qilgan. Ular uzluksiz takomillashtirilgan. Ierogliflar, mixxatlardan asta-sekin 
so‘z bo‘g‘inlari va alohida tovushlarni ifodalaydigan fonetik imlolarga, yozishda 
foydalanilgan papirus, sopol taxtacha, pergamentlardan qog‘ozlarga o‘tilgan. Eng 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar, eposlar, asotirlar, g‘oyalar, tarixlar, 
qonunlar toshlarga, qoyalarga, ehromlarning yirik tosh ustunlariga o‘yib yozilgan. 
Qadimgi sivilizatsiyalardan qolgan bunday yozuvlarning ilmiy, tarixiy, umuman 
ma’naviy qadr-qimmati bebaho. Yozuvlar, piktogrammalar, suratlar, sopol 
haykallar, ibodat va sig‘inish maqsadida yasalgan buyumlar, xalq og‘zaki ijodi 
asarlari – asotirlar, dostonlar, rivoyatlar, ertaklar, qo‘shiqlar, topishmoqlar, latifalar 
va sh.k.lar ma’naviy hayotni aks ettiruvchi, uning axborotlashtirilgan turli xil 
shakllaridir. Ularda ajdodlarimizning olamni qanday idrok va tasavvur etishi, 
tushunishi, uni o‘rab turgan tabiatga, ijtimoiy muhitga, odamlarga munosabati 
to‘g‘risidagi axborot mujassamlangan. Piktogrammalar, qoyalarga, g‘orlarning 
devorlarga tushirilgan bir qarashda ancha jo‘n suratlar ma’naviy hayotni 
axborotlashtirishning ilk ibtidoiy shakllaridir. Zarautsoy, Sarmishsoy va boshqa 
joylar piktogrammalari, suratlari ibtidoiy ajdodlarimizning avvalo ov qilinadigan, 


go‘shti iste’molga yaroqli hayvonlar to‘g‘risidagi bilimlarini hamda o‘sha hududda 
uchraydigan boshqa hayvonlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini aks ettiradi. Ba’zi 
sahnalarda ov jarayoni, qanday ov qilish kerakligi, kim qaerda turishi, qaysi tarafdan 
ovga yaqinlashishi, qanday qurollar bilan ov qilinishi lozimligi va h.k. tasvirlangan.
Bu suratlar, piktogrammalar, birinchidan, ibtidoiy ajdodlarimiz tajribasini 
axborotlashtirgan. Ikkinchidan, bu axborot yordamida yosh avlod ov qilishga 
o‘rgatilgan. Qaysi hayvonga qarshi qanday qurol ishlatish kerak, ov qilinadigan 
hayvonga bir tomondan yoppasiga tashlanmaslik, balki uni tor, qocholmaydigan va 
erkin harakat qilolmaydigan joyga qamash, o‘rab olish, o‘q-yoy, nayza kabi 
qurollardan foydalanish, hayvonning qaysi joyiga, qaysi tomiriga jarohat yetkazish 
kabi bilimlar piktogrammalar, suratlarda mustahkamlangan. Piktogramma va 
suratlar axborotni to‘plash, saqlash va uzatish vazifalarini bajargan. Ular tufayli biz 
uzoq ajdodlarimiz bilan o‘ziga xos tarzda muloqot qilamiz, ularning o‘y-fikrlariga, 
ma’naviy dunyosiga sayohat qilamiz. Chunki ibtidoiy piktogramma va suratlar 
bugun ham o‘ziga yuklatilgan axborotni saqlab, bizga uzatib kelmoqda. Agar ular 
bo‘lmaganda, bizning ibtidoiy ajdodlarimiz to‘g‘risidagi qarashlarimiz ancha 
qashshoq bo‘lar edi.
Ayniqsa bu borada arxeologik qazilmalar paytida topilgan ov va mehnat 
qurollari, sig‘inish va ibodat marosimlarini bajarishda qo‘llanilgan buyumlar 
o‘zlarida juda ulkan axborotni saqlaydi. Biz bu axborotlarni ilmiy tahlil qilib, 
umumlashtirib uzoq ajdodlarimiz turmush tarzi va ma’naviy hayotini 
modellashtiramiz, shakllari va mazmunini tiklaymiz. Tasavvurlarimiz aniqroq 
bo‘lishi uchun turli topilmalarni o‘zaro qiyoslaymiz, davrini, vaqtini aniqlash uchun 
ularni radiouglerodli usullar yordamida o‘rganamiz.
Qiyosiy-tarixiy usullar ham rang-barangdir. Topilmalar nafaqat o‘zaro 
qiyoslanadi, shuningdek ular har xil qadimgi asotirlar, rivoyatlar, naqllarning xalq 
xotirasida, og‘zaki ijodida, etnograflar, folklorshunoslar yozib qoldirgan 
namunalarida saqlanib qolgan unsurlar bilan ham taqqoslanadi. Arxeologik 
artefaktlar, yodgorliklar berayotgan axborot va xalq og‘zaki ijodi, qadimgi yozma 
yodgorliklar axboroti bir-birini to‘ldiradi. Natijada manzara ancha oydinlashadi, 


bizning tasavvurimiz aniqlashadi va boyiydi. Masalan, S.Toltovning Xorazmda yer 
osti manzilini (katta qal’ani) topgan. U Avestoda aytilgan Vara degan shaharga mos 
keladi. Avestoda shunday asotir bor. Axura Mazda Jima (Yima)ga butun dunyoni 
suv bosajagini, tiriklikni, hayotni qutqarib qolish uchun har bir hayvon, o‘t-o‘lan 
turidan, olovdan bir juftdan olib saqlashni, buning uchun yer ostida Vara degan 
shahar qurishni buyuradi, shahar qanday tarxda (loyihasi) bo‘lishi lozimligini aytadi. 
Xorazmda topilgan yerosti shahri aynan Avestoda aytilgan tarxga mos keladi.
Xalq og‘zaki ijodi, asotirlar, rivoyatlar, ayniqsa qahramonlik eposlari, dostonlar 
ajdodlarimiz boshdan kechirgan yirik tarixiy voqealar, ular hayoti, e’tiqodi, 
qadriyatlari, axloqiy va ma’naviy dunyosi, o‘y-tashvishlari, orzu-umidlari 
to‘g‘risida bebaho ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi. Xalq og‘zaki ijodida ochiq 
axborotdan tashqari, kodlashtirilgan, turli ramzlar, majozlar, metofora-obrazlar 
ichida yashiringan axborot ham mavjud. Ularning kalitini topish, ramz va 
majozlarini to‘g‘ri talqin qilish oson emas. Axborotni kodlashtirish doimo bo‘lgan. 
Mumtoz adabiyotimizda arab alifbosi harflarining abjad hisobidagi muayyan songa 
tengligi asosida shoirlar marsiyalarida, biror voqeaning, shaxsning tarixini, 
qabrtoshlarga bitilgan lavhalarga dafn etilgan kishining vafot yilini kodlashtirganlar. 
Bugungi davrda axborotni kodlashtirishning turli usullari, shakllari juda rivojlangan. 
Har qanday tabiiy, ijtimoiy hodisa, voqea, narsa, predmet ma’lum axborot 
tizimining tashuvchisidir. Ular bir-biri bilan turli darajada bog‘langan, bir-biriga 
ta’sir ko‘rsatadi. O‘zaro ta’sirni ularning axborot almashuvi deb hisoblash mumkin. 
Barcha fanlar o‘z predmetlari nuqtai nazardan, birinchidan, o‘rganyotgan 
ob’ektlarida mavjud bo‘lgan ob’ektiv ahborotni aniqlaydi. 

Download 313,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish