О ‘tkir Hoshimov
Uning tovushi paxtazor ustida anchagacha elas-elas sado
berib turadi.
Muyassar tergan paxtalarini uyib, etakka bosadi, yukning
og‘irligidanmi, o‘yga tolibmi, boshini quyi solgancha, xir-
monga chiqib boradi.
Shoqosim aka etakni temir taroziga qo‘yib, toshni surar-
kan, salqi qovoqlarini lipillatib Muyassarga qarab qo‘yadi.
Burushiq yuzi oqarib ketganday bo‘ladi:
- Qirq sakkiz kilo... Mazangiz yo‘q-ku, kelin!
Muyassar uning nimaga shama qilayotganini bilib, g‘ijin-
di. ,,0 ‘yin-kulgidan bo‘shamay qolding“ demoqchi-da.
U bir gap bilan qayirib tashlagisi keladi-yu, yoshini hur-
mat kilib, o‘zini tiyadi. „Mayli, - deb o‘ylaydi paxtani xir-
monga ag‘dara turib. - Bu odamning odati shu. Yuz yil asal
bilan boqsangiz ham og‘zidan shirin gap chiqmaydi“...
Qizlar kattakon qayrag‘och soyasida, hovuz labida o'tirib
tushlik qilishadi. Qayrag‘och shoxlarida yuz-yuzlab chum-
chuqlar chirqillaydi. Qayoqdandir shamol kelib, hovuz yuzi-
dagi mayda-mayda jilolar yelkasiga minib oladi.
Orqa tomondan mashina tovushi eshitiladi.
- Rais buva kelyaptilar! - deydi qaysidir qiz qo‘ng‘iroq-
day ovoz bilan.
Baland bo‘yli, qotma, tetik rais ochiq chehra bilan hay-
qiradi:
- Hormanglar, qizlar!
Qizlar quvnoq salomlashishadi.
- Barakalla, qizlar!!! Yashanglar! Plan to‘lgan kuni ham-
mangizni Toshkentga - tomoshaga olib boraman.
- Naq Toshkentning o‘zigami? - deydi orqaroqda o‘tirgan
qizlardan biri ishonqiramay.
- Naq Toshkentning o‘ziga!
- Kinoga ham tushamizmi?
Rais beg‘araz qah-qah uradi:
- Teatrgayam tushamiz!
Uzun kechalar
75
Rais yaxshi odam. Chindan ham har yili qizlami bir-ikki
marta shaharga - teatrga olib boradi.
- Qani, - deydi u hammaga bir-bir qarab. - Kim eng yax
shi ishlasa, o‘shani kelin qilaman. Xohlasa, mexanizatorlar
kursiga jo ‘nataman.
Hovuzda kosasini yuvayotgan qop-qora qiz - E’tibor yel-
kasi osha o‘girilib qarab, bijir-bijir qilib gapirib tashlaydi:
- 0 ‘zi bitta o‘g‘lingiz bor, qaysi birimizni kelin qilasiz?
Uyam bo‘lsa shaharda o‘qiydi. Kim bilsin, hali bola-chaqasini
boshlab keladimi.
Hamma qah-qah urib kuladi, rais ham.
...Yana o‘sha paykallar, chanoqlar, paxtalar... Muyas
sar yana ishga sho‘ng‘ib ketadi... Qo‘llari yana chanoqlar
uchida o‘ynaydi. Oqshom shafag‘i yuziga kul tortgani-
da paykaldan chiqishadi. Muyassar uyga qaytishdan oldin
kanal bo‘yiga keladi: sigirga o‘t yulish kerak. Muyassaming
yonginasida chigirtka nag‘masini boshlaydi. Oromli sukunat-
ni chuqurlashtirib uzoq, tinimsiz chirillaydi. Suv yuzida baliq
sakraydi. Choip etgan ovoz eshitiladi-yu, yana sukunat qu-
yilib keladi, Allaqayoqdan uchib kelgan baliqchi qush suvga
sho‘ng‘iydi. Shu ondayoq qiyqirib havoga ko‘tariladi. Muyas
sar qirg‘oqda o‘sib yotgan maysalami shart-shurt yulishga
tushadi. Allanechuk qadrdon, mast qiluvchi ko‘katlar isidan
boshi aylanib ketadi. Suv yuzi qop-qorayib qoladi. Eng awal
uyg‘ongan shoshqaloq bir yulduzcha kanal suviga sho‘ng‘iy-
di. Goh jilolarga ko‘milib ketadi, goh yana qaytib chiqadi.
Orqa tomondan mototsiklning gurullagan tovushi eshitila-
di. Mototsikl sukunatni tilka-pora qilib yaqinlashadi-yu, uning
yonida taqqa to‘xtaydi.
- Yana so‘ramasdan o‘t yulyapsanmi?
Muyassar qayrilib qaramasdanoq taniydi. 0 ‘sha - Sho-
qosim aka. U sekin boshini ko‘tarib qaraydi. Hisobchi mo-
totsiklining egaridan tushgisi kelmay, bir oyoqlab yerga
tiralib turgan bo‘ladi. Muyassar uning yuzini g‘ira-shira
76
Do'stlaringiz bilan baham: |