О ‘tkir Hoshimov
peshtoqiga qoqib kettaniga: bu yulduz mangu yaraqlab turi-
shiga, so‘nmas nur sochishiga ishonaman. Haqiqat deb tal-
pinganlar, adolat deb intilganlar, diyonat deb yashaganlar shu
yulduzga qarab manzilini topganiga ishonaman! Bo‘lmasa,
bu dunyoda yashashning nima ma’nisi bor? Ehgimol, bu yul-
duzni uzib olmoqni ixtiyor etganlar oz bo‘lmagandir. Ajabki,
u hamon porlab turibdi. Negaki, haqiqat, adolat, diyonat de-
gani hech qachon bir odamning mulki bo‘lgan emas. Rosti-
ni ayting, siz o‘sha sirli yulduzni uzib olishga qodirmisiz?
Shunday baxtga loyiqmisiz? Siz-chi? Balki siz munosib-
dirsiz? Yo‘q, hecham munosib emassiz! Men ham munosib
emasman! Sirli yulduz o‘z joyida yaraqlab turaversin. U hali
odamlarga kerak, ko‘p odamlarga kerak!
TASODIF
Tasodif- haqiqatning
aks-sadosidir.
K. Stanislavskiy
Ochilni majlisda rosa ,,do‘poslashdi“. Ulaming sexidan
chiqayotgan eshiklar ikki pulga qimmatmish. Tuman xalq
nazorati idorasi shuni aniqlabdi. Ochil Xudoyqulov inje-
ner bo‘la turib shu ahvolga chidab kelayotgamish. Buna-
qa tepsa-tebranmas injenemi kunduzi chiroq yoqib topib
bo‘lmasmish...
Majlis oxirida Ochilning o‘zi so‘z oldi...
-
Eshiklaming ikki pulga qimmatligini o‘zim ham bila-
man, - dedi o‘zini bosishga urinib. - Taxta quritadigan ji-
hozlar bundan yigirma yil ilgari qurilgan. 0 ‘shandan buyon
ishlab chiqarish hajmi o‘n marta oshdi. Quritish jihozlarini
hech kim o‘zgartirgani yo‘q. Yigirma yil ilgari qanaqa ish-
lagan bo‘lsa, hozir ham shunaqa ishlayapti. Sushilkalami
yangilashga katta pul kerak, uni men cho‘ntagimdan olol-
mayman.
Uzun kechalar
61
Prezidumda o‘tirgan nazorat idorasining vakili - jingalak-
soch yigit luqma tashladi:
- Menga qarang, o‘rtoq Xudoyqulov, rostini ayting-chi,
o‘zingiz uyingizga shunaqa eshik-deraza o‘matarmidingiz?
Ochil endi og‘iz juftlagan edi, jingalaksoch gapirtirmadi.
- Ko‘rdingizmi, o‘zingizga ravo ko‘rmagan narsani bosh-
qalarga ravo ko‘ryapsiz. Kam xarajat sarflab, ko‘plab sifatli
mahsulot ishlab chiqaraylik, degan shiomi bilasizmi? Bilasiz?
Ammo amal qilmayapsiz.
Majlisdan Ochilning ta’bi tirriq bo‘lib chiqdi. Kamay gul-
lar ochilib yotgan doirasimon gulzomi chetlab o‘tdi-da, yoni-
ga surilib ochiladigan temir darvoza oldiga keldi. Endi qoro-
vulxonadan o‘tib ketmoqchi edi, orqadan ovoz keldi.
- Maylislaringam ja cho‘zildi-da, Ochilboy!
Ochil burilib qaradi-yu, o‘zi tomonga lo‘mbillab kelayot-
gan bosh duradgor Haydar akani ko‘rdi. Uni ko‘rishi bilan
bugun oshga borishi kerakligi, tolzordagi choyxonaga osh
buyurib qo‘yishganini esladi. Sexdagilar Haydar semiz deb
chaqiradigan, ulfat desa jonini beradigan mana shu kishi;
hali maosh olishganda pul yig‘ib, osh tashkil qilgan edi.
- Ketdikmi? - dedi u issiqdan terlab ketgan yo‘g‘on bo‘y-
nini kattakon, kir ro‘molchasi bilan artarkan. - Bolalar kutib
qoldi, soat yettiga deganmiz.
Ochil temir darvoza tepasidagi dumaloq soatga qarab
qo‘ydi: yettidan o‘n daqiqa o‘tibdi.
- Endi, menga uzr, - dedi chaynalib;
- Ha, endi isparapka yozib berarmiz...
Ochil Haydar akaning „xotiningdan qo‘rqasanmi“, degan
ma’noda gapirganini bilib, g‘ashi keldi.
- Ish chiqib qoldi, - dedi qovog‘ini solib, Haydar aka
ning javobini kutmay, darvozaxonadan tez o‘tdi-da, trolley
bus bekatiga yo‘l oldi.
Aksiga olib, trolleybus ham tiqilib keldi. Ochil amallab
chiqib oldi-da, o‘rtaroqqa surildi. Issiq kunda tiqilinchda yu-
62
Do'stlaringiz bilan baham: |