3.6 Lokomotiv sostavining ishlash unumdorligi
Poezdning yuki ya’ni yukning massasi, bir reysda lokomotiv tomonidan tashiladigan (Gl-s), lokomotivning tortishish qobiliyatidan to’liq foydalangan holda yo’nalishi ko’tarilishi (ip) bilan uchastkalarda poezdning bir tekis harakatlanish holatini belgilaydi.
Lokomotiv tortishish kuchi (Fk) harakatga qarshilik kuchlarini yengisa ya’ni ushbu shartlar bajarilsa, ushbu sharoitda poezdlar harakatilanishi mumkin:
Fk=ωGpg (3.7)
Bu yerda:
ω – poezd harakatlanishining umumiy qarshiligi N/kN;
Gp- poezdning og’irligi (lokomotiv va yuklangan vagonlar) t;
g - erkin tezlanishi m/s2
Harakatlanishning umumiy qarshiligi (ω) gorizantal to’g’ri yo’ldagi asosiy qarshilik (ω0) dan iborat, bu rels va g’ildiraklar o’rtasida ham ishqalanish natijasida kelib chiqadi va qo’shimcha qiyalikda poezdning harakatlanishiga qarshiligi (ωi). Hisoblashlarda ω0 ning qiymati 2.5-3.5 N/kN ga teng deb qabul qilinadi, qiyalikdagi qarshiligini hisoblashlarda, ifodada % (masalan, qiyalik 40% ωi = 40 N/kN). Agar ko’tarilishda yo’lning asosiy qismi egri bo’lsa, qo’shimcha egri harakatlanishga nisbatan
qarshilik (ωR) vujudga keladi, radiusi 300 m dan ortiq bo’lgan doimiy yo’llar uchun ifoda qiymatini aniqlash mumkin:
ΩR=700/R (3.8)
Bu yerda
R- burilish radiusi, m;
Bu holatda qiyalikka ko’tarilishda umumiy qarshilik quyidagi formula bilan topiladi:
ω = ω0+ ωi+ ωR (3.9)
Berilgan ma’lumotlardan, poezd harakatlanishining asosiy qarshiligini qiylalikdagi qarshilik (ωi) tashkil etar ekan.
Lokomotivga biriktirilgan massaning ma’lum qiymatlarida, harakatlanishga qarshilik va poezd vagonidagi foydali yuk koeffitsenti quyidagi formula bilan topiladi:
Gl-s=,t, (3.10)
Bu yerda:
Gb – lokomotivga biriktirilgan yuk t;
Ψ – rels va lokomotivga biriktirilgan g’ildirak o’rtasidagi koeffitsent (3.1 formulaga qarang)
Ks – lokomotivga biriktirilgan yukning foydalanish koeffitsenti (kS = 0.95/0.98);
Kt – vagon idishlar koeffetsenti ( 3.4 jadvalga qarang)
Poezddagi vagonlar soni nominal vagon sig’imidan to’liq foydalangan holda (q)
nv= Gl-s/q (ta) (3.11)
Aslida vagonning yuk ko’tarish quvvati.
qf= (Vvknv/krv)γ (t), (3.12)
bu yerda
Vv - kuzovning geometric hajmi m3;
Knv – to’la vagon kaeffitsenti (to’liq yuklanganda knv=1.1-1.2);
Krv=kuzovdan jinslarni bo’shatish koeffitsenti (odatda krv=1.3-1.4; aniqrog’i, ekskavator kovshidagi bo’shatish koeffitsenti bilan taqqoslanadigan tog’ jinsining dumpkarda bo’lakliligi sig’imiga muvofiq belgilanishi mumkin);
γ– massivdagi jinsning zichligi t/m3.
1- tutun qutisi;
2- yuk mashinasi poni;
3- tashqi balonlar;
4- porshon shtogi;
5-polzun; (головка шатуна);
6-ulanish paneli;
7- haydash g’ildiragi;
8- yuqori oziqlantirish
9- xavfsizlik klapini;
10- hushtak;
11- aloqa paneli;
12-yonuvchi qism;
13 -yuvish vilkasi
14- ko’mir;(6 tonna)
15-g’ildirak qutilari;
16- 3500 litrgacha suv;
17- suv olish ;
18- poyezd trubasi.
Jinslarni yuqori zichlikda tashish va dumpkarga knv =1.0-1.2 bilan yuklash vagonning aynan nominal yuk ko’tarish quvvati (qf) yuqoriligini ko’rsatadi. Bunday holatda kuzovga ruxsat etilgan to’lalik koefisenti o’rnatiladi, bu aynan vagonning nominal yuk ko’tarish quvatidan 5-10% yuqori bo’lishi mumkin. Agar jinslar aksincha katta bo’lmagan zichlikda tashilsa, vagonda aksincha to’la yuklanmaganligini bildiradi. Bunda poezdda vagonlar sonini oshirish lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |