Qp.n=60vnb, m2/s (3.28)
Bu yerda:
vn – yo’l harakatlantiruvchining harakat tezligi, m/min (vn=130-200 m/min);
b- yo’lning bir o’tishdagi qadami m;
Maksimal ishlab chiqarish 1200-1500 m2/s ni tashkil etadi.
Turniketli – bu ko’taruvchi kran va rolikli rels tutgich mexanizmli gusenitsali traktor yoki g’ildirakli traktor. Yo’lni kochirish jarayoni quyidagicha (3.19 rasm). Boshlanishida relsni tutadi va yo’lning bir tomonini 0.15-0.2 m balandlikka ko’taradi. Bundan keyin yo’lning harakatlanishi uchun, turniketli tomonini yechishi va qadam harakatining oralig’I (0.8-2 m) yo’lni o’ziga tortadi. Keyin, harakatlanishni 3.8-5.8 km/s tezlikda davom ettiradi, turniketli yo’lda yangi holatda harakatlanadi. Qadamlarning umumiy o’tishlar soni (30m dan va undan yuqori) va bitta o’tishning qiymati bilan aniqlanadi. Qish mavsumida bitta o’tish qadami siljishi 0.5m dan oshib ketmaydi.
Turniketli yo’l harakatlanishi yuqori ishlab chiqarish (5000-8000 m2/s gacha), ishni tashkillashtirish vaqti ko’p bo’lmasligi, tekis bo’lmagan yuzalarda harakatlanish mumkinligi, oddiy va qimmat bo’lmagan dastgohlari bilan xarakterlanadi.
Joriy yo’l tarkibi. Yo’llarni doimiy xizmat ko’rsatish holatida bo’lishi juda ko’p vaqt talab qiladi (barcha yo’l ishlarining 35% gacha). Bu relsning o’lchami va tekislik darajasini muntazam tekshirib turish, yo’lning pasayishi va buzilishi, alohida shpal va relslarning almashishi, bo’g’inlar orasidagi masofani to’g’rilashva yo’lni joriy tekshirish (rejadagi yo’lni tuzatish). Bunga yo’lda ariqlar va zovurlarni tozalash, qorli yo’llar, ayniqsa yo’lni qor
yog’ishi va bo’ron paytida tozalash kiradi. Bunga shuningdek elektr tortish paytida aloqa tarmog’idagi profilaktika ishlari ham kiradi. Barcha yo’l ishlari odatda mexanizatsiyalashning turli xil vositalardan foydalangan holda alohida brigadalar tomonidan amalga oshiriladi.
Chiziqlar va qirralarini to’g’rilashda, shpallar va relslarni almashtirishda va h.k, universal yo’l mashinalari, siklik harakatlanuvchi uzatmalar va boshqa mashinalardan foydalaniladi. O’lchov kengligi va relslarni joylashish darajasi, yo’l o’lchash moslamalari va dastgohlari yordamida tekshiriladi va relsning yaxlitligi ultratovush yoki elektromagnit vositalari yordamida kamchiliklari tekshiriladi. Otval osti o’lchamlari odatda quruvchi tipidagi buldozerlar yoki ekskavatorlar bilan tozalanadi. Qalin bo’lmagan qorlarni yo’ldan tozalashda shotkalik yul tozalagich yoki otval shudgorlgichi, siljish balandligi 1.2-1.5 m gacha va boshqa qor tozalagich omochlari yoki mashinada aviatsion reaktorlarning qayta ishlangandvegatellari mavjud. Kontakt tarmog’idan foydalanish paytida vaqtinchalik yo’llarni yangi mashurtga ko’chirishda ayniqsa tarmoqni qayta qurish ishlari ko’p vaqt talab qiladi. Bular eski tarmoqdagi trassa va uni demontaj qilish, ularni yangisiga o’tkazish vva yangi joyga o’rnatish. Kontakt tarmog’ini qayta qurish vaqtining asosiy qismi tayanchlarni o’rnatish va tarmoqni o’rnatish bilan bog’liq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Google qidirish tizimi;
2.Н.Я.Репин. Л.Н.Репин “премещние и складирование горных пород”, Москва. 2013
Do'stlaringiz bilan baham: |