Mavzu bo’yicha tayanch iboralar;investitsiyalar, investitsiya siyosati, investitsion faoliyat, investitsiya shakllari,kapital qo’yilmalar, investitsiya loyihasi, ichki investitsiya, tashqi investitsiya,investitsion qarorlar, qimmatli qog’ozlar, diskont, investitsion risklar, taxlikalar, reinvestitsiya.
Adabiyotlar ro’yxati
(1, 3, 4, 8, 10, 13, 15, 16, 17, 27, 29, 31, 35, 39, 45, 51, 52, 54, 61, 62, 65, 66, 67,68,
70, 72, 73, )
Investitsiyaning mazmuni, mohiyati va turlari
Investitsiya siyosati har bir davlatning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiyotida muhim yo’nalish hisoblanadi. Uning negizida moddiy va moliyaviy resurslarni foyda olish maqsadidagi harakati yotadi.
Investitsiya so’zining o’rindosh iborasi bizda oldin ham ishlatilgan. Uni kapital qo’yilmalar sifatida nomlaganmiz. Kapital qo’yilmalar deganda asosiy fondlarni vujudga keltirish, ularni ta’mirlash, qayta qurish, ishlab chiqarishni kengaytirish ma’nosida sarflar tushunilgan. Bu holat to’g’ri hisoblanadi. Negaki ta’minotni markazlashtirilgan va rejalashtirilgan mexanizmi amal etgan sharoitda, yagona davlat mulkchiligi sharoitida uning mazmuni to’g’ri ifodalangan.
Ana endi biz ikkita muhim narsani ajratib olishimizga to’g’ri keladi. Birinchisi kapital qo’yilmalar tushunchasi, ikkinchisi investitsiya tushunchasi.
Investitsiya tushunchasi iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi.
Investitsiya-lotincha so’zdan olingan bo’lib “kapital solish”, “kapital qo’yish” degan ma’nolarni anglatadi.
73
U.F.Sharpning tomonidan investitsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. “Investitsiyalar- kelgusida qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiymatliklardan voz kechishdir”73F .
74F
Iqtisodchi olim K.Eklund fikricha “Investitsiya- bu ishlab chiqarishni kengaytirishga yo’naltirilgan resurslardir”74
75F
Bir gurux olimlar tomonidan “investitsiyalar –kelajakda daromad va ijtimoiy samara olish maqsadida kapitalni har qanday shaklda qo’yish sifatida ifodalanadi”75
Iqtisodchi olimlar §ozibekov D. va Qoraliev T. lar tomonidan investitsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. ”Investitsiya-daromad (foyda) yoki ijtimoiy samara keltiradigan va tadbirkorlik, ishbilarmonlikning davlat tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarga jalb qilinadigan (sarflanadigan barcha turdagi mulkiy va intelektual boyliklar” deb ..’riflanadi76F.76
77F
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida” gi qonunida investitsiya deganda “Iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tushiniladi.”77
Yuqoridagilar umumlashtirigan holda investitsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Investitsiya- deganda investorlar (sarmoyadorlar) tomonidan kelajakda foyda olish maqsadida barcha turdagi; mulkiy, moliyaviy va intelektual boyliklarni muddatli band etish tushuniladi.
73 Sharp U.F. Investitsii.Per.s ang.M.; INFRA-M, 2000g.979 str.
74 Eklaund K. Effektivnaya ekonomika,M.; “Ekonomika”,1991, 96-bet.
75 Kempbell R.Stanli L. Ekonomiks 2-tom.M.;Respublika 1992 g. 388 str.
76 Gozibekov D., Koraliev T. “Investitsion faoliyatni tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish” T.; Matbaachi,1993 y., 6-bet
77 O’zbekiston Respublikasining investitsion faoliyat to’g’risidagi qonuni, 1998 y., 24-dekabr
Negaki §ozibekov D. va Qoraliev T. lar tomonidan berilgan ta’rifdagi “ijtimoiy samara”dorlik investorlar manfaatiga mos tushmaydi.
“Investitsion faoliyat to’g’risida”gi Qonunda ham investitsiya tushunchasiga to’lik ta’rif berilmagan. Negaki uning ob’ekti va sub’ekti to’lik ko’rsatilmagan muddatgacha ahamiyat berilmagan.
Investitsiya- ertangi kunda ko’proq foyda va samara olish maqsadida band qilinadigan, joylashtiriladigan qo’yilmalardir.
Kapital qo’yilmalarni investitsiyalardan farqiga kelsak ushbu tushuncha faqat uzoq muddatli aktivlarni joylashtirish, ta’mir etish, kengaytirish va qayta tashkil etishga nisbatan ishlatiladi.
Investitsiyani turlariga kelsak uning ham turli shakllarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Investitsilar pul mablag’larini qo’yilishi, aktsiyalar, boshqa pul mablag’larining, pay ulushlarini, harakatdagi va harakatsiz mulk, avtorlik huquqlari, nau-xaular va boshqa shakllarda mablag’larni maqsadli joylashtirishni xarakterlaydi.
Ta’sischilariga ko’ra; davlat, huquqiy tashkilotlar, jismoniy shaxslar, chet el fuqarolari va tashkilotlari shakli bo’yicha; ichki investitsiya; tashqi, xorijiy investitsiya, moddiy asosligi bo’yicha; moddiy, real investitsiyalar, nomoddiy, intelektual investitsiya va boshqa turlarini ajratish mumkin.
Investitsiyalar va ular samaradorligiga oid statistik manbalarga tayangan holda shuni aytish mumkinki 2002 yildap yalpi mahsulot tarkibida investitsiyalarning salmog’i 2000,2001-yilga nisbatan kamayishi kuzatilgan.
7.1.-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |