Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
Reja:
Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi.
Moliyaviy va real investitsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrdagi ―Investitsiya faoliyati to‘g‘risida‖gi qayta tahrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta‘rif berilgan: ―investitsiyalar — qonun hujjatlarida ta‘qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar‖1 sifatida ta‘riflanadi. Shunday qilib, ―investitsiya‖ deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog‘lari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi.
Investitsiyalarga aniq bir ta‘rif berilmagan. Jumladan, prof. D. G‘. G‘ozibekov
investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta‘rif berib o‘tgan: ―Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda capital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi‖/
Prof. N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi ta‘rifni beradi:
―Investitsiya – bu mulk shaklidan qat‘iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik obyektiga sarflashidir‖
Xorijlik iqtisodchi-olimlardan U.Sharp, K.Eklund, Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu kabilar investitsiyalarning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta‘riflarni bayon etishgan. Jumladan, Nobel mukofotining iqtisodiyot bo‘yicha laureati (1990 yil) U.Sharp ta‘kidlashicha: «investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir»10. «Investitsiyalash» atamasining ma‘nosini mana bunday sharhlaydilar: «Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir» va hisoblaydilarki, mablag‘larni yoki real yohud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin. Ular investitsiyalash atamasi mazmunini kelajakda foyda olish maqsadida bugun pul bilan «xayrlashish»da ko‘radilar.
Shved iqtisodchi-olimi K.Eklund fikricha: «investitsiya – bu kelajakda ko‘proq iste‘mol qilish sharoitiga ega bo‘lish uchun ertangi kunga qoldirilgan narsa. Uning bir qismi hozirda ishlatilmasdan zaxiraga qoldi riladigan iste‘mol buyumlari bo‘lib, boshqa qismi esa bu ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilgan resurslardir».
«Investitsiyalar atamasini kapitalning kelgusida ko‘payishi maqsadida uning turli xil shaklda joylashtirilishi sifatida belgilash mumkin». «Investitsiyalar – qo‘yilmaning kelgusida o‘sish maqsadida bugungi iste‘moldan voz kechish». «Investitsiya – ishlab chiqarish davri davomida paydo bo‘lgan kapital qo‘yilma qiymatining joriy o‘sishi. Bu o‘sha davrdagi foydaning iste‘mol
uchun ishlatilmagan qismi hisoblanadi»
Iqtisodchi-olimlardan Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu investitsiya tushunchasini quyidagicha sharhlaydilar, ya‘ni «investitsiya (investment) – bu moddiy zahiralarning ko‘payishi, ishlab chiqarish vositalarining jamg‘arilishi va ishlab chiqarishga xarajatlar»16. Ushbu ta‘rif o‘z mazmuniga ko‘ra, ko‘proq, «kapital qo‘yilmalar» tushunchasiga mos kelishini ta‘kidlab o‘tish joiz.
Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo‘shib hisoblanganda) yaratish jarayonidir.
Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olishni tushuniladi, ya‘ni bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad olish bo‘lib hisoblanadi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, investitsiyalar – muayyan qiymatni, bo‘lishi noaniqroq bo‘lgan kelajak qiymatga almashishdir .
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari» (M. «Delo» nashriyoti- 1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta‘rif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar olishni ko‘zlab aktsiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng ma‘noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan mexanizmlarni ta‘minlaydi.
Uzoq muddat (bir yildan ortiq vaqt) mobaynida moddiy ishlab chiqarish sohasida, noishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar asosiy vositalar hisoblanadi. Asosiy vositalarga imoratlar, inshootlar, o‘tkazuvchi moslamalar, mashina va uskunalar, transport vositalari, o‘lchov asboblari, hisoblash texnikasi, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik daraxtlar, erning meliorativ holatini yaxshilash uchun sarf qilingan kapital qo‘yilmalar va boshqalar kiradi. O‘z navbatida, ko‘p yillik daraxtlar, (mevali va manzarali), mahsuldor hayvonlar, kutubxona fondlari, oddiy qishloq xo‘jaligi texnikalari xizmat muddati va qiymatidan qat‘iy nazar, asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Shu bilan birga, yer ham asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
Mamlakatimizda amaldagi me‘yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq asosiy vositalar – korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yohud ma‘muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqs adida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlarni ifodalaydi. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: bir yildan ortiq xizmat qilish muddati; bir birlik (to‘plam) uchun qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.
Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati shundaki, moddiy-mulkiy qiymatlik ko‘rinishidagi asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish jarayonida mehnat vositasi sifatida ko‘p marotaba ishlatiladi (foydalaniladi) va ularning qiymati asta-sekin qismlarga bo‘lingan holda tovar (mahsulot) bahosiga o‘tib boradi. Asosiy fondlarning muhim xususiyati mehnat vositasi sifatida amal qilishi, ishlab chiqarish tsiklida ko‘p marotaba ishlatilishi va ular qiymatining mahsulot bahosiga ko‘chib o‘tishi bilan tavsiflanadi.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, asosiy fondlarni shakllantirishda kapital qo‘yilmalar muhim o‘rin egallab, bu muhimlik kapital qo‘yilmalarning tarkibiy tuzilishidan kelib chiqadi. Kapital qo‘yilmalarning tarkibiy tuzilishi quyidagilarni qamrab oladi: kapital qo‘yilmalarning texnologik tuzilishi; kapital qo‘yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi; kapital qo‘yilmalarning tarmoq va hududiy tuzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |