Respublikamiz iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va o’rnini shu bilan izohlash mumkinki, ularning kiritilishi ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etishni, texnik yangilash, mahsulotlar sifatini oshirish va uni jahon bozoriga olib chiqish, iqtisodiy o’sish sur’atlarini tezlashtirish imkonini beradi.
Tashqi investitsiya yuzasidan puxta qonunchilik tizimini yaratilganligi, Respublikamizdagi ijtimoiy muhitni yaxshiligi, undagi tinchlik va osoyishtalik, arzon mehnat va moddiy resurslarning mavjudligi, mamlakatimizning geografik muhim xududda joylashganligi xorijiy investitsiyalarni jalb etishga, qo’shma korxonalarni ko’plab ochilishiga zamin yaratmoqda.
2003 yil 1-yanvar holatiga Respublikamizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 3400 dan ortiq korxona mavjudligi qayd etilgan. Bu ko’rsatkich 2000 yil bilan taqqoslaganda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 3.5 baravardan ziyod o’sgan.
Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ham ko’rish mumkin.
7.3.-jadval
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining asosiy ..’rsatkichlari78F78
Ko’rsatkichlar
|
2000
|
2001
|
2002
|
2002 yil
2000 yilga nisbatan o’sishi
|
2002 yil
2001 yilga nisbatan o’sishi
|
1.XII korxonalar soni
|
3445
|
3301
|
3400
|
95,8
|
103
|
2.Ulardan hisobot taqdim
etganlari soni
|
524
|
1708
|
1861
|
354,5
|
109
|
3.XII yil boshidagi ustav
fondi, mln doll.
|
1123,3
|
1437,4
|
1607,2
|
143,1
|
111,8
|
4.XII korxonalarda
eksport hajmi, mln dol.
|
451,6
|
416,9
|
442,9
|
98,9
|
106,3
|
5.XII korxonalarda import hajmi, mln dol.
|
760,5
|
937,2
|
705,1
|
92,7
|
75,2
|
Chet el investitsiyalarini jalb etish hisobiga amalda shakllangan jamg’armalarning umumiy miqdori 2003 yil boshida 1607.2 mln AKSh dollarini tashkil qildi yoki 2000 yilga nisbatan
143.1 ga oshgan. XII larning asosiy qismi 60 foizidan ortig’i, texnologiyalar, jixozlar va boshqa material aktivlarga to’g’ri kelganligini xarakterlash mumkin. Qolgan qismi pul mablag’lari ko’rinishida jalb qilingan.
78 Davlat statistika Kumitasining 2002 yil yakuni bo’yicha ma’lumotnomasi asosida tuzilgan
XII korxonalarida band bo’lgan xodimlar soni o’tgan yilga nisbatan 22.8 foizga ortgan. 2002 yilda XII korxonalar tomonidan 1049,5 mlryad dollarlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu Respublika Yalpi ichki mahsulotining 14.7 foizini tashkil etgan. Eng yirik ishlab chiqarish korxonalari misolida “O’zDEUavto”(mashinalar), “Zarafshon_Nmont” (oltin), “Kabul- O’zbek” va ”DEU tekstil kompani” (tekstil mahsulotlari), “Qizilqum-tsement” (tsement) korxonalari ajralib turadi.
2002 yilda Respublika tashqi savdo oborotida XII korxonalar ulushi 21.4 foizni tashkil qildi (2000 yil –19.5 foizni tashkil etgan edi).
XII korxonalarda import hajmi- 705.1 mln AKSh dollarini tashkil etgan, bu Respublika jami importining 26 foizini tashkil etadi.
79F
XII korxonalarning tovarlar eksporti hajmida asosiy mahsulotlarni, paxta tolasi (1,0 ), oziq-ovqatlar (4,1), kimyo mahsulotlari (2,1), energiya manbalari (2,9), rangli va qora metallar (0,5), mashina va uskunalar (16,5), xizmatlar (3,8), boshqalar (69,1) tashkil etgan.1
Respublikamiz bo’yicha XII korxonalar eksportining 90 foizi Toshkent shahri, Navoiy, Toshkent, Andijon va Farg’ona viloyatlariga to’g’ri keladi.
XII korxonalarning asosiy ta’sischilari Janubiy Koreya, AKSh, Buyuk Britaniya, Turkiya davlatlaridir. XII korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 4.2 foizi Turkiyaga, 30.3 foizi Janubiy Koreyaga, to’g’ri keladi.
7.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |