“ 3-sinf o‘quvchilari nutqini sinonim va antonimlar bilan boyitish yo‘llari



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/28
Sana23.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#695546
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
3-sinf oquvchilari nutqini sinonim va antonimlar bilan boyitish yollari

Bahor. Kunlar iliqlashgan. Daraxtlar oq, pushti gullarga burkangan. Moviy 
osmonni tez-tez bulut qoplab, yomg‘ir yog‘adi. Yomg‘irdan so‘ng zangori 
osmonda go‘zal kamalak paydo bo‘ladi. Kamalakning ko‘rkam ranglari ko‘zni 
quvontiradi. Baland tog‘larning yuksak cho‘qqilaridagi qorlar eriy boshlagan. 


57 
Topshiriqlar: 
1. Matndan chiroyli, baland, moviy so‘zlariga ma’nodosh so‘zlarni topib, 
tagiga chizing. 
2. Tagiga chizilgan so‘zlarni “Ma’nodosh so‘zlar” sarlavhasi ostida yozing. 
O‘quvchilar topshiriqni quyidagicha bajaradi: 
Ma’nodosh so‘zlar: 
Chiroyli = go‘zal, ko‘rkam. 
Baland = yuksak. 
Moviy = zangori. 
2. So‘zlar orasidagi ma’nodoshlik munosabatini tushunishga so‘zlar aralash 
holda berilgan ro‘yxatdan ma’nodosh so‘zlarni aniqlash va guruhlashga oid 
mashqlar ham yordam beradi.
Birinchi vaqtda o‘quvchilarga faqat o‘zlar ro‘yxati emas, ajratilgan sinonimik 
guruhlarning dominantasi ham beriladi. 
Mashq. Quyida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga berilgan so‘zlar ichidan yaqin 
ma’nolilarni topib namunadagidek yozing.
Namuna: ko‘rkam=chiroyli. 
Ko‘rkam, sezgir, katta, chaqqon, epchil, ziyrak, ulkan, shod, jasur, xursand, 
qahramon. 
Mashqni quyidagicha bajaring: 
Avval “Ma’nodosh so‘zlar” deb sarlavha yozing. Sarlavha ostida esa ustuncha 
shaklida ko‘rkam, epchil, ziyrak, ulkan, shod, jasur, so‘zlarini yozing. 
Ma’nodosh so‘zlar 
Ko‘rkam – 
Epchil- 
Ziyrak –
Ulkan – 
Shod –
Jasur –


58 
Shundan so‘ng so‘zlar ro‘yxatini tartib bilan o‘qing va ko‘rkam, epchil, 
ziyrak, ulkan, shod, jasur so‘zlariga ma’nodosh so‘zlarni bu so‘zlarning to‘g‘risiga 
yozing. 
O‘quvchilar bu topshiriqni quyidagicha bajaradi: 
Ko‘rkam – chiroyli; 
Epchil – chaqqon; 
Ziyrak – sezgir; 
Ulkan – katta; 
Shod – xursand; 
Jasur – mard.
3. Berilgan so‘zga sinonim tanlash . O‘qituvchi otni o‘tganda osmon so‘zini, 
sifatni o‘tganda mazali, fe’lni o‘tganda ko‘nikmoq so‘zlarini aytadi. O‘quvchilar 
bu so‘zlarga sinonim tanlaydilar: osmon – ko‘k, samo, falak; mazali – lazzatli
laziz, totli; ko‘nikmoq – o‘rganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq kabi.
4. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish. 
Bunda yozilishi kerak bo‘lgan sinonim so‘zlar ro‘yxati tekshirish uchun beriladi. 
O‘quvchilar sinonimlarni o‘rniga qo‘yib, ularning qo‘llanilishidagi farqni tushun-
tiradi. 
5. Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish. Buning uchun 
sinonim so‘zlar qatori qavs ichida beriladi, talaba gapning mazmuniga mosini 
tanlab gapni ko‘chiradi: Daryo suvuni (bahor, ko‘klam,) toshirar, odam qadrini 
(mehnat, ish) oshirar. Oltin (o‘t, olov, alanga)da, odam (ish, mehnat)da bilinadi. 
Birlashgan (yov, dushman) ni yengar. 
6. Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan 
mashq ishlash. Buning uchun to‘rtta sinonimik qatordagi so‘zlar tanlanadi va 16 
katakka aralash joylashtiriladi. O‘qituvchi shu katakchalardagi bir so‘zni aytadi. 
Masalan, chiroyli. O‘quvchilar shu so‘zga yaqin ma’noli so‘z (sinonim)ni
katakchalardan topib aytadi go‘zal, dilbar, sohibjamol, husndor, xushroy. 
Sinonimik qatordagi so‘zlar bilan so‘z birikmasi tuziladi: chiroyli shahar, go‘zal 


59 
manzara, sohibjamol malika va hokazo. So‘ngra o‘quvchilarga shu so‘z 
birikmalari ishtirokida gap tuzish taklif qilinadi. 
7. Berilgan so‘zlarga ma’nodosh so‘z tanlab, ularni almashtirishga doir turli 
xildagi mashqlar ham so‘zlar orasidagi ma’nodoshlikni tushunishga yordam 
beradi. 
1. Gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni qavs ichida berilgan so‘zlarning 
qaysi biri bilan almashtirish mumkin? 
1. Anhordan sharqirab 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish