3
Reja:
Kirish
- bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi;
- bitiruv malakaviy ishi mavzusining o‘rganilish darajasi;
- tadqiqotning maqsadi;
- tadqiqot obyekti;
- tadqiqot predmeti
- tadqiqotning vazifalari;
- tadqiqot metodlari;
- tadqiqotning metodologik asoslari;
- bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi;
- bitiruv malakaviy ishining
ilmiy va amaliy ahamiyati;
- bitiruv malakaviy ishning tuzilishi.
I bob. Boshlang‘ich sinflarda sinonim va antonimlar ustida ishlashning
lingvometodik asoslari
I.1. Sinonim va antonimlarning tilshunoslikdagi talqini.
I.2. Boshlang‘ich sinflarda lug‘at ustida ishlash metodikasi.
I.3.
3-sinfda sinonim va antonimlar ustida ishlash tartibi.
II bob. 3-sinf ona tili darslarida sinonim va antonimlar ustida ishlash usullari
II.1. 3- sinf ona tili darsligidagi sinonim va antonim so‘zlarga doir mashqlar
tahlili.
II.2. 3-sinf ona tili darslarida sIinonim va antonimlar
ustida bajariladigan
qo‘shimcha mashqlar.
II.3. 3-sinf o‘quvchilari nutqini sinonim va antonimlar bilan boyitishga doir tajriba-
sinov ishlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
4
Kirish
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
Maktabda
ona tilini
o‘qitishdan asosiy maqsad o‘quvchilarga o‘z ona tilida fikrni to‘g‘ri, aniq, ravshan
va go‘zal ifodalay olish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir.
So‘zlarni to‘g‘ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay tarzda tuza olish insoniy
madaniyatining eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Shuning uchun
har bir so‘z, birikma, gapni barcha qirralari bilan to‘g‘ri, o‘rinli ishlata olishni
o‘rgatish, o‘z nutqiga nisbatan ehtiyotkorlik tuyg‘usini
shakllantirish ona tili
mashgulotlarining asosiy vazifasi sanaladi. Demak, maktabda o‘quvchilar nutqini
o‘stirish ona tili o‘qitishning asosiy vazifasidir.
Nutq o‘qitish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati,
sintaktik
qurilishini, bog‘lanishli nutqni) faol amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Nutq
o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi .
1)
so‘z ustida ishlash,
2)
so‘z birikmasi va gap ustida ishlash,
3)
bog‘lanishli nutq ustida ishlash.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanida nutq o‘stirishga doir
juda ko‘p ishlar qilingan. Bu ishlar fonetikani o‘tishda nutq o‘stirish,
imloni
o‘tishda nutq o‘stirish, grammatikani o‘tishda nutq o‘stirish yo‘nalishlarida amalga
oshirilgan. Biroq boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash, ayniqsa,
o‘quvchilarni ma’nodosh so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatish metodikasi
yetarlicha chuqur ishlab chiqilmagan. Bu esa ma’nodosh so‘zlar
vositasida
o‘quvchilar nutqini o‘stirishning samarali usullarini ishlab chiqish ona tili o‘qitish
metodikasi fani oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: