II.2. 3- sinf ona tili darslarida sinonim va antonimlar ustida
bajariladigan qo‘shimcha mashqlar
Sinonimlar ustida ishlash lug‘at qatlamini o‘rganishning muhim bo‘limidir.
Tilning lug‘at boyligi asosan uning sinonimikasi bilan belgilanadi. Narsalar,
harakatlar, belgilar haqidagi tushunchalar ko‘plab variant, qirralarga ega. Lug‘atda
ularni ifodalovchi sinonimlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, tilning ifoda imkoniyatlari
shunchalik boy bo‘ladi. O‘zbek tili sinonimlarga juda boy. Jumladan, A. Hojiyev-
ning “Sinonimlar lug‘ati”da yaxshi so‘ziga 14 ta, juda so‘ziga 29 ta sinonim
keltirilgan. Albatta, boshlang‘ich sinflarga barcha sinonimlarni o‘rgatishning
zarurligi va iloji yo‘q. Ammo sinonimikaning boyligi bu qo‘llaniladigan
leksikaning rang-barang bo‘lishi uchun zaxiradir.
Aytib o‘tganimizdek, sinonimlar bu borliqdagi bitta narsani nomlovchi, lekin
uning turli tomonini, yoki turlicha nuqtai nazardan baholash bilan farqlanuvchi
so‘zlardir. Sinonimlar o‘zaro lug‘aviy ma’noning qirralari bilan, emosional-
ekspressiv bo‘yog‘i bilan uslubga xosligi bilan, nihoyat izchil qo‘llanishi va
boshqa so‘zlar bilan birikuvchanligi (valentligi) ga ko‘ra farq qiladi.
53
Masalan, gapirmoq so‘zining sinonimi shivirlamoq past ovozda gapirishni
bildiradi, vaysamoq so‘zi esa bexuda gapirmoq ma’nosini bildirib, so‘zlovchining
salbiy munosabatini ifodalaydi.
Boshlang‘ich sinflarda sinonimlar (shuningdek, boshqa leksik – semantik
guruhlar) to‘g‘risida nazariy ma’lumot berilmaydi. Biroq sinonimlar ustida amaliy
ishlar, ularni kuzatish o‘quvchilarda sinonimlar haqida tushunchani shakllantiradi.
Sinonimlar ustidagi amaliy mashqlar quyidagi elementlardan iborat:
a) o‘qilgan matnlardan sinonimlarni toppish, ularning ma’nolari, ayniqsa ma’no
qirralari, sinonim so‘zlar orasidagi farqlarni aniqlash;
b) mazkur so‘zlarni almashtira oladigan sinonimlar tanlash va ma’no qirralari
haqida qo‘llanishidagi farqini belgilash;
d) sinonimlar yuzasidan maxsus mashqlar (sinonimlarning darajalanishi va h.k);
e) sinonimlarni og‘zaki va yozma nutqda faol qo‘llash;
f) nutqiy xatolarni tuzatish (noo‘rin qo‘llangan so‘zlarni), so‘zni unga sinonim
bo‘lgan boshqa, berilgan matnga ko‘proq mos keladigan so‘z bilan almashtirish.
Sinonimlar ustidagi elementar mashqlar 1-sinfda boshlanadi.
Masalan, “Alifbe”da o‘quvchilar quyidagi gapni o‘qiydi: “Onam shirin,
mazali non yopdilar ”. O‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini mazali so‘zi shirin
so‘zining ma’nosini kuchaytirayotganiga qaratadi.
2-sinfda o‘quvchilar 2-3 sinonimdan iborat guruhlar tuzadi. Odatda
sinonimlar belgining o‘sib borish darajasiga ko‘ra joylashtiriladi: kuchli –
baquvvat – zabardast va chiroyli, suluv – zebo .
2-4 sinflarda uch va undan ortiq sinonimdan iborat guruhlar tuzish maqsadga
muvofiq; qo‘rqmas, botir, jasur (jangchi); saqlamoq, qo‘riqlamoq, himoya qilmoq.
Hikoyalarda fe’llar ustida ish olib boriladi. Masalan “Bolair va qovog‘ari ”
hikoyasida: g‘o‘ng‘illabdi, gapiribdi, debdi, sekin so‘rabdi, javob beribdi. Xuddi
shunday ish harakat fe’llari ustida ham olib boriladi: olib ketsa, tashisa, ko‘tarib
keta boshladi (“G‘isht” hikoyasidan, 3-sinf). Anig‘ini aytganda, bu so‘zlarning,
hammasi ham sinonim emas. Lekin boshlang‘ich sinflarda sinonimlarning bunday
kengaytirilgan talqini zarurdir. Mohiyatan bolalar bunda bir tematik guruhga
54
kiruvchi so‘zlarni tahlil qiladi. Ayni holatda nutq, gapirishni bildiruvchi so‘zlarni .
Bunday so‘zlarning xilma-xilligi fikrni aniq ifodalashni ta’minlaydi: shivirladi,
xitobladi, so‘z qotdi va h. k. neytral bo‘lgan dedi so‘zining jonga tegadigan
takroridan qochishga imkon beradi.
Sinonimlar yuzasidan eng oddiy mashqlarga misollar:
Bir so‘z turkumiga mansub so‘zlar ro‘yxati beriladi. Ro‘yxatda ikkita sinonimik
guruh va bir-ikkita “shubhali” so‘z beriladi. Topshiriq shuki, bu ro‘yxatdan bu
guruhlarni yozib yoki og‘zaki ajratib olish kerak. Ro‘yxatning variant: keldi,
qaradi, yugurdi, tashrif buyurdi, nazar soldi, chetlandi, nigoh tashladi. Bu yerda
shubhali so‘zlar yugurdi va chetlandi.
Sinonimlarni biror belgining oshib yoki kamayib borish darajasiga ko‘ra
joylashtirish. O‘quvchilarga so‘zlar guruhi beriladi: kichik, mitti, mayda, zig‘irdek;
go‘zal, chiroyli, suluv, zebo. Bolalar kichiklik va chiroyning oshib borishiga ko‘ra
qator tuzadilar: zig‘irdek, mitti, mayda, kichkina; chiroyli, go‘zal, suluv, zebo.
So‘ng har bir so‘zning ma’nosini aniqlashtirish uchun shu so‘zlar ishtirokida
gaplar tuziladi. Gulzorda zig‘irdek qo‘ng‘izchalar, mitti kapalaklar, kichkina
ninachilar uchib yuribdi.
Berilgan so‘zga sinonimlar tanlash. Masalan, sifatlarni o‘tayotganda qattiq;
fe’lni o‘tayotganda qo‘rqmoq; otni o‘rganayotganda qirg‘oq so‘zlari beriladi.
Bolalar sinonim tanlaydi: qattiq – mustahkam, toshday, metin; qo‘rqmoq –
cho‘chimoq, hayiqmoq, xavfsiramoq; qirg‘oq – sohil, yoqa, lab, bo‘y, chet.
Gapdagi sinonimni almashtirish. Gapga navbatma-navbat turli sinonimlar
kiritiladi va ularning qanday farqlanihi aniqlanadi. Misollar: 1) Jamshid toza
ko‘ylak kiydi (ozoda, pokiza). 2) Chol bolalarning ishidan quvondi (sevindi,
shodlandi) . 3) Uyga ovqatning xushbo‘y hidi tarqaldi (taom, yemish). 4) Otlar
tez yugurdi (jadal, ildam).
Ikki-uch sinonimdan eng anig‘ini tanlash: O‘tirganlar qo‘shiqni miriqib (eshitdi,
tingladi). Bu holda bolalar tingladi so‘zini tanlaydi va o‘z qarorini asoslaydi.
Antonimlar – qarama - qarshi ma’noli so‘zlar. Ular nutqda qarama-qarshi holat,
ixtilofni vujudga keltirish uchun ishlatiladi: Qish faslida, ayniqsa dekabr oyida
55
juda tez qorong‘i tushadi. Kunduzi juda qisqa, kechasi esa uzun bo‘ladi.
(“O‘qish” kitobi 2-sinf).
Bir-biriga zid bo‘lgan manzaralar yonma-yon qo‘yilganda yorqin qabul
qilinadi. Yorug‘likdan nurga, quvonchdan g‘amga birdan o‘tish o‘quvchilar
tuyg‘usiga ta’sir qiladi. Maqollarning ko‘pchiligi antonimlar asosida yaratilishi
bejiz emas: Dushmanning donidan do‘stning somoni yaxshi. Hamjihatlik – davlat,
yolg‘izlik – kulfat. Azob ko‘rmay rohat yo‘q. Xalq ertaklari esa yovuzlik va
ezgulik, sevgi va nafrat, yolg‘on va haqiqatning qarama- qarshiligini aks ettiradi.
Antonimlar ustida ishlash xuddi sinonimlar kabi badiiy matn tahlilidan
boshlanadi. Lekin undan so‘ng maxsus mashqlar ham beriladi:
a) berilgan so‘zlarga antonym topish:
baland - …, oq -…, arzon-…, tor-…, chiroyli-…, bor-…, va h.k.
b) antonimlar ishtirokida gap tuzish ;
d) gapdagi antonimni almashtirish: Quyon tez yuguradi. – Toshbaqa …yuradi.
Achchiq savol berib, … javob kutma.
e) ko‘p ma’noli so‘zlarga antonim tanlash: to‘g‘ri chiziq-egri chiziq, to‘g‘ri fikr-
xato fikr, to‘g‘ri odam-o‘g‘ri odam; uzoq shahar-yaqin shahar, uzoq gapirmoq-
qisqa gapirmoq; katta odam-kichik odam, katta farq-oz farq, katta pul-kam pul,
katta mansab-quyi mansab
f) ikkita bir-biriga zid sinonimlik qator tuzish: sho, xursand-xafa, g‘amgin
o‘quvchilar o‘xshash qatorlar tuzadi. Berilgan: xona toza, ozoda edi. – Xona
kir, ivirsilagan edi. Berilgan: Uzuk chiroyli, nafis ishlangan. Tuzadilar: Uzuk
xunuk, qo‘pol ishlangan. Berilgan: Yigit pulni isrof qildi, sovurdi. Tuzadilar: Yigit
pulni tejadi, asradi.
Giponimik (jins-tur) munosabat bilan bog‘langan so‘zlar uyadosh so‘zlar
nomi bilan o‘rgatiladi. Biror jinsga mansub narsa – daraxt, meva, gul, qovun,
hayvon, baliq va hokazoning turlarining nomini bilish o‘quvchilar lug‘at boyligini
oshiruvchi asosiy vositadir. Narsa – buyumlar turining nomini bilish o‘quvchiga
fikrni aniq ifodalashga imkon beradi. Masalan, 1-sinf o‘quvchilari otning bolasini
otcha, qo‘yning bolasini qo‘ycha, echkining bolasini echkicha, sigirning bolasini
56
sigircha deb ataydi. O‘qituvchi bu hayvonlarning bolasi alohida so‘z bilan
ifodalanishini aytadi: otning bolasi – toy, qo‘yning bolasi – qo‘zi, echkining bolasi
– uloq, sigirning bolasi – buzoq. Buni bilgan o‘quvchilar: sigirimiz sigircha tug‘di
emas sigirimiz buzoqcha tug‘di deb gap tuzadi.
Uyadosh so‘zlar bo‘yicha quyidagi mashqlar bajarish mumkin:
umumiy nom – jins nomini ataydigan so‘zlarni berib, ularning turini atovchi
so‘zlar topish. Masalan, o‘quvchilarga 1. Daraxt. 2. Ot 3. Idish 4. Baliq kabi
so‘zlar beriladi. O‘quvchilar quyidagicha uyadosh so‘zlar tuzadi: 1. Daraxt – tol,
terak, qayin, chinor, o‘rik, jiyda. 2. Ot – baytal, ayg‘ir, saman, jiyron. 3. Idish –
tovoq, kosa, piyola, stakan, choynak, qozon. 4. Baliq – laqqa, cho‘rtan, sazan, va
h.k. o‘qituvchi bu qatorni to‘ldiradi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o‘zaro bog‘langan, mazmunga
mos so‘z va so‘z birikmalarining ma’lum izchillikga joylashtirilashidan tuziladi.
Kishining lug‘ati qanchalik boy va rivojlangan bo‘lsa, uning nutqi ham shunchalik
boy bo‘ladi, o‘z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi.
Shuning uchun lug‘atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni
muvaffaqiyatli o‘stirishning muhim sharti hisoblanadi. Rusiyzabon guruhlarda
o‘zbek tilini o‘tishda o‘quvchilar nutqini boyitish usullaridan biri sinonim so‘zlar
ustida ishlashdir.
O‘quvchilar bilan ma’nodosh so‘zlarga oid quyidagicha mashqlarni bajarish
mumkin:
1. O‘quvchilarda o‘zbek tilidagi ma’nodosh so‘zlarni ajrata olish ko‘nikmasini
shakllantirish uchun ularga kichikroq va tushunarli matndan ma’nodosh so‘zlarni
topishni topshirish mumkin. Masalan, bunday mashqlarni quyidagicha matnda
o‘tkazish mumkin.
Bahor
Do'stlaringiz bilan baham: |