«Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risida»giNizom.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-108-sonliQonunitahririda — O‘R QHT, 2007 y., 37-38-son, 376-modda)
Sug‘urta brokeri, qayta sug‘urta brokeri va sug‘urta agenti sug‘urta vositachilari hisoblanadilar.
6-modda. Sug‘urtalovchi Oldingitahrirga qarang.
Tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb e’tirof etiladi.
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirishga bevosita bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas, ushbu Qonunning61moddasidanazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 14 sentyabrdagi
O‘RQ-108-sonliQonunitahririda — O‘R QHT, 2007 y., 37-38-son, 376-modda) Oldingitahrirga qarang.
61-modda. Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta
sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish; o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urta qilish; maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda
investitsiya faoliyatini amalga oshirish; Oldingitahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sug‘urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 22 dekabrdagi O‘RQ-192-sonliQonunigaasosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 508-modda) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligini amalga oshirish;
Oldingitahrirga qarang.
sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-
tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;
(61-moddaning birinchi qismi ettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 sentyabrdagi O‘RQ-373-sonliQonunitahririda —
O‘R QHT, 2014 y., 36-son, 452-modda) sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga doir
qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash; Oldingitahrirga qarang.
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
(61-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonliQonunitahririda — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda)
sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining
boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish; Oldingitahrirga qarang.
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |