Mazkur Dastur bo‘yicha joriy yilda xizmatlar ko‘rsatish xajmining o‘tgan yilga nisbatan17,9 foizga o‘sishi, yalpi hududiy mahsulotda xizmatlar ulushini 45,6 foizga, shundan jami xizmat hajmida qishloq joylardagi xizmatlarning ulushini 47,5 foizga etkazish, barcha manbaalar hisobidan 19,5 ming ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi, tijorat banklari tomonidan 31,4 mlrd.so‘mkredit mablag‘lari ajratilishi va 1093 taxizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etilishi belgilangan.
Viloyatda 1-yarim yillik yakuni bilan jami 1 trillion 592,5 mlrd.so‘mlik xizmatlarko‘rsatilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 120,6 foizni yoki belgilangan prognozga nisbatan0,3 bandga oshdi (prognoz 120,3%). SHundan, qishloq joylarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 762,8 mlrd.so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 125,5 foizga oshib, jami xizmatlardagi ulushi47,9 foiznitashkil qildi va o‘tgan yilga nisbatan 2,0 bandga oshdi.
Xizmatlar ko‘rsatish hajmining oshishiga aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining 37,5 foizga, moliya xizmatlarining 33,1 foizga, transport xizmatlarining 24,5 foizga, qurilish xizmatlarining 30,3 foizga, texnologik uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari 27,4 foizga, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari 28 foizga, turistik xizmatlar 22 foizga,savdo va umumiy ovqatlanish 21,2 foizga,maishiy xizmatlar 25,5 foizga, ta’lim xizmatlari 18,1 foizga, sog‘liqni saqlash xizmatlari 30,6 foizga bajarilishi natijasida erishildi.
Dasturga ko‘ra yanvar-iyun oylarida viloyat bo‘yicha 172 ta (topshiriq 169 ta) loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 302 ta zamonaviy tipdagi shaxobchalar foydalanishga topshirilishi natijasida 1254 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Jumladan: 72 ta chakana savdo, 28 ta umumiy ovqatlanish shaxobchalari, 18 ta kiyim tikish va ta’mirlash, 22 ta poyafzal tikish va ta’mirlash shaxobchalari, 43 ta sartaroshxona, 17 ta sur’atxona, 12 ta maishiy texnikalarni ta’mirlash ustaxonasi, 17 ta avtomobil va boshqa texnikalarni ta’mirlash ustaxanalari va 85 ta boshqa turdagi xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etildi.
Ushbu shaxobchalarni tashkil etish uchun 17,4 mln. dollar miqdorida mablag‘lar sarflanib, ushbu mablag‘larning 13,0 mln. dollari tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari va 4,4 mln. dollari tijorat banklarining kreditlaridan iborat bo‘ldi.
Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasining barcha manbaalarhisobidan yanvar-iyun oylarida10596 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |