Muhtaram Prezidentimizning mazkur qarori bilan:
Qishloq joylardagi davlat mulki bo‘lgan foydalanilmayotgan binolar va xonalar xizmat ko‘rsatish va servis sohasidagi korxonalar hamda ob’ektlarni tashkil etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga:
2013-2016 yillar davrida tegishli koeffitsientlarni qo‘llamagan holda davlatning ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining minimal stavkasi bo‘yicha ijaraga berish;
davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” qiymat bo‘yicha berilishi kabi imtiyozlar berildi.
SHuningdek, qarorda 2016 yilgacha bo‘lgan davrda o‘z vaqtida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydigan, soliq va statistika organlariga hisobotlarni topshiradigan, shuningdek o‘sish va rentabellikning barqaror sur’atlarini ta’minlaydigan qishloq joylarda xizmatlar ko‘rsatadigan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlardan ozod qilinishi belgilangan.
Bundan tashqari, mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagiPQ-325-sonli qaroribilan belgilangan soliq imtiyozlari tatbiq etiladigan xizmatlar ro‘yxati (2012 yil 10 maydagiPQ-1754-sonli qarorning 5ilovasi)ga qo‘shimchalar kiritildi. SHu tariqa, endi 2017 yil 1 yanvargacha quyidagi xizmatlar:
qishloq joylarda ko‘rsatiladigan sartaroshlik va go‘zallik saloni xizmatlari;
qishloq joylarda ko‘rsatiladigan kiyim-kechak tikish va ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar;
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun solinayotgan qishloq mavzelarida tashkil etilayotgan kir yuvish bo‘yicha korxonalar xizmatlari;
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun solinayotgan qishloq mavzelarida tashkil etilayotgan kiyimni kimyoviy usul bilan tozalash (ximchistka) korxonalari xizmatlari;
qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurish bo‘yicha qurilish xizmatlari;
qishloq joylarda yo‘l infratuzilmasi komplekslari xizmatlari;
qishloq joylarda ko‘rsatiladigan kompyuter dasturlash bo‘yicha (shu jumladan, maslahatga oid) xizmatlar ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovidanozod etilishi belgilanganligi,aholi bandligini ta’minlash, xalqimizning sifatli xizmatlardan foydalanish imkonini kengaytirishga xizmat qiladi, albatta.
Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyatimizda ishlab chiqilgan Dasturga kiritilgan maqsadli parametrlarga muvofiq, 2016 yilgacha:
viloyat bo‘yicha jami 4556 ta xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, shundan 2102 tasi qishloq joylardatashkil etilishi,
xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasiga barcha tijorat banklari tomonidan 145,9 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari (shundan 63,3 mlrd.so‘mi qishloq joylarga) yo‘naltirilishi;
barcha manbaalar hisobidan 79566 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi,ularning 66281 tasi yoki 83,3 foizi qishloq joylarda yaratilishi belgilangan.
Ushbu ishlarni amalga oshirilishi natijasida 2016 yilga borib, viloyatda xizmatlar ko‘rsatish darajasi 2 martaga oshirilishi va yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini 51,1 foizga etkazish, viloyatning jami xizmatlari hajmida qishloq joylardagi xizmatlarining ulushi esa 49,3 foizga etkazilishiga erishilishi ko‘zda tutilgan.
SHuningdek, dastur asosida xizmat ko‘rsatishning asosiy sohalaridan bo‘lgan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (shu jumladan, mobil aloqa, Internet tarmog‘i, televizion kabel aloqasi, pochta va elektraloqa bilan ta’minlash xizmatlari)ning o‘sish sur’atlarini 2012 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘rtacha 2 baravar, kompyuter dasturlash (shu jumladan, elektron ta’lim va elektron maslahat) xizmatlarini esa 1,9 baravarga, moliya xizmatlari 1,9 baravarga, transport xizmatlari 2,0 baravarga, qurilish xizmatlari 2,0 baravarga, texnologik uskunalarni ta’mirlash, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash, turistik xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, maishiy xizmatlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa xizmatlar turlari ham 1,9 - 2,1 baravargacha oshirilishi mo‘ljallangan.
Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida, 4 ta lizing kompaniyalari filiallarini, 79 ta maxsus omonat kassalari, qishloq joylardagi
terminallar sonini 6093 taga etkazish, 6 ta terminallarni ta’mirlash shahobchalari,
“Samtelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qo‘shimcha 22 ta baza stansiyalarini o‘rnatish bilan birga SDMA mobil aloqa standartini rivojlantirish, 15 ta pochta aloqa bo‘limlarida zamonaviy elektron aloqa xizmatlarini tashkil etish, 16 ta qishloq pochta aloqa bo‘limlarini mobil bank terminallari bilan ta’minlash kabi xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etiladi
SHuningdek chora-tadbirlar kompleksida qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’ektlariga bank kreditlari berish amaliyotini kengaytirish (22,1 milliard so‘m) hamda qishloq aholisiga, ayniqsa mebel, elektrmaishiy va boshqa uy-ro‘zg‘or tovarlari uchun taqdim etiladigan iste’mol kreditlari hajmini ko‘paytirish nazarda tutilgan.
Viloyatimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turizm xizmatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda jumladan Urgut tumanida qishloq turizmini rivojlantirish maqsadida "Qoratepa" QFYda turistlar dam olishi uchun savdo va maishiy xizmatlar infratuzilma ob’ektlarni o‘z ichiga olgan dam olish maskani, "Ming archa" dam olish maskanini rekonstruksiya qilish,
"Omon-qo‘ton" qishlog‘ida hududida turistlar uchun dam olish kotejlari va lager tashkil etish, Pastdarg‘om tumanida mehmonxona va Oqdaryo tumani hududida Milliy avtomagistral bo‘yida turistlar uchun kemping tashkil etish belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |