Mundarija
Betlar Kirish 3
O’quv materiallari 4
Ma’ruza matnlari 4
Amaliy mashg’ulotlar 200
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari 280
Glossariy 330
Ilovalar 343
Fan dasturi 343
Ishchi fan dasturi 353
Tarqatma materiallar 378
Testlar 430
Baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy
ko’rsatmalar 449
Kirish
Zamonaviy sharoitlarda mamlakatimiz ravnaqini rivojlantirishda kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalarda korxonalarda strategik boshqaruvni tashkil etish bosqichlari, iqtisodiyotni erkinlashuvi sharoitida mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotishni ko‘paytirishning eng zarur omillari va imkoniyatlarini aniqlay olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning uslubiy asoslari, istiqbolli va tezkor usullarini turli tarmoqlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda qo‘llash masalalari bo‘yicha nazariy- amaliy bilimlarni shakllantirish zamon talabidagi dolzarb masalalardan biridir.
Ya’ni mamlakatimiz xalq xo‘jaligining asosiy bo‘g‘inlari bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarni va xizmat ko‘rsatish kompaniyalarini strategik boshqarish, buning natijasida jahon bozorida o‘z mavqeiga ega bo‘lish, raqobatchilikda yutib chiqish, mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishdir.
“Strategik menejment “ fanidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua 5230200-
“Menejment“ ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan bo’lib o’quv dasturi va Davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan. Mazkur fan DTS va Toshkent moliya instituti o‘quv rejasiga muvofiq, 5-6-semestrda o‘qitiladi.
Tarkibiy jihatdan o‘quv uslubiy kompleks 4 qismdan iborat bo’lib unda fan boyicha barcha zarur uslubiy materiallar beriigan.
O’quv kursining dolzarbligi maqsad va vazifalari shundan iboratki talabalarda korxonalarda strategik boshqaruvni tashkil etish bosqichlari, iqtisodiyotni erkinlashuvi sharoitida mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotishni ko‘paytirishning eng zarur omillari va imkoniyatlarini aniqlay olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning uslubiy asoslari, istiqbolli va tezkor usullarini turli tarmoqlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda qo‘llash masalalari bo’yicha nazariy- amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fan bo‘yicha reja topshiriqlar va har bir mashg‘ulotning o‘quv –uslubiy materiallari berilgan bo‘lib, jumladan o’quv materiallari, amaliyot mashg’ulotlari materiallari, mustaqil ta’lim, glossariy va ilovalardagi materiallar, o‘z-o‘zini nazorat savollari talabalarning mustaqil ishlashlari va o’z bilimlarini nazorat qilishlari uchun muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |